К содержанию
РецензированоRU2023

ОБУЧЕНИЕ ПРОГРАММИРОВАНИЮ НА PYTHON В СРЕДНИХ ШКОЛАХ

Kozimjon Xusanov Yusubjon o'g'li

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article told about the methodology for creating and using educational- didactic materials for students using the Python programming language, the application of didactic materials in the educational process, the types of didactic tools. Keywords: didactics, components, didactics, skills, qualifications, model, layout, exhibition, technical tools, components, technological maps, competence. ОБУЧЕНИЕ ПРОГРАММИРОВАНИЮ НА PYTHON В СРЕДНИХ ШКОЛАХ Аннотация. В данной статье рассказывается о методике создания и использования дидактических материалов для учащихся с использованием языка программирования Python, использовании дидактических материалов в учебном процессе, видах дидактических средств. Ключевые слова: дидактика, компоненты, дидактические средства, умения, навыки, модель, макет, выставка, технические средства, компоненты, технологические карты, компетенции. Hozirgi kunda inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish qamrab olgan bo’lib, bu hodisa har bir kishidan yuqori axborot madaniyatini talab qiladi. Shu sababli maktabning fan o’quv dasturlari o’quvchilarining bilim, ko'nikma va qobiliyatlarini rivojlantirishni ta'minlaydigan fanlar bilan to'ldirishlari zarur. Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda Shu bilan birga, respublikaning mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmovchiligi axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirishni taqozo etmoqda. Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Shu maqsadda o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ o‘rgatish ta’lim sifatini oshishiga olib keladi. Hozirgi kunda bir nechta dasturlash tillari ishlab chiqilgan bo‘lib, bularga Paskal, Delphi, C++, C#, Python, Java va boshqalarni misol qilish mumkin. Bu dasturlash tillari biror yo‘nalishdagi masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularni obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari deyish mumkin. Dasturlash tillari haqida so‘z yuritishdan oldin “dastur”, “dasturlash”, “dasturlash muhiti” tushunchalarining mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Dastur – oldindan tayyorlangan algoritm va hisoblash texnikasi vositalariga asoslangan holda bajariladigan ishning shart-sharoiti, maqsadi va vazifasini e’tiborga olib, uning biror bir formal (shartli) algoritmik tildagi aniq va to‘liq ifodalanishi [2;46-b.]. Dastur – bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi. Dastur – biror masalani yechishda kompyuterda bajarishi lozim bo‘lgan amallarning izchil tartibi [4;17-b.]. Dasturlash tili – kompyuterlar uchun dasturlar (ko‘rsatmalar yig‘indisi) yoziladigan, uni u yoki bu harakatlarni bajarishga majbur qiladigan rasmiy til [4;53-b.]. Bizning fikrimizcha dasturlash bu – kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun mo‘ljallangan dasturlarni yaratish, tajriba orqali sinovdan o‘tkazish hamda xatolarni tuzatib borish jarayonidan iboratdir. Boshqacha aytganda, kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deyiladi. Kompyuter tushunadigan til dasturlash tili deb ataladi. Dasturlash muhiti bu – dasturchi yozadigan kodlarni aynan qanday tilda va muhitda yozishi tushuniladi. Masalan: keng tarqalgan va ko‘plab foydalanuvchiga ega muhitlarni misol qilish mumkin. PHPStorm — asosan PHP dasturchilarga, VisualStudio — .Net dasturchilarga, NetBeans —Java, PHP dasturchilarga, PHPDesigner — asosan veb (PHP) dasturchilarga mo‘ljallangan. Hozirgi kunda dastur tuzish yuqori darajadagi dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, S#, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi inson tiliga yaqinligi bois dastur tuzish jarayonini osonlashtiradi. Python dasturi, yuqori darajali dasturlash tili. Amaliy dasturlarni yozish va web dasturlash uchun foydalaniladi. Python dasturlash tilining sintaksisi maksimal darajada yengillashtirilgan. Ancha kuchli, lekin shu bilan birga o‘rganish uchun oson dasturlash tili. Python dasturlash tilini o‘qitishda quyidagi asosiy

Доказательный фрагмент

«This article told about the methodology for creating and using educational- didactic materials for students using the Python programming language, the application of didactic materials in the educational process, the…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article told about the methodology for creating and using educational- didactic materials for students using the Python programming language, the application of didactic materials in the educational process, the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
didactics, components, didactics, skills, qualifications, model, layout, дидактика, didaktika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники