Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ВЛИЯНИЕ ТЕХНИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ЮНЫХ ИГРОКОВ НА СОРЕВНОВАТЕЛЬНУЮ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ
FAOLIYATIGA TA’SIRI · O‘zDJTSU P.f.b.f.d. · Toshpulatov Abbos Saidmurodovich · COMPETITION ACTIVITY
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article talks about the influence of the technical training of young players on the activity of the competition. Reasonable opinions and comments are presented throughout the article. Key words: young players, technical training, main criteria. ВЛИЯНИЕ ТЕХНИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ЮНЫХ ИГРОКОВ НА СОРЕВНОВАТЕЛЬНУЮ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ Аннотация. В данной статье говорится о влиянии технической подготовки юных игроков на конкуренцию. Обоснованные мнения и комментарии представлены на протяжении всей статьи. Ключевые слова: юные игроки, техническая подготовка, главный критерий. Futbolchilar tayyorgarligining asosiy mezoni musobaqa faoliyati bo‘lib, u o‘yin natijasi va murabbiyning ekspert bahosi bilan bir qatorda tezkor ish hajmi, shuningdek, texnik-taktik harakatlar miqdori va aniqligi bilan tavsiflanadi. O‘yinchilarning musobaqa faoliyati to‘g‘risidagi axborot asosida murabbiy jamoa tayyorgarligining joriy rejasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Musobaqa faoliyatini qayd etish mamlakatimiz va chet el sportchilarining har bir muayyan o‘yinida o‘yinchilarning faoliyatlari haqida juda ko‘p materiallar yig‘ishga imkon berdi. Lekin yosh futbolchilarda bu tadqiqotlar epizodik xususiyatga ega bo‘ldi, shuning oqibatida mazkur muammo deyarli o‘rganilmaganicha qolmoqda. Masalan, A.V.Petuxov (104) malakali hamda 11- 12 yoshli futbolchilar musobaqa faoliyatini taqqoslar ekan, texnik-taktik harakatlarning ko‘pgina miqdoriy-sifat o‘lchamlari borasida mohir futbolchilar ishonchli ustunlikka ega ekanliklarini aniqladi. Texnik-taktik harakatlarni bajarish ishonchliligi malakali futbolchilarda – 70 %, yoshlarda – 52 %. Bu yosh futbolchilar texnik-taktik tayyorgarlik darajasini past deb baholashga asos bo‘ladi. Bunda bolalar-o‘smirlar futboli rivojiga to‘siq bo‘layotgan ob’yektiv va sub’yektiv xususiyatli shart-sharoitlarning butun bir majmuasi ajratib ko‘rsatiladi. Olingan natijalar yosh futbolchilarning sport natijalariga erishuvida jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanishni tashkil etuvchi sifatlar yetakchi ahamiyatga ega ekanligidan, texnik- taktik imkoniyatlar esa sport natijasiga hal etuvchi ta’sir ko‘rsata olmasligidan dalolat beradi. Musobaqalar o‘tkazishning ko‘rib chiqilgan shartlari yosh futbolchilarning imkoniyatlariga to‘la javob bermaydi. Bunday sharoitda o‘yinlar qattiq tezkorlik-kuch xususiyatlariga ega bo‘lib, ularda uzoq masofaga noaniq uzatishlar va yakkama-yakka ko‘rashlar ko‘payib ketadi, bu erta yetilgan, 6 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ya’ni texnik-taktik jihatdan yutqizsa ham yaxshiroq jismoniy rivojlanish hisobiga ustunlikka ega bo‘lgan o‘g‘il bolalardan foydalanishni taqozo etadi. Musobaqa o‘tkazish shartlariga kiritilgan tahrirlardan so‘ng yakama-yakka kurashlar miqdorining 18,7 ta usulgacha ishonchli kamayishi yuz berdi. Uzoq masofaga uzatishlar miqdori birmuncha kamaydi, qisqa va o‘rta masofaga uzatishlar soni esa ortdi. Aldab o‘tish hamda to‘pni olib qo‘yish kabi texnik-taktik harakatlarning 1,5 barobardan ortiqroqqa keskin ko‘payishi alohida kuchli o‘yinchilar qiymati oshishiga olib keladi hamda ulardan o‘yinda unumli foydalanishni ko‘zda tutadi, bu esa sport natijasida ham aks etadi. Shu tariqa golli vaziyatlar miqdori 82,5 %ga oshadi. Funksional holatni aniqlash, jismoniy sifatlar va texnik tayyorgarlikni rivojlantirish maqsadida 15-17 yoshli futbolchilar ustida tadqiqotlar o‘tkazildi. Musobaqa faoliyati tahlilining ko‘rsatishicha, (TSHFBDIMI) Toshkent shahar futbol bo‘yicha Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati 15-17 yoshli futbolchilari bir o‘yinda o‘rtacha 478-526 ta texnik-taktik harakatni amalga oshiradilar, xatolar esa 34-36 %. Agar qisqa uzatishlar hisobga olinmasa, u holda 312-372 texnik- taktik harakat va 39-40 % xato, ya’ni yosh futbolchilar qisqa uzatishlarni ko‘proq qo‘llaydilar. Bu yoshda o‘yinda texnik-usullarni ko‘proq qo‘llash xususiyati qayd etiladi: Himoyachilar - qisqa va o‘rta masofaga to‘p uzatishlar, to‘pni olib qo‘yish, bosh bilan o‘ynash, to‘pni yo‘l-yo‘lakay tutib qolish, uzoq masofaga uzatishlarni eng yuqori - 47-51 % xatolar bilan, to‘pni olib qo‘yishni –33-35 %, bosh bilan o‘ynashni –34-47 %, aldab o‘tishni –31-39 % xato bilan bajarishi aniqlandi. Yarim himoyachilar -qisqa, o‘rta, uzoq masofaga to‘p uzatishlar, to‘pni olib yurish va raqibni aldab o‘tish, uzoq masofaga uzatishlarni bajarish vaqtida xatolar foizining eng yuqori darajasi –47-48 %, aldab o‘tishda –36-37 %, bosh bilan o‘ynashda –36-40 %, darvozaga zarba berishda –47-51 % bilan bajarishi aniqlandi. Hujumchilar -qisqa va o‘rta masofaga to‘p uzatishlar, darvozaga zarba berish, uzoq masofaga to‘p uzatishlarni bajarishda xatolar foizi 46-47 %, darvozaga zarba berishda –53-66 %, to‘pni olib qo‘yishda –34-41 %. To‘pni olib yurish va aldab o‘tishdan kamroq foydalanishlari ma’lum bo‘ldi. 1) Yosh futbolchilar faoliyati samaradorligi yuqori hujum faolligi hamda hujum va himoya harakatlarining aniqligini uyg‘un
Доказательный фрагмент
«This article talks about the influence of the technical training of young players on the activity of the competition.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the influence of the technical training of young players on the activity of the competition. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- young players, technical training, main criteria, yosh futbolchilar, техническая подготовка, юные игроки, texnik tayyorgarlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024