К содержанию
РецензированоRU2023

ИССЛЕДОВАНИЕ ТЕХНИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ФУТБОЛИСТОВ 10-12 ЛЕТ

Toshpulatov Abbos Saidmurodovich

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article is about researching the technical training of 10-12-year-old football players. Reasonable opinions and comments are presented throughout the article. Key words: young players, technical training, main criteria. ИССЛЕДОВАНИЕ ТЕХНИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ФУТБОЛИСТОВ 10-12 ЛЕТ Аннотация. Данная статья посвящена исследованию технической подготовки футболистов 10-12 лет. Обоснованные мнения и комментарии представлены на протяжении всей статьи. Ключевые слова: юные игроки, техническая подготовка, главный критерий. Bolalar-o‘smirlar sport sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar olimlar diqqatining dasturiy- usuliy hujjatlarda asosiy bo‘limlar mazmunini takomillashtirishga qaratilayotganligi bilan tavsiflanadi. Olimlar bugungi kunda mamlakatimiz futbolchilari to‘pni boshqarish texnikasi bobida eng kuchli chet el o‘yinchilaridan orta qolayotganliklarini qayd etmoqdalar, bu esa amaliyotga ko‘p yillik tayyorgarlikning dastlabki bosqichlaridanoq mashg‘ulotlarni tashkil etishning yangicha asoslangan usularini tatbiq etishni talab qilmoqda. Mamlakatimizdagi qator futbol mutaxasislarining ta’kidlashicha, o‘zbek futbolchilarining eng yaxshi chet ellik futbolchilardan ortda qolayotganligini, eng avvalo yosh futbolchilarning tayyorgarligida eng dastlabki bosqichlardanoq nuqsonlar mavjudligi bilan izohlash mumkin. Yosh futbolchilarni tayyorlash – ilmiy - tadqiqot ma’lumotlariga hamda mamlakatimiz va horij mutaxassislarining ilg‘or tajribalariga tayanadigan uzoq muddatli, serqirra jarayondir. Biroq hozirgi paytgacha yosh futbolchilarning musobaqa faoliyatiga xos yosh xususiyatlari muammosi deyarli o‘rganilmagan. Afsuski, BO‘SM va OZIBO‘SM uchun amaldagi o‘quv dasturlarida o‘z aksini topgan ushbu holat futbolchilarning texnik tayyorgarligi samaradorligini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam bermaydi. Yosh futbolchilar musobaqa faoliyati tuzilishining yosh dinamikasi xususidagi ilmiy ma’lumotlarning yo‘qligi, ayniqsa, to‘pni boshqarish texnikasini o‘rgatishning dastlabki bosqichida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Oqibatda, boshlang‘ich bosqich usuliyatidagi bir qator masalalar, xususan, o‘yin texnikasining alohida elementlarini o‘rgatish izchilligi to‘g‘risidagi masala ochiq qolmoqda, bu esa keyinchalik, ma’lum ma’noda umuman texnik mahorat darajasini 6 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ chegaralab qo‘yadigan omilga aylanishi mumkin. Shuning uchun ham futbolchilarning texnik takomillashuviga yangi usuliy yondashuv yo‘llarini izlash muammosi dolzarb hisoblanadi. Futbolchilar sport mahoratining asosi texnik tayyorgarlik bo‘lib, uning darajasini ko‘p jihatdan o‘yinning samaradorligi va tomoshabopligi Bilan belgilaydi. Boshqa tomondan, futbol mutaxassislari o‘zbek futbolchilarining to‘pni boshqarish texnikasi borasida eng kuchli chet el futbolchilaridan muayyan darajada ortda qolayotganliklarini qayd etmoqdalar. Yaqin vaqtgacha bu yuqori malakali jamoalarning muammosi edi, endilikda u yosh futbolchilarga ham taalluqli. Ortda qolishning alohida tarkibiy qismlaridan biri sifatida, xususan, to‘pni qabul qilish va uning nazorati bilan bog‘liq harakatlarni tezkor faoliyatlarda samarali bajarish qobiliyati ko‘rsatiladi. Birinchi navbatda, bu sport maktablarida o‘rgatish jarayoni va mashg‘ulotlarning uncha yuqori bo‘lmagan darajasi, texnik tayyorgarlik usuliyatidagi xatolar, murabbiylarning ma’lum bir qismida bolalar va o‘smirlar bilan ishlashga ijodiy yondashuvning yo‘qligi tufaylidir. O‘zbek futbolida ijrochilarning cheklangan imkoniyatlari – zahira tayyorlashda ko‘p yillar davomida atletizmning ustuvor bo‘lganligi natijasi. Futbol taraqqiyotining hozirgi bosqichida o‘yin shiddati o‘sib boryapti, bu o‘yinchidan, eng avvalo, kutilmaganda o‘zgaradigan vaziyat, chegaralangan vaqt va makon sharoitida texnik-taktik usullarni tez va samarali bajara bilishni talab etadi. Bugungi kunda muvaffaqiyatlarga erishishni istagan jamoa tez o‘ynashi, ya’ni oqilona texnikaga ega bo‘lgan va uni tezkor harakatlar bilan uyg‘unlashtira oladigan o‘yinchilardan iborat bo‘lishi lozim. Shunga ko‘ra ayrim futbol mutaxassislari “tezkor texnika” degan atamani qo‘llaydilar. Hujum va himoya orasidagi kurashlar o‘z zaminida fintlar, dribling va tez hamda aniq yashirin uzatishlar yotadigan o‘tkir texnika yordamidagina hujum foydasiga hal bo‘lishi mumkin. Mamlakatimiz va chet el mutaxassislarining fikricha, ommaviy mudofa chog‘ida golli holatlar faqat to‘pni oqilona, tez va aniq qabul qilish orqali yuzaga keltiriladi. Bunday sharoitda, odatda, to‘pli o‘yinchi yoki uning sheriklari ikki-uch raqibni ishonch bilan aylanib o‘tish ko‘magidagina zarba berish mumkin bo‘lgan vaziyatga chiqa oladilar. Biroq bu, ayniqsa, fintlar, aldab o‘tishlar bobidagi alohida mahorati g‘ayri-oddiy darajada yuksak bo‘lgan futbolchilarninggina qo‘lidan keladi. Texnik ko‘nikmalar oddiy, tezkor va maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak. Ilgari juda muhim sanalgan texnik usullar, masalan, to‘pni butunla

Доказательный фрагмент

«This article is about researching the technical training of 10-12-year-old football players.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is about researching the technical training of 10-12-year-old football players. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
young players, technical training, main criteria, yosh futbolchilar, юные игроки
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники