Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРАВОНАРУШЕНИЯ, СОВЕРШЕННЫЕ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИМИ
Haydarov Zufar Olim o‘g‘li · Abralova Feruza Farhod qizi · СОВЕРШЕННЫЕ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИМИ
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article talks about the general situation, dynamics and causes of juvenile delinquency, criminological description of juvenile delinquents, and measures to prevent juvenile delinquency. Conclusions and suggestions are given at the end of the article. Key words: minors, crime, politics, struggle, law. Jinoyatchilikka qarshi kurashning tarkibiy qismi bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik davlatning jinoiy- huquqiy yo‘nalishdagi siyosatida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham bu muammoni davlat siyosati darajasida hal etishga alohida e’tibor qaratilgan. Voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning oldini olish to‘g‘ri ma’nodagi ijtimoiy-siyosiy muammodir. To‘g‘ri, O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar sodir etayotgan jinoyatlar umumiy miqdorda kamayishi kuzatilayotgan bo‘lsa-da, barcha toifadagi jinoyatlarning umumiy miqdorida esa bu ko‘rsatkich o‘zgarmay qolayotganligini ko‘rish mumkin. Demak, voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning oldini olish muammosi mavjud va ularning oldini olishda ilmiy- nazariy tadqiqotlar olib borish hamda amaliy jihatdan zarur profilaktik chora- tadbirlarni qo‘llash bugungi kunning talabidir. Voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlar dinamikasining umumiy holatini tahlil etishda, birinchidan, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida sodir etiladigan jinoyatlarning o‘zaro bog‘liqligiga, ikkinchidan, voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning kriminologiya nuqtai nazaridan tarkibiga, g‘arazli maqsadlari nimalarga qaratilganligiga alohida e’tibor berish lozim. 1 01 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida sodir etiladigan jinoyatlarning o‘zaro bog‘liqligi va har birini aniq ifodalash kriminologiyada katta ahamiyatga ega. Chunki voyaga yetmaganlar ( 14-17 yoshlilar) va yoshlar ( 18-29 yoshdagi shaxslar)ning ijtimoiy-ruhiy holatlari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. O‘z navbatida, har ikki guruhga mansub shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning tahlili ham jinoyatchilikning umumiy «manzarasini» aniqlash va to‘g‘ri xulosa chiqarishga imkon beradi. Masalan, hozirgi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar jarayonida sodir etilayotgan barcha jinoyatlarning sal kam 57 % 14-29 yoshgacha bo‘lgan shaxslar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu achinarli hol, albatta, biroq jinoyat olamining «yosharishi» nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon miqyosida yuzaga kelayotgan illat ekanligini ham nazardan chetda qoldir- maslik lozim. Shu o‘rinda katta yoshdagi shaxslarning jinoyat sodir etish «tajribasi» yoshlar o‘rtasida yoyilishini ham e’tiborga olish kerak. Zotan, bu muammoni yechishda kriminologiyada mavjud bo‘lgan ilmiy tavsiyalar va nazariy xulosalarga tayanish maqsadga muvofiqdir. Kriminologiya nuqtai nazaridan va nazariy jihatdan e’tirof etilishicha, voyaga yetmagan shaxslar sodir etadigan jinoyatlar umumiy jinoyatchilikning boshlanish bosqichidir. Yosh jihatidan boshqa turdagi jinoyatchilar shaxsiga xos xususiyatlarning mavjudligi alohida xavfli bo‘lgan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini keltirib chiqaradi. Voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning katta yoshdagilar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarga nisbatan ta’sir doirasi jinoiy tajovuz yo‘nalishining turlariga ko‘ra o‘zgarib turish xususiyatiga ega. Masalan, voyaga yetmaganlar qasddan sodir etadigan umumiy turdagi jinoyatlarning yoshlar va katta yoshdagi jinoyatchi shaxslar qasddan sodir etadigan jinoyatlar bilan yaqin bo‘lib, kuch ishlatish yo‘li bilan sodir etiladigan jinoyatlardan farqli ravishda, kuchli bog‘lanishga ega. Aksincha, voyaga yetmaganlar tomonidan kuch ishlatish bilan sodir etiladigan jinoyatlar katta yoshdagilar tomonidan sodir etiladigan shu turdagi jinoyatlar bilan sust bog‘lanishda bo‘ladi, buning sababi kuch ishlatish bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir bo‘lishi turmushning turli yo‘nalishlarida ro‘y berishi mumkin. Kuch ishlatish yoki zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etilishi voyaga yetmaganlar ichida asosan dam olish paytlarida sodir etilsa, katta yoshdagi shaxslarda maishiy turmushda yoki jinoyatchilikni kasb qilib olgan shaxslar o‘rtasida uchrashi kuzatiladi. Yaqin besh-o‘n yil davomida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - o‘z intilishlari va ehtiyojlarini (ayniqsa, moddiy manfaatdorlik) qondirish, katta yoshdagilar qaramog‘ida bo‘lmaslik, mustaqil hayot kechirishlarini ta’minlash uchun sodir etilayotganligini ham yaqqol ko‘rish mumkin. Keyingi yillarda voyaga yetmaganlar katta yoshdagi jinoyatchilar ta’siridan chiqib, o‘zlari mustaqil va jamiyat uchun o‘ta og‘ir jinoyatlar qilishga qodir jinoiy guruhlarga bir- lashayotganligining miqdori oshganligi ham kuzatilmokda. Eng xavflisi, voyaga yetmaganlar va yoshlarning jinoyat sodir etishda birlashishi jinoyatchilikning ko‘payishiga olib kelmoqda. Jinoyatchilikning «yosharis
Доказательный фрагмент
«This article talks about the general situation, dynamics and causes of juvenile delinquency, criminological description of juvenile delinquents, and measures to prevent juvenile delinquency.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the general situation, dynamics and causes of juvenile delinquency, criminological description of juvenile delinquents, and measures to prevent juvenile delinquency. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- minors, crime, politics, struggle, law, jinoyat, преступление, voyaga yetmagan shaxslar, , crime, несовершеннолетние
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026