К содержанию
РецензированоRU2023

ОТЛИЧИЕ НЕКОТОРЫХ РОДСТВЕННЫХ ИМЕН, УПОТРЕБЛЯЕМЫХ В СЛОВАРЯХ, СОЗДАННЫХ В XI-XX ВЕКАХ

QARINDOSHLIK NOMLARINING FARQI · Xidirova Iroda · Abdushukurova Sevara · Berdikobilova Dilbar

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article discusses the differences between some kinship names used in some dictionaries from the 11th to the 20th centuries. Key words: "Devonu lug'otit turk", "At-tuhfatuz zakiyatu fillug'otit turkiya", qažîn, avaga, aba, volida, acha, baba. ОТЛИЧИЕ НЕКОТОРЫХ РОДСТВЕННЫХ ИМЕН, УПОТРЕБЛЯЕМЫХ В СЛОВАРЯХ, СОЗДАННЫХ В XI-XX ВЕКАХ Аннотация. В этой статье рассматривается различие некоторых родственных имен, используемых в некоторых словарях, созданных с одиннадцатого по двадцатый века. Ключевые слова: «Девону луготит турк», «Ат-тухфатуз закияту филлуг’отит туркия», кажин, авага, аба, волида, ача, баба. Turkiy tillardagi qarindoshlik nomlarini ifodalovchi leksemalar boshqa tillarga qaraganda ancha boy. Hatto qarindosh leksemasining etimologiyasi ham turkiy tillar bilan bog'liq. Dastlab “qa” oʻzagi “idish” maʼnosini keyinchalik yaqinlik va qarindoshlik ma'nolarini ifodalagan. "Qondosh" leksemasining etimologiyasi bugungi kunda qonga asoslangan bog'liqlik tarzida tushunildi. Ammo tilshunoslarimiz bu so'zning etimologiyasini qang – ota so'zi bilan bog'laydilar. Qarindoshlikka oid leksemalar qadimgi turli davrlarda yaratilgan turli lug'atlarda ham o’z aksini topgan. Bunga misol qilib, XI asrda yozilgan Mahmud Koshg'ariy qalamiga mansub “Devonu lug'otit turk” asari, muallifi noma'lum bo'lgan “At-tuhfatuz zakiyatu fillug'otit turkiya”, Alisher Navoiy qalamiga mansub “Muhokamat ul lug'atayn”, “Древнетюркская словар” lug'atlarini keltirishimiz mumkin. Ushbu tadqiqot ishi doirasida XI–XX asrlar oralig'ida yaratilgan asarlar ya'ni, Mahmud Koshg'ariy qalamiga mansub “Devonu lug'otit turk” (keyingi o‘rinlarda MK shaklida), “At tuhfatuz zakiyatu fillug‘otit turkiya” (keyingi o'rinlarda At-tuhfat), Alisher Navoiy qalamiga mansub “Muhokamat ul lug'atayn” (keyingi o'rinlardan ML), “Древнетюркская словар” (Qadimgi turkiy lug'at, keyingi barcha o‘rinlarda DTS) lug'atlar obyekt qilib olingan. Mavzuyimizning asosiy masalasi bugungi kunda qo'llaniladigan qarindoshlikka oid leksemalarning qadimgi davrda qanaqa nom bilan yoritilganligi farqlarini ochib berishdir. 2 46 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Biz bugungi kunda qo'llaydigan dada leksemasi MKda Дӓдӓ – dada, ota o’g’uzcha (239), Аба – ota (tubutlar tilida) (113), Ата – ota (114) shaklida; At–tuhfatda Ада – ada, ota (11a – 9), Aта – ota ( 3b – 11) shaklida; ML kitobida Volid – ota (32), Abutturk – turk otasi (29), Abulfurs – fors otasi (29), Abullhind – hind otasi (29) shaklida; DTSda Baba – ota, (76b), Hata – ota (197b), Dedä – ota, (160b) shaklida qo'llanilgan. Qaynana - erning onasi xotinga, xotinning onasi erga nisbatan. Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi erning tugʻishganlari xotinga nisbatan, “xotinning tugʻishganlari erga nisbatan” ishlatiluvchi qayin soʻziga “ayolning oʻz tuqqan bolasiga nisbatan” maʼnosini anglatuvchi ana soʻzining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Qayin+ana = qayinana so‘z qoʼshilmasida dastlab i unlisi talaffuzda tushib qolgan, keyinchalik yozuvda ham i unlisi ishlatilmagan va qaynana holiga kelgan (Shavkat Rahmatullayev “Oʻzbek tilining etimologik lugʻati” 1-jild. 509-bet). Turkiy tillardagi qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi soʻzlarni oʻrgangan olim Pokrovskaya qayin soʻzi faqat “xotinning tugʻishganlari erga nisbatan” maʼnosini anglatishini, erning tugʻishganlari maʼnosida keyinchalik qoʻllanganini aytadi. Shunga koʻra qaynana soʻzi dastlab faqat xotinning onasiga nisbatan qoʻllanilgan deyish mumkin. Bu soʻz M. Koshgʻariyning “Devonu lugʻatit turk” asarida qažïn holida keltirilgan (1-tom, 383-bet). Qažïn soʻzi qayin ona, qayin ota, qayin maʼnolarini anglatgan. Obogʻa (amaki) - bu soʻz qadimgi turkiy tilda ota maʼnosini anglatgan aba (ota soʻzi devonda aba (1-tom. 113-bet) shaklida keltirilgan) soʻzi bilan aka maʼnosini anglatgan agʻa soʻzlarining birikishidan hosil boʻlgan. Aba+agʻa soʻzlari oraligʻidagi a unlilari singishib bir unliga aylangan. Soʻzdagi birinchi va ikkinchi a unlilari o unlisiga almashgan. Obogʻa soʻzi dastlab faqat otaning akasiga nisbatan ishlatilgan. Keyinchalik bu soʻz maʼnosi kengayib otaning akasi, ukasi va ularning oʻgʻillari maʼnolarini anglatgan(Shavkat Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati 1-jild. 246-bet). Devonda bu soʻzning yana bir tagʻaj varianti ham keltirilgan va bu soʻz ham aynan amaki maʼnosida qoʻllanilgan (3-tom. 256-bet). Oʻzbek tilining izohli lugʻatida avagʻa soʻzi keltirilgan va bu soʻz chevara maʼnosini anglatishi taʼkidlangan. Lekin devonda ham, etimologik lugʻatda ham obogʻa soʻzining avagʻa shakli keltirilmagan. Ona – “ayol kishi oʻz tuqqan bolasiga nisbatan”. Qadimgi turkiy tilda bu soʻz ana tarzida qoʻllanilgan va hozirda ona soʻzi anglatgan maʼnoni anglatgan. Keyinchalik ana soʻzidagi birinchi a unlisi o unlisiga almashgan va biz koʻrib turgan ona holiga keltirilgan. Devonda ham bu soʻz ana koʻrinishida berilgan (1-tom. 119-bet). Muallifi nomaʼlum boʻlgan “At-tuhfat” asarida ham ona soʻzi a

Доказательный фрагмент

«This article discusses the differences between some kinship names used in some dictionaries from the 11th to the 20th centuries.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the differences between some kinship names used in some dictionaries from the 11th to the 20th centuries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"Devonu lug'otit turk", "At-tuhfatuz zakiyatu fillug'otit turkiya", qažîn, avaga, qažïn, Devonu lug'otit turk, «Ат-тухфатуз закияту филлуг’отит туркия», “Devonu lug'otit turk”, “At-tuhfatuz zakiyatu fillug'otit turkiya”, кажин, «Девону луготит турк», At-tuhfatuz zakiyatu fillug'otit turkiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники