К содержанию
РецензированоRU2023

НИКАКОГО УДОВОЛЬСТВИЯ БОЛЬШЕ

ENDI ROHAT TATIMAS · Kamol Hakimov · Alisher Navoiy nomidagi TDO’TAU o’qituvchisi · NO ENJOYMENT ANYMORE

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

Every work of O'tkir Hashimov, one of the great representatives of Uzbek literature, is a great gift for our literature. The writer's stories, short stories and novels have one thing in common - human dignity. The same aspect is highlighted in the story "The Last Victim of War"; It is as if the writer talks to the reader about human duties and responsibilities. This article tells about one of the important scenes of this story, which can cause different approaches. Key words: war theme, unconventional approach, period tragedy, domestic problem, realistic story, peripetia. НИКАКОГО УДОВОЛЬСТВИЯ БОЛЬШЕ Аннотация. Каждое произведение Ўткира Ҳашимова, одного из великих представителей узбекской литературы, является большим подарком для нашей литературы. Рассказы, рассказы и романы писателя объединяет одно – человеческое достоинство. Этот же аспект освещен в рассказе «Последняя жертва войны»; Писатель как бы говорит с читателем о человеческих обязанностях и ответственности. В данной статье рассказывается об одной из важных сцен этой истории, которая может вызвать разные подходы. Ключевые слова: военная тема, нестандартный подход, периодическая трагедия, бытовая проблема, реалистический рассказ, перипетии. Har bir voqeadan turlicha xulosaga kelish mumkin. Asosan, bir masaladagi ilk xulosalar erta uzilgan mevaga o'xshaydi-uzganingizga pushaymon bo'lasiz. Ammo shu pushaymonliklar kishini tarbiyalab, kamol topishida xizmat qiladi. Masalaning chigal bo'lgani-foydamizga xizmat qilsa, yechimi oddiy jumboqning lazzati ham, foydasi ham yo'q hisob. "Urushning so'nggi qurboni" hikoyasi o'quvchidan noodatiy yondashishni talab qiluvchi shunday asarlardan biridir. Kitobxon sarlavhani o'qiboq bir ko'ngilsizlikning "hidini sezadi". Va ilk mutolaadayoq "qurbon"ni ham topadi go'yo.Xulosasiga shubha ham qilmaydi hatto.Ammo...Biz o'ylagan narsa narsa bilganimiz kabi bo'lmasa-chi?! 2 64 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ To'qimachilik kombinatida montyor-Shoikromni urushga olishmadi. "U urush boshlanishidan sal oldin uylangan edi. Urush bo'ldi-yu, zamon o'zgarib ketdi". Shoikrom mehnatsevar, oilaparvar; mas'uliyat va sabr degan fazilatlar unga begona emas. Kitobxon o'zini montyor yigit o'rniga qo'yib ko'radi hamda darrov unga xayrixoh bo'ladi, uni tushuna boshlaydi, barini normal holat deb baholaydi. Hikoya tepki bosilgandayoq otilgan o'qqa o'xshaydi. Tepki bosilguniga qadar vaqt havas qilgulik emas-ku, baribir, oqibatidan ko'ra yaxshi degan xulosa bor. Katta fojiaga yo'liqqan kishi mayda yo'qotishlarni yengil qabul qiladi. Biroq ayni shu mayda ko'ngilsizliklar katta fojiaga sabab bo'lsa-chi?! Shoikrom-murakkab obraz. O'quvchi uning tarafdori bo'la turib, bezovtalanadi to'g'ri qildimmi, deb! "Ertalab chiqib ketib yarim kechada qayt"adigan yigitning taqdiri havas qilgulik emas. Mana shu holat kitobxonni unga nisbatan rahmli qilib qo'yadi. Lekin yana shunday jihatlar ham borki, beixtiyor o'quvchi elektrik yigitdan biroz "qochadi" nariroqqa: 1) zamon og'ir bo'lsa-da, uning bolalarini nazarda tutib "Ovozini o'chir!","Shu kunimdan ko'ra urushga borib o'lib keta qolganim yaxshiydi" fikrlari uning qo'pol, sabrsiz va qiyinchilikka bardoshsizroq ekanini ko'rsatadi; 2) xotini Xadichaning injiqligiga "bo'yin sunib" otadan qolgan hovlini o'rtadan paxsa devor bilan bo'ladi; 3) onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini ilgari payqamaydi. Tun-u kun tinmay ishlovchi o'g'ilning buni payqamasligi tabiiy bir hol emasmi, desangiz, onaizorining qo'llari "ilgari ham shunaqamidi, yo'qmidi, eslay olmaydi". Demakki, avval-boshidan u ota-onasining dardlariga, holiga ancha befarq bo'lib kelgan deb baholash mumkin; 4) Shoikrom ishdan kech qaytdi. Devor ortidagi hovlidan oyisi Umri xola "sharpaday unsiz"(demak, juda ozg'in va holsiz) kirib keldi, tomirlari bo'rtib chiqqan qo'llari bilan sochilgan uvoqlarni yig'ib og'ziga solardi ona. O'g'il xotiniga onasiga ovqat suzib kelishni aytadi. Xotinining uzunchoq sarg'ish yuzi qizarib, "Qolmovdi-ya" deydi. Ayoli yolg'on gapirganini sezadi, biroq indamaydi; 5) bir hovlida turib o'n kundan buyon sil kasaliga chalinib,"yerga qapishib yotgan" ukasi- Shone'matning holidan xabar olmaydi. To'g'ri, u bundan afsuslanadi, ichidan xo'rsiniq keladi.R.Thokur aytganidek, "Yaxshilik qilaman degan kishining yaxshilik qilishga vaqti bo'lmaydi". Uni bajarish kerak, vassalom! Turk adibi Ramazan Kayanning ”Dunyo bir qurbon arenasidir; bu arenada kim kimga qurbon? Umr kim uchun sarf, oldinga ildamlab ketayotgan yoshimiz kimga fido?”1 6) xotiniga "Seniyam padaringga la'nat! Tumshug'ingning tagidan sigiringni yetaklab ketsa- yu, anqayib o'tirsang", deydi. Jahlini jilovlay olmaydi, bir ojizaning o'g'rilarga bas kela olmasligi haqida mulohaza qilmaydi; 7) o'zining xulosalaridan ko'ra xotinining fikrlari asosli ekanligiga, ayolining pishiqligiga tan beradi. U Xadichaning qulupnayga ham o'g'ri tushishi mumkin, degan gapiga ishonqiramay turib, b

Доказательный фрагмент

«Every work of O'tkir Hashimov, one of the great representatives of Uzbek literature, is a great gift for our literature.»

Образец извлечения

Демо-превью

Every work of O'tkir Hashimov, one of the great representatives of Uzbek literature, is a great gift for our literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
war theme, unconventional approach, period tragedy, domestic problem, военная тема, davr fojiasi, периодическая трагедия, urush mavzusi, бытовая проблема, maishiy muammo, нестандартный подход, noan'anaviy yondashuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники