Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРЕИМУЩЕСТВА МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ МОНТЕССОРИ В ВЫЯВЛЕНИИ ВНУТРЕННИХ СТРЕМЛЕНИЙ И СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ
BOLALARNING ICHKI QOBILIYATLARINI · Qodirova Lobar Shovkat qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article also covers the indicators of the coverage of preschool children in preschool institutions in the Republic of "the conceptual basis for the development of preschool education system" and their proposals. Keywords: School, education, system, age, children, reconstruction, modernization, educational institutions, reforms, consistent. Ta’limning insonparvarlashuvi va inson qobilyatlarining ochilishi hamda uning ta’limga nisbatan bo’lgan turli tuman ehtiyojlarini qondirilishi, milliy umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson jamiyat va atrof-muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvidir. Shu bois bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida bir qancha ilg’or usullar tadbiq etib kelinmoqda. Shunday ishlardan yana biri Montessori ta’lim texnalogiyasidir. Bu mohiyatan hayotdan o’zlashtirilgan “tabiiy” usul bo’lib, bola ta’lim- tarbiyasida har tomonlama mukammalligi bilan ommalashgan. Montessori ta’limining asoschisi Italiyalik shifokor hamda pedagog Maria Montessori bo’lib, u dastlab kambag’al bolalar uchun “Casa dei Bambini” nomli bolalar ta’lim-tarbiya muasassasini tashkil etdi. Shundan so’ng Montessori ta’lim tizimi butun dunyoga mashhur bo’ldi. Montessori ta’lim dasturining o’ziga xosligi shundaki, bola uchun maxsus tayyorlangan o’qitish muhitida bolaning mustaqil faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirish, bolaning sezgi organlarini mukammal darajada rivojlantirish orqali bolalar ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishdir. Montessori o’qitish uslubi bolaga o’zi o’rganishni istagan narsani tanlashga imkon berish bilan boshlanadi. Montessori ta’limi o’z-o’ziga yo’ntirilgan va bu bolalar o’quv jarayonida tajribaga ega bo’lishga undaydi. Montessori ta’limining asosiy vazifalari bolalarning yashiringan imkoniyatlarini oshkor etish, ijtimoiy intelektual, hissiy va amaliy hamda akademik ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. 2 79 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shuningdek, ushbu dasturda bolalarning o’zidagi mag’rurlik hamda hurmat hissi ularni bilimni sevishga undovchi muhim omil sifatida yoritilgan. Bundan tashqari bolalarning kichik-kichik yutuqlari ham ularni rag’batlantirishda katta ahamiyatga ega ekanligiga alohida urg’u berilgan. Montessori ta’limi haqida gapirar ekanmiz, yaqinda bu ta’limga oid quyidagi fakt dunyo miqiyosida juda ommalashdi. “Google kompaniyasi asoschilari Sergey Brin va Larry Page, Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts, Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobs, Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezon, Wikipediya yaratuvchisi Jimmi Ueily, YAHOO CEO Marissa Mayer , Amerikaning avvalgi prezidentlari Bill Clinton va Barack Obama kabi dunyoga mashhur shaxslar o’zlaridagi “Empatik qobilyat” va “Yaratuvchanlik qobilyat”i Montessori bolalar bog’chasidan boshlanganligi haqida aytdilar! “ Yuqorida keltirib o’tilganlarga asoslanib, Montessori ta’limining qay darajada ustuvor ekanligini bilish mumkin. M.Montessori o'zining pedagogik tizimini didaktik jihatdan tayyorlangan muhitda bolaning o'zini o'zi rivojlantirish tizimi deb atagan. Kattalar bilan yaqin joyda o'tadigan bolaning hayot yo'lini o'rganish, uning ta'lim usullari va tamoyillariga aralashish emas, balki u pedagogi kantropologiyaning asosini o'rganish edi. M. Montessori har qanday amaliy harakatlar, nazariyalar va modellar faqat rivojlanayotgan shaxs haqidagi fundamental bilimlarga asoslanishi mumkin deb hisoblardi. Bolalarning holati va xulq-atvorini ilmiy kuzatishlar unga "Diqqatning qutblanish hodisasi" ni aniqlashga yordam berdi, shundan u bolaning erkin o'zini-o'zi rivojlantirishi va uning ishini maxsus maktabda tashkil etish usullari to'g'risida xulosa chiqaradi. Tayyorlangan muhit. Mariya Montessorining muhim asarlaridan biri "Bolalar boshqacha" deb nomlangan. Kitobning sarlavhasida allaqachon uning bola hayoti tasviriga fundamental nuqtai nazari ko'rinadi. Bu bolaning ruhiyati va mohiyati kattalarnikiga qaraganda boshqacha tartibga solinganligidadir. Agar kattalar sodir bo'layotgan voqealarni tahlil qilish va sintez qilish orqali bilimga ega bo'lsalar, bola shunchaki hayotni butun sifatida qabul qiladi. Bola vaqtni kattalarnikidan farq qiladi. Uning hayotining tabiiy ritmi ancha sekinroq. U ma'lum bir daqiqada u bilan nima sodir bo'layotganiga qarab yashaydi, kattalar esa doimo o'z hayotlarini rejalashtirishadi, eng zarur va zarur narsalarni ta'kidlaydilar. Yosh bolalar birinchi navbatda o'z harakatlari orqali o'rganadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qobilyatlarini aniqlash va rivojlantirishda ularning ichki intilishlari muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan bolalarning ichki imkoniyatlari va yashiringan qobilyatlarini yuzaga chiqarishda Montessori ta’limidan foydalanish samaraliroq ekanligini inobatga olib, quyidagi usullardan foydalanishni lozim deb bildik: • Bola o’z ichki imkoniyatlarini namoyon etishi va qobilyatlarini yuzaga chiqarishi uchun maxsus o’qi
Доказательный фрагмент
«This article also covers the indicators of the coverage of preschool children in preschool institutions in the Republic of "the conceptual basis for the development of preschool education system" and their proposals.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article also covers the indicators of the coverage of preschool children in preschool institutions in the Republic of "the conceptual basis for the development of preschool education system" and their proposals. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- School, education, system, age, children, reconstruction, modernization, Montessori o’qitish uslubi, Montessor, образование, Maktabgacha ta'lim, система, возраст
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026