Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ УСТОЙЧИВЫХ СОЕДИНЕНИЙ В ПРОИЗВЕДЕНИИ ТОГАЯ МУРАДА «ОТ КИШНАГАН АКШОМ» (НА ПРИМЕРАХ ФРАЗЕОЛОГИИ И ПОСЛОВИЦ)
Ergasheva Mahliyoxon Shavkatjon qizi · Ergasheva Dilrabo
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In this article, a linguistic analysis of phrases and proverbs from Togay Murad's work "The Night of the Night of the Horse" is given. Key word: stable combinations, proverb, phrase, Togay Murad, linguistic analysis. ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ УСТОЙЧИВЫХ СОЕДИНЕНИЙ В ПРОИЗВЕДЕНИИ ТОГАЯ МУРАДА «ОТ КИШНАГАН АКШОМ» (НА ПРИМЕРАХ ФРАЗЕОЛОГИИ И ПОСЛОВИЦ) Аннотация. В данной статье проводится лингвистический анализ фраз и пословиц из произведения Тогая Мурада «Ночь, когда чихнула лошадь». Ключевые слова: устойчивые сочетания, пословица, словосочетание, Тогай Мурад, лингвистический анализ. O‘zbek yozuvchisi Tog‘ay “Ot kishnagan oqshom ” asarini lingvistik tahlil qilar ekanmiz unda qo‘llanilgan barqaror birikmalar albatta, e’tiborimizni tortadi. Yozuvchi o‘zining bu asarida ibora va maqollardan o‘z o‘rnida va unumli foydalangan bu esa asarning yanada badiiyliginiva serqirraligini oshirishga yordam bergan. Til, falsafa va badiiy ijodning o’ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo’lgan bir janrdir. Millatga har bir qaytarilgan ruh kitobxonga “yuqadi”. Shu jumaladan, “Ot kishnagan oqshom” asarida ham sevgi, yurt, millat tushunchalari qoliplangan so‘zlar shaklida emas, tabiiy, oddiy, kamtarona, ming yillar mobaynida shakllangan madaniyat qanday bo‘lsa , sof tuyg‘ular ham shunday singdirilishi maqol va iboralar orqali o‘z aksini topadi.Aynan kommunikativ niyatning maqollar orqali yetkazib berilishini ushbu asarda ko’rishimiz mumkin. Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi mahsuli bo‘lgan barqaror birikma maqol deyiladi. Maqollar yaxlit holda yashaydi va xalqning ma’naviy boyligi hisoblanadi. Faqat shu jihatdan ular lisoniy imkoniyat sifatida baholanib, lisoniy birliklarga xos xususiyatlarga ega deyiladi. Misol: To‘g‘ri o‘zadi, egri ozadi. Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi. Barqaror birikmaning bir guruhi tarkibidagi so‘zlar ma’no 2 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ jihatdan uyg‘unlashib, mazmuniy yaxlitlikni vujudga keltiradi. Ko‘pincha ma’nosi bir so‘zga teng va ko‘chma ma’noda bo‘ladi. So‘zning bunday barqaror bog‘lanmasi ibora (frazeologik birlik, frazeologik birikma, frazeologizm)dir. Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quyidagilar: 1.Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib kirishlik. 2.Ma’no butunligi. 3.Tuzilishi va tarkibining barqarorligi. Barqaror birikmalardan o‘rinli foydalanish nutq go‘zalligini ta’minlaydi, shuning uchun ular nutqimiz ko‘rki hisoblanadi. Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi paremiologiya (lot. Parema- barqaror, logos- ta’limot), barqaror birikmalar lug‘atini tuzish muammolariniI o‘rganuvchi bo‘limi esa paremiografiya (lot. Parema-barqaror, grapho – yozaman) sanaladi. Barqaror birikmalar nutqqa tayyor holda olib kirilishi, tarkibiy qismlarining barqarorligi belgisiga ko‘ra umumiylikni tashkil etsa ham, ma’no butunligi nuqtayi nazaridan turlichadir. Shunga ko‘ra barqaror birikmalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1.Frazeologizmlar. 2.Maqol va matallar. 3.Aforizmlar. Qismlari qat’iy bir qolipga kirib, barqarorlashgan, ko‘chma ma’no anglatib, gapda butunligicha bir bo‘lak vazifasida keladigan, obrazli, jozibali barqaror birikma, frazeologik birikma (ibora)deyiladi: Eshon mayizning tagiga turna ekibdi (“tugatmoq”). “Ot kishnagan oqshom”asarida keltirilgan iboralar: 1.Parvoyi falak bo‘lmoq–xayol surmoq, beparvo. Parvoyim falak bo’ldi yuraverdim,onamga aytmadim.(104-bet). Millitsionerlar parvoyi falak bo‘ldi.Beg’am–beg‘am choy ichdi.(163-bet). 2.Hafsalasi pir bo‘lmoq–umidsizlikka tushmoq. Ayniqsa,pochtachidan hafsalam pir bo‘ldi.(105-bet). 3.Ko‘ngilni keng qilmoq–har narsaga siqilavermaydigan,tashvish tortmaydigan. Ko‘ngilni keng qiling,ot tepkisi ot ko’taradi.(117-bet). 4.Oyog‘i yerdan uzilmoq–ketishni to’xtatmoq. Ko’zlarim otilib chiqib ketayotganday bo‘ldi,oyog’im yerdan uzildi.(122-bet). 5.Ko‘ngli g‘ash bo‘lmoq–tashvishli,bezovta,notinch. Ko‘nglim g‘ash bo‘lib yuradi.(123-bet). 6.Qildan qiyiq chiqarmoq–aybi yo‘q odamdan ayb qidirmoq. Biror bir bahona izlayman.Qildan qiyiq chiqaraman.(123-bet). 7.Tishini tishiga qo‘ymoq–sabr qilmaslik,zo’rg’a chidab turmoq. Boshim g‘uvillab qoldi.Tishimni tishimga qo’yib chidadim.(130-bet). Tishimni tishimga qo’ydim,yuzlarim lovullab ketdi.(208-bet). 8.Yuragi tovoniga tushmoq–qo’rqib ketmoq. Samolyot bir pasaydi,bir ko’tarildi,yuragim tovonimga tushib ketgaday bo‘ldi.(149-bet). 9.Toqati toq bo‘lmoq–sabr kosasi to’to‘lmoq. Toqatim toq bo‘ldi.Zardam qaynadi.(180-bet). 2 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 10.Otni suvga olib borib, quruq qaytari
Доказательный фрагмент
«In this article, a linguistic analysis of phrases and proverbs from Togay Murad's work "The Night of the Night of the Horse" is given.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, a linguistic analysis of phrases and proverbs from Togay Murad's work "The Night of the Night of the Horse" is given. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- устойчивые сочетания, пословица, словосочетание, Тогай Мурад, stable combinations, barqaror birikmalarning
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025