К содержанию
РецензированоRU2023

ТЕОРИЯ ЭЛЕКТРОЛИТИЧЕСКОЙ ДИССОЦИАЦИИ

ELEKTROLITIK DISSOTSIYALANISH NAZARIYASI · Omonov Jahongir Rahmonqul o’g’li · ТЕОРИЯ ЭЛЕКТРОЛИТИЧЕСКОЙ ДИССОЦИАЦИИ

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article is about the theory of electrolytic dissociation. Key words: nitrogen, oxygen, dissociation, cations, anions. Turmushda biz toza suvni hech uchratmaymiz. Tabiiy suvlarning hammasi eritmalardan iborat. Toza shisha ustiga bir tomchi vodoprovod suvini bugʻlatib, unga ishonch hosil qilish mumkin. Yani shishada xira dogʻ hosil boʻladi. Bu suvda erigan tuzlarning ajralib chiqqanini koʻrsatadi. Yomgʻir va qor suvlari bugʻlatilganida dogʻ hosil boʻlmaydi, bu suvlar toza tabiiy suv hisoblanadi, ammo ularning tarkibida azot, kislorod va boshqalar erigan holda boʻladi. Eritmalar tabiatda katta ahamiyatga ega. Tabiiy shifobaxsh suvlar koʻpgina togʻ jinslarining qatlamlari paydo boʻladi. Oʻsimliklarning oʻsishi uchun zarur tuzlarni tuproqdan eritmalar holida oladi. Agar doimiy suvlarda erigan tuzlarning miqdori keragidan ortiq boʻlsa, bunday suvlar ekinlarni sugʻorish uchun yaroqsiz boʻladi. Odam va hayvonlarda ham ovqatni singdirish jarayonlari ham suvda erigan holda amalga oshadi. Suv eritmasida ion bogʻlanish dissotsiyalanish sxemasi Barcha moddalar elektr toki taʻsiriga munosabatiga koʻra ikki guruhga: elektr tokini oʻtkazadigan va elektr tokini oʻtkazmaydigan moddalarga boʻlinadi. Keyinchalik ayrim murakkab moddalarning suvdagi eritmasi elektr tokini oʻtkazishi aniqlandi. Bu hodisalar mukammal oʻrganilib, eritmalari elektr tokini oʻtkazadigan moddalarni elektrolitlar, eritmalari elektr tokini oʻtkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deb ataladigan boʻldi. 2 04 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Eritmalarning elektr oʻtkazuvchanligini oʻlchash asbobi Nima uchun ayrim moddalarning suvdagi eritmasi elektr tokini oʻtkazadiyu, boshqa moddalar har holatda ham elektr tokini oʻtkazmaydi degan savol tugʻiladi. Bu savolga 1887-yil S. Arrenius javob topdi va shunga koʻra oʻz nazariyasini yaratdi: 1. Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy ionlarga ajraladi. 2. Elektrolitlarning suvda erib ionlarga ajralish hodisasi elektrolitik dissosatsiya deyiladi. Qand, efir, spirt va boshqa suvda eriganda ionlarga dissotsiyalanmaydi, ajralmaydi. 3. Elektr toki ta’sirida musbat zaryadlangan ionlar katodga, manfiy zaryadlangan ionlar anotga tomon harakatlanadi. 4. Musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlangan ionlar anionlar deyiladi. 5. Dissotsiyalanish – qaytar jarayon, molekulalarning ionlarga ajralishi bilan bir vaqtda ionlarning birikish jarayoni ham sodir boʻladi. Suv eritmasida elektrolitik dissotsiyalanish Elektrolit moddalar eritmalarining elektr tokini oʻtkazishini tushunish uchun avvalo moddalarning tuzilishini va ulardagi kimyoviy bogʻlanish tabiatini eslash zarur. Qattiq holdagi osh tuzi elektr tokini oʻtkazmaydi, lekin uning suvdagi eritmasi elektr tokini oʻtkazadi, chunki eritmada zaryadlangan zarrachalar – ionlar hosil boʻladi. Eritmalarga elektr toki ulangan elektrodlar tushurilganida musbat zaryadli ionlar elektr manbayining manfiy qutibi (katod) tomon 2 05 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tortiladi, manfiy zaryadli ionlar esa elektr manbayining manfiy qutibi (anod) tomon tortiladi. Shunga koʻra ular kationlar,anionlar deyiladi. Ionlarning elektr maydonidagi harakati Kislota, ishqor va tuzlarning dissotsiyalanishi Kislotalar. Suvda yaxshi eriydigan kislotalar kuchli elektrolit hisoblanadi. Elektrolitik dissotsiya nuqtai nazaridan: kislotalar – murakkab modda boʻlib dissotsiyalanadigan kation sifatida vadorod ionlari, anion sifatida turli kislota qoldiqlari hosil qiladigan ekektrolitlardir. Kislota tarkibidagi vodorodning miqdoriga qarab,vodorod ioni bitta boʻlsa dissotsiyalanish bir bosqichda, vodorodning miqdori ikta boʻlsa dissotsiyalanish ikki bosqichda, vodorodning miqdori uchta boʻlsa dissotsiyalanish uch bosqichda boradi. Vodorod ionlari eritmaga kislotali muhit beradi. HBr →H++Br–; HNO →H++NO –; 3 3 H SO →H++HSO – ; HSO – →H++SO -2. 2 4 4 4 4 H PO →H PO –+H+; H PO – →HPO -2 +H+; HPO -2 →PO -3 3 4 2 4 2 4 4 4 4 Kislotalarning nordon mazasi, indikatrlar rangini oʻzgarishi eritmalarda vodorod ionlarining mavjudligi va unung konsentrasiyasiga bogʻliq. Elektrolitik dissotsiyalanish nuqtai nazaridan asoslar-murakkab modda boʻlib dissotsiyalanganida kation sifatida metall ionlari, anion sifatida gidroksil ionlari hosil qiladigan elektrolitlardir. Gidroksil ionlari eritmada ishqoriy muhit hosil qiladi. NaOH→Na++OH–; Ca(OH) →Ca+2+2OH– 2 Suvda yaxshi eriydigan asoslar-ishqorlarning eritmalari ionlarga toʻliq disosasiyalanadi, dissotsiyalanganida anion sifatida faqat gidroksil ionlari hosil boʻladi. Elektrolitik dissotsiya nuqtai nazaridan tuzlar-murakkab modda boʻlib, dissotsiyalanganida metall kationi va kislota qoldigʻi anionini hosil qiladigan elektrolitlardir. Ular tarkibiga koʻra ionlarga turlicha disotsiatsiyalanadi. Elektrolitik dissotsiya mexanizmi, dissotsiya darajasi, kuchli, kuchsiz elektrolit

Доказательный фрагмент

«This article is about the theory of electrolytic dissociation.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is about the theory of electrolytic dissociation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nitrogen, oxygen, dissociation, cations, anions, азот, диссоциация, кислород
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники