К содержанию
РецензированоRU2023

НАЧАЛЬНАЯ ПОДГОТОВКА КАК ОСНОВА ФОРМИРОВАНИЯ СПОРТИВНОЙ ТЕХНИКИ

Toshpulatov Abbos Saidmurodovich

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article talks about basic training - formation of sports technique and education of the quality of agility. Reasonable opinions and comments are presented throughout the article. Key words: young players, technical training, main criteria. НАЧАЛЬНАЯ ПОДГОТОВКА КАК ОСНОВА ФОРМИРОВАНИЯ СПОРТИВНОЙ ТЕХНИКИ Аннотация. В статье речь идет о начальной тренировке - формировании спортивной техники и воспитании качества быстроты. Обоснованные мнения и комментарии представлены на протяжении всей статьи. Ключевые слова: юные игроки, техническая подготовка, главный критерий. Mamlakatimiz futbolchilarining mahorati darajasini oshirish zahiralar tayyorlash sifatini uzluksiz ravishda yaxshilash bilan chambarchas bog‘liq. Butun o‘quv-mashq jarayonini yosh futbolchilar tayyorgarligining serqirraligini ta’minlovchi mezonlar bo‘yicha dasturlashtirish zarur. Yosh sportchilarni tayyorlashda o‘yin texnikasini o‘zlashtirish hamda o‘yin sharoitlariga yaqin variativ sharoitlarda texnik usullarning keng “assortiment”ini bajarish ko‘nikmalarini takomillashtirish ustidagi ish samaradorligini oshirish ham juda muhim. Yosh futbolchilar va yuqori malakali jamoalar uchun o‘ynaydigan sportchilarning texnik- taktik harakatlari aniqligi ko‘rsatkichlarini taqqoslaganda, salbiy izchillik ko‘zga tashlanadi: bolalik yoshida ko‘p xatolar bilan bajarilgan usullar sportdagi yetuklik davrida ham shunday nuqsonlar bilan bajariladi. Texnik-taktik tayyorgarlikning uncha yuqori bo‘lmagan darajasini bolalik va o‘smirlik davridagi o‘quv-mashg‘ulot jarayoni muammolari bilan bog‘laydilar. Bu, ayrim tadqiqotlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yosh futbolchilarning mashq va musobaqa faoliyatlari orasidagi nomuvofiqlik natijasidir. Lekin hozirgi vaqtda bu muammo deyarli o‘rganilmagan sanaladi. Balki, shunday holat harakat ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha rejali va maqsadga yo‘naltirilgan ish olib borilayotgan vaqtda bo‘lajak sportchilarga o‘rgatish davrining dastlabki bosqichlarida, amalda yuz berganidek, sport texnikasi asoslarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lar. Ma’lumki, harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi qoidalariga asoslangan futbol texnikasiga dastlabki o‘rgatish jarayonini tashkil etish uni boshqarish 7 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ imkoniyatini beradi va mashg‘ulot jarayoni samaradorligini oshirishga yordamlashadi. Harakat sifatlarini rivojlantirish asosida ixtisoslashuvning birinchi bosqichida organizmning akkumulyativ (to‘plovchi) adaptasiya, ya’ni moslashuv qobiliyatlaridan foydalanish yotadiki, bunda takrorlanuvchi ta’sirlar tufayli asosiy harakat tizimlarini shakllantirish sodir bo‘ladi. Shunday qilib, o‘rgatishning dastlabki bosqichida mashg‘ulot vositalarining butun xilma-xilligi va katta hajmini qamrab olishga ko‘maklashadigan variativlik ilgari suriladi. O‘yin texnikasini o‘rgatish uzoq muddatli jarayon bo‘lib, u o‘rgatish yo‘llariga taqsimlanadi (bunda har bir yil dasturni siklik ravishda, lekin sifat jihatidan ancha yuqori darajada takrorlaydi), shuning uchun ham unda rejalashtirish alohida o‘rin tutishi kerak. Futbol texnikasiga o‘rgatish jarayonini shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin, ular kelajakdagi texnik qurollanganlik darajasini belgilaydi. Birinchi bosqich birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rgatish yillarini o‘z ichiga oladi, bunda tegishli mashqlar yordamida ko‘pgina oddiy va murakkab texnik elementlarni, futbol usullarini egallab olish hamda harakat ko‘nikmalarining boy zahirasini o‘zlashtirish amalga oshadi. O‘rgatishning boshlang‘ich davri oddiy sharoitda, turgan joyda yoki kichik tezlik bilan, vaqt kam bo‘lishiga qaramasdan, dumalab ketayotgan to‘p bilan, qarshiliksiz va h.k. bajariladigan ko‘p miqdordagi bir maqsadli mashqlarning qo‘llanishi bilan tavsiflanadi, bu esa barqaror sharoitlarda mustahkam ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘maklashadi. O‘rgatishning ikkinchi bosqichi – bu to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi yillar bo‘lib, bunda futbol ixtisosini e’tiborga olgan holda haqiqiy o‘yin sharoitlariga maksimal darajada yaqinlashtirilgan maxsus vositalar qo‘llanilib, texnikani chuqur o‘rgatish amalga oshiriladi. O‘rgatish vaqtida foydalaniladigan mashqlar tarkibida ko‘p miqdorda birikmalar, bog‘lamlar, qarshiliklar, sharoit va harakatlarning tez almashinishi mavjudligi bilan tavsiflanadi hamda musobaqa sharoitiga yaqin sharoitlarda texnikani barqarorlashtirishni nazarda tutadi. Amaliyotda qo‘llanayotgan usuliyat yetarlicha samarali emas, u sport maktablari o‘quvchilarining texnik usullardan oqilona foydalanishlariga, jumladan, bir-biri bilan uyg‘unlashtirishlariga imkon bermaydi, degan fikr bor. Agar futbol usullarini harakatda bajarish chog‘ida ularning tuzilishi o‘zgarib ketsa, yugurish vaqtida koordinasiyaning namoyon bo‘lishi to‘pni tezkorlik bilan nazorat qilish vaqtidagidan tubdan farq qilsa, u holda yoshlarni turgan joyida bunday usullarga o‘rgatish, tezkorlik sifatlarini to‘psiz mash

Доказательный фрагмент

«This article talks about basic training - formation of sports technique and education of the quality of agility.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about basic training - formation of sports technique and education of the quality of agility. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
young players, technical training, main criteria, asosiy mezon, yosh futbolchilar, техническая подготовка, юные игроки, главный критерий, texnik tayyorgarlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники