Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ УСТОЙЧИВЫХ СОЕДИНЕНИЙ В ПРОИЗВЕДЕНИИ ТОГАЯ МУРАДА «ЛЮДИ, ИДУЩИЕ ПО ЛУНЕ» (НА ПРИМЕРАХ ФРАЗЕОЛОГИИ И ПОСЛОВИЦ)
MAQOLLAR MISOLIDA) · Noryigitova Mohinur · Qobilov Mirziyo · AND PROVERBS)
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
this article gives a linguistic analysis of the phrases and proverbs presented in the work of Tog‘ay Murad “People walking in moonlight”(Oydinda yurgan odamlar). Keywords: stable compounds, phraseologism, proverb, linguistic analysis, Tog‘ay Murad. ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ УСТОЙЧИВЫХ СОЕДИНЕНИЙ В ПРОИЗВЕДЕНИИ ТОГАЯ МУРАДА «ЛЮДИ, ИДУЩИЕ ПО ЛУНЕ» (НА ПРИМЕРАХ ФРАЗЕОЛОГИИ И ПОСЛОВИЦ) Аннотация. В данной статье проводится лингвистический анализ фраз и пословиц в произведении Тогая Мурада «Люди на Луне». Ключевые слова: устойчивые сочетания, фразеологизм, пословица, лингвистический анализ, дядя Мурад. O‘zbek yozuvchisi Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” asarini lingvistik tahlil qilar ekanmiz unda qo‘llanilgan barqaror birikmalar albatta, e’tiborimizni tortadi. Yozuvchi o‘zining bu asarida ibora va maqollardan o‘z o‘rnida va unumli foydalangan bu esa asarning yanada badiiyligini oshirishga yordam bergan. Til, falsafa va badiiy ijodning o'ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo'lgan bir janri-dir1[4: 1.]. Bilamizki, yolg'izlik faqat yaratgangagina xosdir. Xalqimizda azal-azaldan oila muqaddas hisoblanadi.Tog'ay Murodning "Oydinda yurgan odamlar" asarida jamiyatning bir bo'lagi oila va uning tayanchi farzand ekanligi haqida ko'plab ma-qollar uchraydi. Aynan kommunikativ niyatning maqollar orqali yetkazib berili-shini ushbu asarda ko'rishimiz mumkin. Grammatik jihatdan gap holida shakl-langan, xalq donishmandligi mahsuli bo‘lgan barqaror birikma maqol deyiladi. Maqollar yaxlit holda yashaydi va xalqning ma’naviy boyligi hisoblanadi. Faqat shu jihatdan ular lisoniy imkoniyat sifatida baholanib, lisoniy birliklarga xos xususiyatlarga ega deyiladi. Misol: To‘g‘ri o‘zadi, egri ozadi. Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil top-gan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til 1 Tuzuvchilar: f.f.d, prof To'ra MIRZAYEV, f.f.d, prof Asqar MUSOQULOV, f.f.d, prof Bahodir SARIMSOQOV ’’O’ZBEK XALQ MAQOLLARI’’«Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik korapaniyasi. Bosh tahririyati, 2005.1-bet. 6 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ birliklari barqaror birikmalar deyiladi. Barqaror birik-maning bir guruhi tarkibidagi so‘zlar ma’no jihatdan uyg‘unlashib, mazmuniy yax-litlikni vujudga keltiradi. Ko‘pincha ma’nosi bir so‘zga teng va ko‘chma ma’noda bo‘ladi. So‘zning bunday barqaror bog‘lanmasi ibora (frazeo-logik birlik, frazeolo-gik birikma, frazeologizm)dir. Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quyidagilar: 1.Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib kirishlik. 2.Ma’no butunligi. 3.Tuzilishi va tarkibining barqarorligi. Barqaror birikmalardan o‘rinli foydalanish nutq go‘zalligini ta’minlaydi, shuning uchun ular nutqimiz ko‘rki hisoblanadi. Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi paremiologiya (lot. parema- barqaror, logos- ta’limot), barqaror birikmalar lug‘atini tuzish muammolariniI o‘rganuvchi bo‘limi esa paremiografiya (lot. parema-barqaror, grapho – yozaman) sanaladi. Barqaror birikmalar nutqqa tayyor holda olib kirilishi, tarkibiy qismlarining barqarorligi belgisiga ko‘ra umumiylikni tashkil etsa ham, ma’no butunligi nuqtayi nazaridan turlichadir. Shunga ko‘ra barqaror birikmalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1.Frazeologizmlar. 2.Maqol va matallar. 3.Aforizmlar. Qismlari qat’iy bir qolipga kirib, barqarorlashgan, ko‘chma ma’no anglatib, gapda butunligicha bir bo‘lak vazifasida keladigan, obrazli, jozibali barqaror birikma, frazeologik birikma (ibora)deyiladi: Eshon mayizning tagiga turna ekibdi (“tugatmoq”). “Oydinda yurgan odamlar” asarida keltirilgan iboralar: 1.Boshiga baxt qushi qo‘nmoq-omadi kelmoq Eson qassobni haminqadar eladi. Keyin, maqsadga o‘tdi. - Singlingning boshiga baxt qushi qo‘nib turibdi, qassob, uchirib yubormasang bo‘ldi,- dedi. (5-bet) 2.Mijozi xush ko‘rmoq –yaxshi munosabatda bo‘lmoq, yaxshi ko‘rmoq, yoqtirmoq U mijozi xush kelmish odamlar bilan salom-alik qiladi. Bordi-keldi qiladi. Chin dildan gapirishadi. Ochilib gurunglashadi. (5-bet) 3.Quyib qo‘yganday tortmoq-juda ham o‘xshamoq -Esonboy otasiga tortmabdi… -Noshukur bo‘lmang, Esonboy otasiga quyib qo‘yganday tortadi. (8-bet) 4.Ko‘zlari olma termoq-alanglamoq, qo‘rqmoq. Yanga bo‘lmish qoboq uydi… Shunda… shunda, sag‘ir nafas olmadi! Sag‘ir ko‘zlari pir-pir etdi. Sag‘ir ko‘zlari olma terdi. (8-bet) 5.Qo‘li kalta –moddiy ahvoli yomon, kambag‘al Qo‘li kalta mo‘minlar qassobdan go‘sht oldi. Ahli mo‘minlar hayitlik kiydi. Bisotida borlar ohorli kiyim kiydi. Bisotida yo‘qlar ko‘hna bo‘lsa-da ,ozoda kiyim kiydi. (28-bet) 6.Qildan qiyiq qidirmoq-kamchiligini topmoq. 6 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Oqibat,qildan qiyiq qidiradi.Qandayin yo‘l bilan bo‘ls
Доказательный фрагмент
«this article gives a linguistic analysis of the phrases and proverbs presented in the work of Tog‘ay Murad “People walking in moonlight”(Oydinda yurgan odamlar).»
Образец извлечения
Демо-превьюthis article gives a linguistic analysis of the phrases and proverbs presented in the work of Tog‘ay Murad “People walking in moonlight”(Oydinda yurgan odamlar). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- stable compounds, phraseologism, proverb, linguistic analysis, Tog‘ay Murad, устойчивые сочетания, barqaror birikmalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025