К содержанию
РецензированоRU2023

ТВОРЧЕСКИЙ ПУТЬ МЕНГЗИЁ САФАРОВА

Yaxshiboyev Hamro

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, the artistic work of Mengziyo Safarov, one of the mature representatives of Uzbek literature, is analyzed. Mengziyo Safarov is considered a skilled penman, and his works are composed of various subjects. Especially, his creations written about nature are significant because they have many fans. Mengziyo Safarov is a skilled artist who paid attention to the essence of the subject covered in his works and tried to reveal its subtle aspects. Keywords: Mengziyo Safarov, creative example, artistic work, Uzbek literature, theme of nature, diversity. ТВОРЧЕСКИЙ ПУТЬ МЕНГЗИЁ САФАРОВА Аннотация. В данной статье анализируется художественное творчество Менгзиё Сафарова, одного из зрелых представителей узбекской литературы. Менгзиё Сафаров считается искусным писателем, и его произведения состоят из самых разных сюжетов. Особенно значимы его творения, написанные о природе, потому что у них много поклонников. Менгзиё Сафаров – искусный художник, обращавший внимание на суть предмета, освещаемого в его работах, и пытавшийся раскрыть его тонкие стороны. Ключевые слова: Менгзиё Сафаров, творческий пример, художественное произведение, узбекская литература, тема природы, разнообразие. Barchamizga ma`lumki, badiiy adabiyotda yaratilgan asarlar o`zining ma`no-mazmuni, mohiyatiga ko`ra bir-biridan tubdan farq qiladi. Shunday asarlar borki, ularda yashiringan ma`no olam-olam. Ana shunday kichik asarlari bag`riga ulkan ma`no sig`dira olgan, katta asarlari mazmuniga o`z qalbidan chiqqan sadolarni jo aylagan ijodkor bu Mengziyo Safarovdir. Mengziyo Safarov Surxon elining atoqli va ardoqli ijodkor-yozuvchilaridan biri sanaladi. 1938-yilda tavallud topgan Mengziyo Safarov umr yo`li davomida qator ishlarda faoliyat yuritdi: Xayrobod paxta tozalash zavodida ishchi; Oydin nomli o`rta maktabda o`qituvchi; O`zbekiston xalqlari tarixi muzeyida ilmiy xodim va hokazo[3]. Mengziyo Safarov adabiyotni sevishi bilan bir qatorda tarixni, o`tmishni ham qadrlay olgan inson edi, uni ijodkorning quyidagi so`zlari orqali anglashimiz mumkin bo`ladi: “Qadimshunos o`tmishga sayohat qiladi… Tuproq qadimshunos uchun ajdodlar tarixining buyuk kitobidir. U o`tmish ajdodlar hayotini shu topildiqlar orqali tiriltiradi. Tarix manzaralarini kashf etadi…” 4 32 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O`z ijodiy faoliyatini 1965-yildan boshlagan ijodkor “Sharq yulduzi”da o`zining ilk “Turnalar uchadi” deb nomlangan qissasini e`lon qiladi. So`ng uning ketma-ket “Olis qirlar ortida”, “Ona yer qo`shig`i” kabi asarlari nashr etila boshlaydi[5]. № Asar nomi Nashr etilgan yili 1 “Ona yer qo`shig`i” 1969 2 “Turnalar uchadi” 1972 3 “Olis qirlar ortida” 1974 4 “Bobotog`” 1980 5 “Tabiat ehromi” 1985 6 “Ona tuproq qo`shig`i” 1989 7 “Payg`ambarlar oroli” 2008 8 “Ayrishox” 2008 Yuqorida qayd etib o`tganimizdek, Mengziyo Safarov tarixni ham mukammal anglashga harakat qilgan inson va bu uning asarlarida ham bevosita o`zining aksini topgandir. Xususan, uning “Ona tuproq qo`shig`i”(ikkinchi nomi “Ona yer qo`shig`i”) deb nomlanuvchi asari tarixiy mavzuda hisoblanadi[1]. Ushbu asarda Termiz va Chag`aniyonning ko`hna tarixi va unga Iskandarning olib borgan tarixiy yurishlari, go`zallikda tengi yo`q Roxshanak tarixi, buyuk Kushonlar davlati va shu kabi qator tarixiy voqeliklar o`rin olgandir. Asardan olingan ushbu parchaga e`tibor bering: “Surxondaryo vohasi eramizdan avvalgi V asrda mavjud bo`lgan va Amudaryoning yuqori irmoqlarini o`z ichiga olgan qudratli Baqtriya davlati tarkibida edi”. Bundan tashqari, asarda ijodkorning boshqa yozuvchilar bilan o`tgan voqeliklari, xotiralari ham o`rin olgan. Xususan, adib Shukur Xolmirzayev bilan olib borgan suhbati ham asarda qayd etilgan: “Bir paytlar Termizga kelganimda Mengziyo meni turli yodgorliklar bilan tanishtirdi, Eski Termizdagi buddaviylik obidalarini ko`rsatdi. Bular nimaga kerak deganimda – U sen bilan men kechagi musulmonmiz, deya ohista javob bergan edi. Chog`im u Vatanimiz tarixining qadimiyligiga vas hu muqaddas tarixning Termiz va Chag`aniyon ham bir uzviy bo`lagi ekaniga shama qilgan edi. Yana bir gap, u bizlarga o`xshamas edi”[4]. Mengziyo Safarov ichki dunyosiga ko`ra tabiatga mehr qo`ygan atoqli qalamkash ham edi. Ijodkorning aynan “Sarbasta Surxon” essesida uning tabiatga bo`lgan muhabbatini yaqqol anglash mumkin bo`ladi. Inson va tabiatning o`zaro bir-biriga bog`liq ekanligi, uning tabiatsiz yashay olmasligi ijodkorning ushbu asarida yaqqol aks etgan. “Sarbasta Surxon” essesi odamzot va tabiatning bir-biriga qay tarzda bog`liq ekanligini, tabiat jumboqlarini inson qay tarzda yechishi mumkin ekanligi xususidadir[2]. Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, Mengziyo Safarov o`zbek adabiyotining zabardast vakilidir. Ijodkor tomonidan yaratilgan asarlar asrlarosha kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinishi shubhasizdir. Ijodkorning tarix va tabiat mavzusida yaratilgan asarlari hamisha el ardog`ida va e`tirofidadir. ekanli

Доказательный фрагмент

«In this article, the artistic work of Mengziyo Safarov, one of the mature representatives of Uzbek literature, is analyzed.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the artistic work of Mengziyo Safarov, one of the mature representatives of Uzbek literature, is analyzed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mengziyo Safarov, creative example, artistic work, Uzbek literature, theme of, badiiy asar, ijodiy namuna, Менгзиё Сафаров, художественное произведение, творческий пример
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники