К содержанию
РецензированоRU2023

РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КАЧЕСТВ СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ ИННОВАЦИОННЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ - КАК АКТУАЛЬНАЯ ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА

Jonzoqova Sayyora Anvarovna · АКТУАЛЬНАЯ ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article contains valuable information about current problems and solutions of developing students' professional qualities based on innovative educational technologies. Key words: education, development, methodology, document, problem, pedagogue. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda ta’limni isloh qilish borasidagi boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish asosida intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash davlat ahamiyatidagi dolzarb masalaligi ta’kidlangan. Ushbu xujjatlarda o‘zbek xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar xamda fan va texnologiyalarning yutuqlari asosida yosh kadrlar tayyorlashning zamonaviy tizimini shakllantirish dolzarb masala ekanligi alohida qayd etilgan. Bu esa, kuchli va yuqori darajadagi bilimlarni egallagan malakali pedagogik kadrlar tayyorlash, ularning faoliyatida o‘zaro raqobatga asoslangan muhitni yaratish, o‘quv, ilmiy adabiyotlarinining mazmuni, shakli, ko‘rinishini zamonaviy talablarga muvofiq sifatli yaratish va ta’lim-tarbiya jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish kabi qator vazifalar ijrosini ta’minlash bilan xarakterlanadi. Shuningdek, uzluksiz ta’lim muassasalari, jumladan, pedagogika oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari zimmasidagi mas’uliyatni yanada oshiradi. O‘zbekicton Respublikaci Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikacini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmonida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarorida pedagogika sohasini rivojlantirishga oid vazifalar belgilangan. 1 41 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogika ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-sonli Qarorida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi e’tirof etilgan, jumladan: -talabalarning o‘zida shakllangan pedagogik kasbga bo‘lgan qiziqishi va intilishi yuqori darajada bo‘lgan ta’lim sub’ektlarini aniqlash va ularni ko‘zlangan natija beradigan darajada tarbiya qilib va tayyorlab borishning uzluksizligini ta’minlash; - soha bo‘yicha ta’lim, ilm-fan, iqtisodiyot va ishlab chiqarish bilan uyg‘un bo‘lishini asoslash orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ijtimoiy hayotda o‘rniga ega bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy nazariyaga yo‘naltirilgan ilmiy va innovasion faoliyatni samara beradigan tarzda tashkil etish; -pedagog kadrlar buyurtmachilari talab hamda ehtiyojlarini doimiy o‘rganish, ular bilan muntazam ravishda interaktiv hamkorlikni rivojlantirish va bilimli va salohiyatli pedagog kadrlar tayyorlashning ilmiylik xususiyati mujassamlashgan istiqbolli rejalarini tuzish va mazkur rejalarni amalga oshirish; - oliy pedagogik ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot- kommunikasiya va ta’lim texnologiyalarining fanlararo integrasiyasini ta’minlash, shuningdek, pedagog kadrlarning kasbiy qobiliyati, mahoratini izchil, tizim asosida rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish muhimdir. Ta’kidlash joizki, hozirgi globallashuv sharoitidagi dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini o‘rganish bo‘lib, u bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish bilan chambarchac bog‘liq. Shu tariqa mehnat bozorida faoliyat olib borayotgan yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talab va ehtiyojni chuqur o‘rganish, ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan integrasiyalashuvini amalga oshirish, talabalarni kasbiy salohiyatga ega jamoalarda tarbiyalash, innovasion texnologiyalar rivojlanishining yangi usullarini o‘rganishga yo‘naltirish, malakali, iqtidorli mutaxassislarni ta’lim jarayoni va pedagogik faoliyatga jalb etish hamda amaliyotni aniq maqsadlar asosida tashkil etish masalalalariga e’tibor qaratish asosiy o‘rin egallaydi. Malakali kadrlarni tayyorlashga oid ilmiy adabiyotlarda “yo‘naltirilgan”, “kasbiy yo‘nalganlik”, “shaxsning kasbiy yo‘nalganligi”, “ta’limning kasbiy yo‘nalaganligi” kabi tushunchalar alohida ta’riflanadi. Kasbiy yo‘nalaganlik tushunchaci shaxsning o‘z faoliyatini muayyan sohaga yo‘naltiruvchi va mavjud vaziyatlarga bog‘liq bo‘lmagan motivlar yig‘indisi hisoblanib, bilim, tajriba va layoqatini mohirlik bilan qo‘llashga intilishidir. Bu jihatlar bevosita shaxsning ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqadi. Ta’limning kasbga yo‘nalganligi talabaning kasbiy ahamiyatga molik bilimlarni qo‘llash imkoniyatini ifoda etadi. Shaxcning kasbiy ahamiyatga ega sifatlariga diqqat qilinganda, avvalo, bu jihat faoliyat sub’ektlarining individual xususiyatlarini tushunishni talab etadi. Bu sifatlar muvaffaqiyatli faoliyat garovi bo‘lib, o‘zlashtiri

Доказательный фрагмент

«This article contains valuable information about current problems and solutions of developing students' professional qualities based on innovative educational technologies.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article contains valuable information about current problems and solutions of developing students' professional qualities based on innovative educational technologies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, development, methodology, document, problem, pedagogue, документ, metodika, ta’lim, образование, разработка, hujjat, методика, taraqqiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники