Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ХУДОЖЕСТВЕННЫЕ ИНТЕРПРЕТАЦИИ ОБРАЗОВ МИСТИКОВ В УЗБЕКСКОЙ ПРОЗЕ
Almanov Ro'zimuhammad
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article describes some of the religious and educational works created in Uzbek literature, especially prose, during the years of independence. Attention will be paid to the novel by Sadulla Siyoyev "Ahmad Yassavi" and the instructive story by Abdumutal Abdullayev "Khazrati Attar". Keywords: Religious-educational direction, Allamas of Sufism, Ahmed Yassavi, Fariduddin Attar, Educational story ХУДОЖЕСТВЕННЫЕ ИНТЕРПРЕТАЦИИ ОБРАЗОВ МИСТИКОВ В УЗБЕКСКОЙ ПРОЗЕ Аннотация. В данной статье рассказывается о некоторых религиозно- просветительских произведениях, созданных в узбекской литературе, особенно прозе, за годы независимости. Будет уделено внимание роману Саъдуллы Сиёева «Ахмад Яссави» и поучительному рассказу Абдумутал Абдуллаева «Хазрати Аттар». Ключевые слова: Религиозно-просветительское направление, Алламы суфизм, Ахмед Яссави, Фаридуддин Аттар, Образовательная история Barchamizga ma`lumki, tasavvuf adabiyoti o`zida islom ruhi, uning qonun-qoidalarini targ`ib qiluvchi alohida yo`nalish sanaladi. Tarixan uzoq davrlardan adabiyotda bo`y ko`rsata boshlagan tasavvuf adabiyoti insonni haq yo`lga chorlashga, dunyoning asl haqiqatini anglashga ko`maklashadi. Ta`kidlash lozimki, tasavvuf adabiyotining o`ziga xos yo`l-yo`rig`i, atamalari mavjud bo`lib, ularning har biri majoziy ma`no kasb etadi. Tasavvuf adabiyotida ko`plab ijodkorlar qalam tebratgan bo`lib, xususan, Ahmad Yasavviy, Sulaymon Boqirg'oniy, Huvaydo, Haziniy kabi yetuk ijodkorlar asarlari bugungi kunda ham o`zining dolzarb ahamiyatiga ega ekanligi bilan qimmatlidir. Mustaqillik yillariga kelib badiiy adabiyotga bo`lgan qiziqish, unga bo`lgan e`tibor tubdan o`zgardi. "Mustaqillik epkinlari esa boshlagan ilk davrlardan boshlab, mumtoz ma’naviy me’rosimizga e’tibor orta boshladi. Badiiy adabiyotda ochiq-oshkora so’z aytish imkoniyati paydo bo’ldi"[1,46]. Mustabid tuzum davrlarida nomlari qoralanagan qator ijodkorlar, tasavvuf vakillari oqlanib, ismlari tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Ayniqsa, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandalari haqida qator asarlar yaratilib, ular adabiyotimizning eng go`zal namunalariga aylandi. Xususan, Sa`dulla Siyoyev qalamiga mansub “Ahmad Yassaviy” romanini olaylik. 4 35 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ "...inson kamolotini ta’minlashda o’tmishdgi valiy zotlarimiz yo’llarini tutish, yurgan yo’llariga ergashish, hikmatlariga suyanib ish tutishning ahamiyati ham nisbatan tezroq anglab etildi. Bu hol ham sulton ul orifin Xoja Ahmad Yassaviy shaxsiyati va merosi sa’dulla Siyoyevning e’tiborini tortishi, uning to’laqonli baddiy siymosini yaratishga intilishining sabablaridan biridir"[2,16]. Ushbu asarda Ahmad Yassaviyning tariqat kishisi sifatida turli jihatlari yoritilib, romanga Alisher Navoiyning Yassaviy haqidagi quyidagi fikrlari epigraf sifatida tanlab olinadi: “Xoja Ahmad Yassaviy Turkiston mulkining shayx-ul mashoyixidur. Maqomoti oliy va mashhur, karomoti mutavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g`oyatsiz va shohu gado aning irodot va ixlos ostonida nihoyatsiz ermish”[3,5]. Asar syujetidan joy olgan voqeliklar Ahmad Yassaviy siymosining adolatsevar shaxs ekanligi, nohaqliklarga bo`lgan ochiqdan ochiq munosabati bevosita Ahmad Yassaviyning asl siymosi bilan hamohanglik hosil qiladi. "Roman-dilogiyaning ilk kitobi voqealari shayx hazratlarining Ka'ba ziyoratini ixtiyor etganlari xabari bilan boshlanib, Marvdan Turkiston tomon yuzlanishlari bilan tugaydi. Ikkinchi kitob shayx karvonining otamakonga qaytishi voqealari bilan boshlanib, oltmish uchga yetgach, yer ostida hujra yasatib, "chillaga kirishi bilan tugaydi. Demak, romanda Yassaviyning oltmish ikki va oltmish uch yasharlik davri - ikki yillik hayot yo'li yoritilgan"[4,92]. Darhaqiqat, Ahmad Yassaviy tasavvuf adabiyotining yirik vakili bo`lib, asarlarida ilohiy ishqni ilgari surgan. Asl ishqqa loyiq zot Alloh ekanligini ta`kidlagan ijodkor ishq dardining davosi yo`q ekanligini, ishqqa tushgan odam o`tga tushgan bilan barobar ekanligini asarlari orqali aks ettiradi: Ishqqa tushding, o`tga tushding , kuyib o`lding, Parvonadek jondan kechib axgar bo`lding. Dardga to`lding, g`amga to`lding, telba bo`lding, Ishq dardini so`rsang, hargiz darmoni yo`q.[3] Bundan tashqari, Ahmad Yassaviy hikmatlarida aks etgan tasavvufiy g`oyalar , jumladan, uning : Nafs yo`liga kirgan kishi rasvo bo`lur, Yo`ldan ozib, toyib, to`zib gumroh bo`lur. Yetsa, qo`psa shayton bilan hamroh bo`lur, Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor,[4]- satri mazmuni bevosita Sa`dulla Siyoyevning “Ahmad Yassaviy” romanidagi obrazning asl jihatlariga hamohang tarzda shakllangan. “Mantiq ut-tayr”, “Pandnoma” asarlari bilan ellararo mashhur bo`lgan Farididdin Attor esa yaxshilik va yomonlikning bir-biridan farqi, ilmli bo`lishning samarali va shu kabi axloqiy mavzularni asarlari orqali ilgari suradi. Istiqlol yillarida ushbu muborak zot haqida turfa asarlar – roman, qissa, badia va hokazolar – yaratildi. Ular
Доказательный фрагмент
«This article describes some of the religious and educational works created in Uzbek literature, especially prose, during the years of independence.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes some of the religious and educational works created in Uzbek literature, especially prose, during the years of independence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Religious-educational direction, Allamas of Sufism, Ahmed Yassavi, Fariduddin, Религиозно-просветительское направление, Алламы суфизм, tasavvuf allomalari, Ахмед Яссави, diniy-ma'rifiy yo'nalish, Ahmad Yassaviy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025