К содержанию
РецензированоRU2023

ЯЗЫКОВАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА СХОДНЫХ СРЕДСТВ (НА ПРИМЕРЕ ПРОИЗВЕДЕНИЯ ОЛМАСА УМАРБЕКОВА «ТРУДНО БЫТЬ ЧЕЛОВЕКОМ»)

Karimova Xonzoda · Ergasheva Dilrabo

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, the linguistic features of similes in the literary text are studied, examples are presented and explained. Key words: simile, simile components, stable simile, individual simile, scientists' opinion about simile, simile-forming compounds. ЯЗЫКОВАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА СХОДНЫХ СРЕДСТВ (НА ПРИМЕРЕ ПРОИЗВЕДЕНИЯ ОЛМАСА УМАРБЕКОВА «ТРУДНО БЫТЬ ЧЕЛОВЕКОМ») Аннотация. В данной статье изучаются языковые особенности сравнений в художественных текстах, приводятся примеры и поясняются. Ключевые слова: сравнение, компоненты сравнения, устойчивое сравнение, индивидуальное сравнение, мнение ученых о подобии, подобиеобразующие соединения. O‘xshatish asosan nutqiy hodisa hisoblanadi. Chunki bir o‘rinda ma’lum predmet bir predmetga o‘xshatilsa, xuddi shu predmet boshqa o‘rinda ikkinchi narsaga o‘xshatilishi mumkin. Prof. R.Qo‘ng‘urov o‘xshatish haqida o‘zining “O‘zbek tilining tasviriy vositalari” kitobida shunday degan: “Ammo yuzni oyga, qizni gulga qiyos qiluvchi doimiy o‘xshatishlar borki, ular ham emotsionallik, ham baholash qimmatini yo‘qotgandir. Bu tipdagi o‘xshatishlarni lingvistik hodisa sifatida qarash kerak”. O‘xshatish tasvir obyektini boshqa narsa-hodisaga o‘xshatish orqali yorqin va bo‘rttirib tasvirlashga asoslangan badiiy tasvir vositasi bo‘lib, bunda o‘xshatilayotgan narsa-hodisalar uchun umumiy belgi-xususiyatlarga tayaniladi. Tilshunoslikda o‘xshatish munosabati sodda va qo‘shma gap doirasida tadqiq etib kelinadi. O‘xshatish sodda gaplarni falsafiy va nazariy nuqtai nazardan tadqiq etib chiqqan Nizomiddin Mahmudov: “… o‘xshatish sodda gaplarda hamisha murakkab semantik struktura, kamida ikkita semantik propozitsiya ifodalangan bo‘ladi”, - deb qayd etadi. O‘xshatishning sintaktik qurilishi haqida gap ketganda, eng avvalo uning to‘rt komponentli qurilma ekanligini unutmaslik kerak. O‘xshatishlarning ikki turi, Ya’ni: 1) individual-muallif o‘xshatishlari yoki erkin o‘xshatishlar; 2) umumxalq Yoki turg‘un (doimiy) o‘xshatishlar farqlanadi. Erkin o‘xshatishlar muallifning o‘ziga xos original o‘xshatishlari bo‘lib, u yozuvchining mahoratini belgilaydi. Bu fikr misoli sifatida O’lmas Umarbekovning “Odam bo’lish qiyin” 1 72 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ asaridan parcha ko’ramiz: “Olma shoxlaridagi sarg’aya boshlagan yaproqlar oltin tangalardek yaraqlardi” (4-bet). Ya’ni bu parchada O’lmas Umarbekov sarg’aya boshlagan yaproqlarni oltin tangaga o’xshatgan. Bu ijodkorning uslubidan kelib chiqib, inviduallashgan holda predmetni o’xshatishidir. Turg’un o’xshatishlar invidual o’xshatishlardan farqlanadi. Sifatida turg‘unlashgan, umumxalq tili leksikonidan joy olib ulgurgan bo‘ladi. Bunday o‘xshatishlar xuddi tildagi tayyor birliklar kabi nutqqa olib kiriladi. Turg‘un o‘xshatishlar tilda avvaldan mavjud bo‘ladi va nutqqa tayyor holda olib kiriladi. Dastavval erkin ya’ni individual tarzda vujudga kelgan o‘xshatishlar yillar davomida keng iste’molda bo‘lganligi bois turg‘unlashib qoladi. Shu sabab o‘xshatishlar tilshunosligimizda Komprativ iboralar deb ham yuritiladi.Masalan, “Uning bu xislati ham hammaga otning qashqasiday ma’lum”, “baqadek qotib qolishdi” gaplaridagi o‘xshatishlar turg‘un o‘xshatishlardir. Turg‘un o‘xshatishlar ham nutqning ifodaliligini ta’minlashda alohida o‘rin tutadi. O‘xshatishni yuzaga keltiruvchi grammatik vositalar turlicha: 1. Affikslar: -day(-dek), - simon, -ona, -omuz, -namo, -larcha, -chasiga, -dan; 2. So‘zlar vositasida, sifat (o‘xshash, teng), ko‘makchi (kabi, singari, qadar), bog‘lovchi (go‘yo, go‘yoki), olmosh (o‘zi), ravish (aynan); 3. Izohlovchi izohlanmish munosabatida. -dek affiksi bilan o’xshatishga misol: Uning ko’z oldidan hozir osmonda charaqlab turgan yulduzlardek oltin medal ketmadi (40-b); Shu kungacha erishgan yutuqlari tushdek, o’zi esa dahshatli bir spektaklda rol o’ynagandek ko’rinadi (95-b). Kabi so’zi yordamida o’xshatish. Grammatikaga oid adabiyotlarda kabi singari yordamchi so‘zlarning o‘xshatish qiyoslash ma’nolarini anglatishi qayd qilingan. O‘xshatish munosabatlarida kabi yordamchi so‘zi o‘xshatishning asosiy komponentlaridan biri – o‘xshovchi obraz dan keyin qo‘llanadi. Masalan: Ikki-uch yil ichida bu yer katta shaharga aylanadi, yoshlik kabi go’zal bo’ladi(101-b). Xuddi so’zi bilan o’xshatish. Xuddi yordamchi so‘zi o‘xshatish ma’nosini ifodalagan asosiy va yordamchi vosita bo‘lib kela oladi. Ular ko‘pincha yordamchi vazifasini bajarib, o‘xshatishni bo‘rtirishga, konkretlashtirishga xizmat qiladi, ayrim holatlarda o‘zlari ham o‘xshatish munosabatini ifodalay oladi. Misol uchun: Gulchehrani ko’rdi-yu, xuddi yosh boladek sakrab o’rnidan turdi (100-bet).

Доказательный фрагмент

«In this article, the linguistic features of similes in the literary text are studied, examples are presented and explained.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the linguistic features of similes in the literary text are studied, examples are presented and explained. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
simile, simile components, stable simile, individual simile, scientists' opinion, o’xshatish, turg’un o’xshatish, o’xshatish komponentlari, устойчивое сравнение, сравнение, компоненты сравнения
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники