Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛЕКСИКОН И МОРФОЛОГИЯ НАЗВАНИЙ ЖИВОТНЫХ АНАЛИЗ
Xidirova Iroda · Toʻrayeva Nigina
Современная наука и исследования · 2 · 492-496 · 2023
Аннотация
The article illuminates and reveals the lexical and morphological analysis of animal names in XI-XV century dictionaries. It is also clarified that some words in the dictionary are currently used in other meanings and are lexically equivalent to another word. Key words: Lexical analysis, morphological analysis, hare, goat, bear, basrak, “Devonu dictionary-t-turk”, “At-tuhfatuz zakiyatu fil dictionary”. ЛЕКСИКОН И МОРФОЛОГИЯ НАЗВАНИЙ ЖИВОТНЫХ АНАЛИЗ Аннотация. Статья освещает и раскрывает лексико-морфологический анализ названий животных в словарях XI-XV вв. Также уточняется, что некоторые слова в словаре в настоящее время используются в других значениях и лексически эквивалентны другому слову. Ключевые слова: Лексический анализ, морфологический анализ, заяц, коза, медведь, басрак, “Девону словарь-т-тюрк”, “Ат-тухфатуз закияту фил словарь”. “Devonu lug’otit-turk” (“Turkiy so’zlar devoni”) — Mahmud Koshg’ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071—72). Bu asarda XI asrning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va G’arbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urug’ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geografiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan. “Attuhfattuz zakiyatu fillugʻatit turkiya”—bu asar XIV asrda Misrda yozilgan bolib uni yozgan muallifning ismi malum emas. Asar mamluk-qipchoq tilida yozilgan. Bu til XIII–XV asrlarda Misr va Suriya savdogarlari, davlat xizmatchilari foydalanilgan til edi. Ushbu asarlar asosida baʼzi lugʻatlarning leksik va morfologik tahliliga toʻxtalib oʻtamiz. Asarlarda keltirilgan hayvon nomlarini leksik jihatdan tahlil qilsak, masalan: “erkak tuya” soʻzi “Devonu lugʻatit-turk” asarida “буғра”(397-bet) soʻzi shaklida qoʻllanilgan. Bugʻraxon ismi ham shundan olingandir deb keltirilgan asarda. “Attuhfatuz zakiyatu fillugʻatit turkiya” asarida esa“бäсрäк” (26-bet) soʻzi shaklida keltirilgan. Devonda “urgʻochi tuya” maʼnosida “iнгон” soʻzining oʻzi Attuhfatda esa “iнган тева” (212-bet) va “тïшi тэвä” (260-bet) shaklida qoʻllanilgan. 4 01 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ “Echki” soʻzini oladigan boʻlsak, Devonda “эчку” (149-bet) shaklida qoʻllanilgan boʻlsa, Attuhfat asarida “эшкi” (78-bet) shaklida bundan tashqari “тäкä” (31-bet) soʻzi shaklida ham keltirilgan. Yuqorida keltirilgan soʻzlar shaklan har xil boʻlsada, leksik jihatdan bir xil maʼnoga ega. Shuningdek, “ayiq” hayvoni ham shaklan ushbu ikki asarda berilgan lugʻatlarda farq qiladi. Xususan Devonda “ajïғ” (112-bet) shaklida Attuhfatda esa “ajу” (55-bet) (ayu) shaklida keltirilgan. Bundan koʻrinadiki, oʻsha davrda shaklan har xil boʻlgan soʻzlar maʼno jihatidan bir maʼnoga ega ekanligini koʻrib oʻtdik. Oʻsha davr leksikografiyasi uchun ham bu soʻzlar olimlar nutqida aynan kerakli manba boʻlib xizmat qilgan. Attuhfatda keltirilgan “қуjун” (80-bet) soʻzi “quyon” maʼnosida kelgan. Bu soʻzni morfologik jihatdan tahliliga etibor bersak, bu soʻz ot soʻz turkumi maʼnosida qoʻllanilgan, hozirgi oʻzbek adabiy tilimizda ham ot soʻz turkumida ammo maʼnosiga eʼtibor bersak bu soʻzni hozirgi kunda atmosferada vujudga keladigan kuchli uyurma shamol maʼnosida qoʻllanadi. Ushbu asarda “кучук” (224-bet) soʻzini olsak, asarda “kuchuk bolalari” maʼnosida keltirilgan boʻlsa, hozirgi kunda esa “kuchuk bolalari” maʼnosida emas umumiy maʼnoda it, kuchuk maʼnosida qoʻllanadi. Devonda keltirilgan “эшкäк” (134-bet) soʻzi “эшjäк” (137-bet) shaklida ham keltirilgan, maʼnosi eshak uy hayvoni ammo hozirgi kunda “эшкäк” soʻzi ot soʻz turkumida qoʻllansada maʼnosi boshqa boshqa tarzida , ya’ni qayiq va kemalarni harakatga keltirish va boshqarish uchun xizmat qiladigan qurak yoki mexanizm. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, har bir lugʻatni leksik, morfologik jihatdan tahlil qilganimizda lugʻatlardagi har bir soʻzlar turli xil maʼnolarga ega ekanligi va hozirgi kunga kelib boshqa maʼnolarda qoʻllanilishini guvohi boʻldik. Biz bu lugʻatlarni koʻrib chiqish jarayonida oʻsha davrdagi urugʻ-qabilalarda ishlatilgan soʻzlar oʻzgacha va boshqa shakllarda qoʻllanilganligini hamda lugʻat boyligining keng ekanligiga guvoh boʻlamiz.
Доказательный фрагмент
«The article illuminates and reveals the lexical and morphological analysis of animal names in XI-XV century dictionaries.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article illuminates and reveals the lexical and morphological analysis of animal names in XI-XV century dictionaries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Lexical analysis, morphological analysis, hare, goat, bear, basrak, “Devonu, Лексический анализ, морфологический анализ, echku, Leksik tahlil, morfologik tahlil, quyun, коза, заяц
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025