К содержанию
РецензированоRU2023

ФОНЕТИКО-ФОНОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ НАЗВАНИЙ ПРОДУКТОВ ПИТАНИЯ, ПРЕДСТАВЛЕННЫХ В ТЮРКСКИХ СЛОВАРЯХ

FONETIK-FONOLOGIK TAHLILI · Xidirova Iroda · Abdurahmonova Gulorom · Rabbimqulova Goʻzal

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

The article expounds on a number of issues, such as differences in certain foods, contradictions of words from phonetic–phonological point of view and similar manifestations, presented in works such as “Devonu dictionary-t-turk” and “At-tuhfatuz zakiyya fiy lexicatit Turkey”, one of the rare examples of ancient Turkic lexicography created in the 11th-15th centuries. Keywords: ”Devonu dictionary-t-turk“, ”At-tuhfatuz zakiyya fiy lexicatit Turk", different and similar aspects, phonetic-phonological analysis. Qadimgi turkiy tillardagi oziq-ovqat mahsulotlarini ifodalovchi leksemalar va ularning tadqiqiga bagʻishlangan bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ushbu mahsulotlar haqida fikr yuritilar ekan aytish mumkinki,mazkur soʻzliklarning yaratilish davri ibtidoiy davr bilan chambarchas bogʻlanadi. Insoniyat tugʻilishi bilan uning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoji tabiiy ravishda shakllanadi. Bora-bora taomlarni nomlar bilan ham ataganlar. Mazkur tadqiqot ishining asosiy oʻrganish obyekti sifatida XI–XIV asrlarda yaratilgan qadimgi lug‘atlar (“Devonu lug‘otit turk” (keying o‘rinlarda MK), “At-tuhfatuz zakiyati fil lug‘atit turkiya” (keying o‘rinlarda “At-tuhfat”) asarlarida soʻzlarning fonetikasi, fonologiyasi farqli hamda muqobil jihatlari, anglatgan maʼnolari ochib boriladi. Masalan, tuturqan – guruch (1;204- 2 40 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bet) tuturgʻan –(devonda tuturqon shaklida berilgan. Demak, bu davrda birinj sinonimi ham qoʻshilgan. Shayxi Sulaymon lugʻatida ham tuturgʻan deb berilgan). Buni birinch ham deydilar. Sut bilan pishirilsa, boʻtqa boʻladi (2;16-bet). Keltirilgan misolda q portlovchi hamda gʻ sirgʻaluvchi undoshlari oʻzaro farqlanmoqda. Xuddi shunday, sarmusaq – sarimsoq (1;206-bet) misolini Sïrïmsaq va sarïmsaq – chisnok. (1;37-bet) a va i lablanmagan unli faqrlanishida yoki lablangan u unlisi ortishi namunasida koʻrib oʻtishi mumkin boʻladi. Qadimgi turkiy lugʻatlarda keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha muhokamalar yuritilganda, ularni bir necha guruhlarga boʻlib tahlil qilindi, jumladan: 1. Mevalar; 2. Sabzavotlar; 3. Poliz ekinlari; 4. Non mahsulotlari; 5. Issiq taomlar va shu kabi turlarga. Yuqorida tadqiq qilinishi koʻzda tutilgan soʻzlardan tülüg erük – shaftoli (1;41-bet) soʻzi aynan "At-tuhfat"da kogam-shaftoli(2;151-bet)shaklida asarlarda mutlaqo qarshilanishi kuzatilsa, birgina qora eruk-olxoʻri(2;229-bet)soʻzining "MK"da bir necha variantlariga duch kelish mumkin. Xususan, limkän-sariq olxoʻri(1;176-bet),amšuy-bir xil sariq olxoʻri shakli bilan bir qatorda erük-olxoʻri(1;41-bet)olxoʻrining turi bilan bogʻliq oʻzgarish, yaʼni rangida farqlanish jihati bilan ham namuna qilinganligini aytib oʻtish joiz.Buni quyidagi jadval orqali ham koʻrish mumkin. Qora eruk Olxoʻri Limkän Sariq olxoʻri amšuy bir xil sariq olxoʻri Erük Olxoʻri Shuningdek, sogʻun-piyoz (1;164-bet) ning sugʻar-piyoz (2;26-bet) a fonemasi bilan u fonemasining almashinishi shaklida, jovurt-suzma (2;204-bet)ning süzmä-suzma (1;173- bet)koʻrinishida, käläsh-lochira (2;62-bet) ning püškal-lochira, yupqa non(1;191-bet)kabi misollarda asosning butunlay oʻzgarishini uchratish mumkin. Hamda ushbu namunalarning "MK"da asoslicha yoritilganini, hududlar kesimi boʻyicha misollar keltirilganining guvohi boʻlish mumkin. Shuningdek, qovun-qovun (2;227-bet) misolining "MK"da bir necha turlariga izoh berilgan. Masalan, xöčünäk-xushboʻy va naqshli qovun (1;193-bet), bükän-hind qovuni, tarvuz(1;160-bet)yoki qagʻun-qovun (1;164-bet)kabi shunga oʻxshash bir necha farqlanuvchilar bilan birga muqobilliklar ham nazardan qochmagan. Masalan, a:lma-olma (1;65-bet)"At- tuhfat"da ham alma-olma (2;168-bet)misolida keltirilganki,ularning fonetikasi deyarli bir xil koʻrinishda,armut-nashvoti (2;170-bet)armut-nashvoti (1;51-bet)namunasida koʻrib oʻtish mumkin. 2 41 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Xulosa qilib shuni taʼkidlash oʻrinliki, mazkur maqolada mushohada ostiga olingan oziq- ovqat mahsulotlarining oʻsha davrdagi koʻrinishi, ularning "Devonu lugʻot-t-turk" hamda "At- tuhfatuz zakiyya fiy lug‘atit turkiya" kabi asarlarda tajallilanishi, soʻzliklarning fonetik- fonlogikligi bilan ajratilishi, aytish joiz boʻlsa, Mahmud Qoshgʻariy oʻzining ushbu asarida mahsulotlar haqida toʻlaroq maʼlumotlar bilan izohlashi kabi ayrim xulosalar yuzasidan fikrlar tahlil qilindi.

Доказательный фрагмент

«The article expounds on a number of issues, such as differences in certain foods, contradictions of words from phonetic–phonological point of view and similar manifestations, presented in works such as “Devonu diction…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article expounds on a number of issues, such as differences in certain foods, contradictions of words from phonetic–phonological point of view and similar manifestations, presented in works such as “Devonu diction… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
”Devonu dictionary-t-turk“, ”At-tuhfatuz zakiyya fiy lexicatit Turk", different, фонетико-фонологический анализ, farqli hamda oʻxshash jihatlar, phonetic-phonological analysis, ”At-tuhfatuz zakiyya fiy lexicatit Turk, fonetik-fonologik tahlili, different and similar aspects, отличия и сходства, “At-tuhfatuz zakiyya fiy lug‘atit turkiya”, ”Devonu dikot-t-Turk“, “Devonu lugʻot-t-turk”, ”at-tuhfatuz zakiya fiy dikatit turkia
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники