К содержанию
РецензированоRU2023

АНАЛИЗ ЛИЧНЫХ СРАВНЕНИЙ, ПРЕДСТАВЛЕННЫХ В ПРОИЗВЕДЕНИИ ОТКИРА ГАШИМОВА «ПРОИЗВЕДЕНИЯ МИРА»

XUSUSIY O'XSHATISHLAR TAHLILI · Xushvaqtova Maftuna O'tkirbek qizi · Ergasheva Dilrabo

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article analyzes the specific similes presented in O'tkir Hashimov's "Works of the World". Key word: personal similes, but, but, O'tkir Hashimov. АНАЛИЗ ЛИЧНЫХ СРАВНЕНИЙ, ПРЕДСТАВЛЕННЫХ В ПРОИЗВЕДЕНИИ ОТКИРА ГАШИМОВА «ПРОИЗВЕДЕНИЯ МИРА» Аннотация. В статье анализируются специфические сравнения, представленные в произведении Откира Гашимова «Произведения мира». Ключевые слова: личные сравнения, но, но, Откир Гашимов. O'zbek yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asarini tahlil qilar ekanmiz unda keltirilgan xususiy o'xshatishlar, albatta e'tiborimizni tortadi.Yozuvchi asarda o'xshatishlarni o'z o'rnida va me'yorida qo'llagan. O'xshatish. Badiiy tilning tasviriy vositalaridan biri hisoblangan o'xshatish obrazlilik,tasviriylikni kuchaytirishi favqulotda poetik ifodalilik xususiyati bilan ajralib turadi.Shu boisdan ham kutilmagan ifodadorlik,obrazli,ta'sirchan fikr ifodalash o'xshatishning muhim belgilaridan hisoblanadi. O'zbek tilshunosligida o'xshatish haqida ilk tadqiqot olib borgan M.Mukarramov o'xshatishning uch asosdan iboratligi o'xshatiluvchi obekt va o'xshovchi obraz o'xshatishning asosi ekanligini ta'kidlaydi.O'xshatish tasviriy ifodaning eng qadimiy shakllaridan bo‘lib, Aristotel poeziyani o‘xshatish san'ati deb ataydi. O‘xshatish hosil qiluvchi leksik vositalar:kabi,singari,go‘yo,xuddi,misli,misoli,bamisli ko‘makchilari hisoblanadi. -day (dek),-simon,ona -larcha va boshqa ko‘pgina qo‘shimchalar o‘xshatish hosil qiluvchi grammatik vositalardir.Agar o‘xshatilayotgan narsa yoki hodisa orasidagi belgi oldindan ma‘lum bo‘lsa,bunday o‘xshatishlar nutqning obrazliligini kuchaytiradi,deyish qiyin. Shunga ko‘ra o‘xshatishlarni ikki turga bo‘lish mumkin: 1)Umumnutq o‘xshatishlar. 2)Badiiy o‘xshatishlar. Umumnutq o‘xshatishlarning obekt,subekti avvaldan ma'lum bo‘ladi. O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asarida keltirilgan xususiy o‘xshatishlar bilan tanishar ekanmiz bunda yozuvchining mahoratiga qoyil qolmasdan boshqa ilojimiz yo‘q.Yozuvchi asarda 1 24 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ keltirgan o‘xshatishlari asarning ekspressivligini oshirishga juda katta xizmat qilgan.Hozir asarda keltirilgan ba‘zi namunalar bilan tanishib chiqamiz. 1)Yulduzlar sirli ko‘z qisishar,tillaqoshdek ingichka oy sirli mo‘ralar,shabada sirli shivirlar,sadarayhon bilan tuproq sirli hid taratar,yer ham sirlarga to‘la edi.(6-bet).Bu gapda oy ingichka tillaqoshga o‘xshatilgan. 2)Qabriston jimjit.Faqat yo‘lakning ikki chetida saf tortgan mirzateraklar qabr ustiga bosh eggan farzandlardek onaga orom tilab alla aytadi.(7-bet).Bu gapda yozuvchi teraklarni farzandlarga o‘xshatgan. 3)Uni har ko‘rganda Oyim aytib bergan Xizr esimga tushadi.Nega deganda Ermon buvaning sochi ham,soqoli ham,hatto ko‘ziga qayrilib tushgan o‘siq qoshlarigacha oppoq.(67-bet). Bu gapda Ermon buvaning sochi,soqollari,qoshi oq rangga o‘xshatilgan. 4)"U yurtda shunaqangi bog‘-rog‘lar borki,jannatga o‘xshaydi" debdi.(74-bet).Bu gapda bog‘lar jannatga o‘xshatilgan. 5)Chigirtkalar chirilllar,osoyishta osmon to‘lin oy sutdek mayin,sutdek iliq nur sochar edi.(91-bet).Bu gapda oy sutga o‘xshatilgan. 6)Ko‘rpa tekkan joyini chayondek chaqadi.Ichidan issiq o‘rniga sovuq chiqayotgandek.(97-bet). Bu gapda ko‘rpa chayonga o‘xshatilgan. 7)Dalavoy ingichka sarg‘ish mo‘ylovini chimchilab dadamga bir qarab qo‘ydi- yu,mehmonga yuzlandi.(102-bet)Bu gapda mo‘ylovi sarg‘ish rangga o‘xshatilgan . 8)-Dalavoyning milki qizarib ketgan kulrang ko‘zlarida samimiy tabassum o‘ynadi.(110- bet).Bu gapda yozuvchi tabassumni samimiylikka o‘xshatgan . 9)U ko‘rpachani mushtlab-mushtlab kular,boshi ham, gavdasi ham muttasil silkinar,sarg‘ish yuzi sholg‘omdek qizarib ketgan edi.(111-bet). Bu gapda yuzi sholg‘omga o‘xshatilgan. O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari"asaridan keltirilgan bir necha misollarni tahlil qildik. Xulosa qilib aytganda xususiy o‘xshatishlar kitobxonni savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.Shuni ham aytish kerakki o‘xshatishlar kitobxonni qiziqishlarini ochib berishga xizmat qiladi.

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the specific similes presented in O'tkir Hashimov's "Works of the World".»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the specific similes presented in O'tkir Hashimov's "Works of the World". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
личные сравнения, Откир Гашимов, xususiy o'xshatishlar, personal similes
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники