К содержанию
РецензированоRU2023

СЮЖЕТНЫЕ ЭЛЕМЕНТЫ В РАССКАЗЕ «БЕЗБРЕЖНОЕ НЕБО».

Nosirova Setora Narzulla qizi · Hafizova Feruza

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

The article examines the different aspects of the terms plot and fabula found in the science of literature, as well as terms that make up the plot in a work of art, such as the knot, development of events, culmination, solution, on the example of Nazar Eshanqul's story "The Endless Sky". Key words: plot, fable, knot, exposition, development of events, climax, solution. СЮЖЕТНЫЕ ЭЛЕМЕНТЫ В РАССКАЗЕ «БЕЗБРЕЖНОЕ НЕБО». Аннотация. В статье рассматриваются различные аспекты терминов сюжет и фабула, встречающихся в науке о литературе, а также терминов, составляющих сюжет в художественном произведении, таких как завязка, развитие событий, кульминация, завязка. решение, на примере рассказа Назара Эшанкула «Бесконечное небо». Ключевые слова: сюжет, басня, узел, экспозиция, развитие событий, кульминация, развязка. Avvalo, har bir badiiy asar ma’lum bir voqealar tizimi, ya’ni syujetdan tashkil topadi. Syujetlilik badiiy adabiyotning o’ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida tushuniladi. Syujet (fran. predmet, asosga qo’yilgan narsa) badiiy shaklning eng muhim elimentlaridan biri sanalib, badiiy asardagi bir-biriga uzviy bog’liq holda kechadigan, qahramonlarning xatti-harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimini anglatadi.1 Adabiyotshunoslikda syujet bilan bir qatorda fabula istilohi ham borki, bu ikki atama XIX asr oxirigacha bir-biriga ma’nodosh holda qo‘llanilgan. Keyinchalik XXasr boshlaridan syujetning kengroq o‘rganilishi va chuqurroq tatbiq etilishi natijasida bu ikki atamaning bir-biridan farqli tomonlari borligi isbotlandi va fanga olib kirildi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, syujet bu asardagi ma’lum voqealarning ijodkor tomonidan o’zaro joylashtirish tartibidir. Fabula esa asardagi voqealarning shunchaki hayotda yuz berish ketma- ketligidir. Shu ma’lumotlarga tayanib biz syujet va fabulani farqlar ekanmiz, avvalo, voqealarning hayotda yuz berish tartibi bilan uning badiiy asarda yuz berish tartibining farqini anglab olishimiz lozimdir. Misol tariqasida o‘zbek modernizm adabiyotining yirik vakillaridan biri Nazar Eshonqulning “Bepoyon osmon” hikoyasini olsak. Hikoya asar qahramoniga qisqa va zardali xat kelishi bilan boshlanadi: “Xat qisqa va zardali edi. Oyto’ldi enang og’ir yotibdi. Joni uzilmasdan 1 Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari.—Toshkent: Navoiy universiteti, 2018. 4 48 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ kel! – bunaqa dag’al jumlalarni faqat ammam yozdirishi mumkin, boshqa hech kim. Pashshsaning qanotiday keladigan shu bir parcha qog’ozda ham Oyto’ldi enamga nisbatan bir umr tark etmagan tana-yu dashnomini, o‘zining azaliy munosabatini bildirish uchun Oyto’ldi enang deya istehzo qilgani va bunday piching-u kinoyalar faqatgina ammamning qo’lidan kelishini xatni o‘qigandayoq tushungan edim2. Asar mana shunday boshlanadi. Qahramon avvaliga xatni o’qiydi., vaziyat qanchalar murakkab ekanligini, tug’ilib o‘sgan qishlog’iga tezroq qaytishi kerak ekanligini tahlil qilar ekan, shu o’rinda u ortga, o’tmishga nazar tashlaydi. Bu o’rinda biz asar syujet asosida qurilganini anglab olamiz. Hikoyaga yaxshiroq e’tibor beradigan bo’lsak, asar voqealar tugunidan boshlanadi. Keling, avvalo, asarda voqealar tuguni nima ekanligiga atroflicha tahlil qilamiz. “Tugun asar voqealarining boshlanishiga turtki bo’lgan voqea, asar konflekti qo’yilgan joydir. Ekspozitsiyadan farqli o’laroq, tugun syujetning zarur elementi sanaladi, ya’ni u syuzetda har vaqt hozirdir”3. Tugun, odatda, asarning boshida, ekspozitsiyadan keyin beriladi. Ba’zan muayyan badiiy estetik maqsadni ko’zda tutgan holda uning o’rni o’zgartirilishi mumkin. “Bepoyon osmon” hikoyasini o’qishni boshlar ekanmiz, jumlalarni birin-ketin o’qiganimiz sari tugun ham birin-ketin namoyon bo’laveradi. Yuqorida keltirilgan hikoyaning boshlanmasi bizda turli xil savollar tug’diradi: Aslida qahramon “ammam” deya ta’riflayotgan obraz kim, nega qahramon o’z ammasiga nisbatan bu qadar salbiy munosabat bildiryapti? Oyto’ldi ena obrazi qanday obraz? Nega qahramon uni shunchaki ena demasdan Oyto’di ena deb murojaat qilyapti? Oyto’ldi ena qanday yomonlik qilganki amma obrazi Oyto’ldi enaga nisbatan bir umr tark etmagan ta’na-yu dashnomlarning egasi sifatida ta’riflanadi?! Manashu pallada tugun yuzaga keladi va biz asarni o’qishni davom ettirar ekanmiz, har bir voqealar tuguni birma-bir o’z yechimini topib boraveradi. Tugundan keying voqealar zanjiri voqealar rivoji deyiladi. Hikoyadagi qahramonning amakisi va amakisining ayoli (muallif tili bilan aytganda yangasi) ning farzand dog’ida kuyishlari, akasining umri besamar o’tayotganligidan achinib kelinoyisiga kun bermaydigan “amma” obrazi tasviri, uning sha’ni, g’ururi sabab bor aybni o’z bo’yniga olib, ta’na-yu dashnomlarga ko’milib yashagan xokisor ayol qismati asar voqealar zanjirini tashkil etadi. Syujet voqealari bosqichma- bosqich, darajama-daraja rivojlanib boraverar ekan, natijada, asar voqealar rivojining eng yuqori nu

Доказательный фрагмент

«The article examines the different aspects of the terms plot and fabula found in the science of literature, as well as terms that make up the plot in a work of art, such as the knot, development of events, culmination…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article examines the different aspects of the terms plot and fabula found in the science of literature, as well as terms that make up the plot in a work of art, such as the knot, development of events, culmination… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
plot, fable, knot, exposition, development of events, climax, solution, tugun, экспозиция, syujet, ekspozitsiya, fabula, басня, узел, сюжет
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники