К содержанию
РецензированоRU2023

МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ ОТЪЕМА КОРОВ

Qo‘ziboyeva O‘g‘ilbu Imomaliyevna · Sobirova Iroda Xalilla qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article describes the methods of weaning dairy and breeding cows, the timing of weaning, weaning technologies, the feed given to them at the time of weaning, and the correct weaning from cows. Brief information about the requirements for preparing cows and heifers for calving is also given. Key words: milkmaids, succulent feed, sweet feed, weaning, pregnant cows. Hozirgi zamon qoramolchilik tajribasida sigirlarni sutdan chiqarishning bir necha xil usullari bor. Bulardan oddiy, ya’ni asta-sekin sutdan chiqarish usuli 15-20 kun davom etib, bir kunda bir sog‘imni qoldirish bilan sog‘imlar o‘rtasidagi muddatni uzaytirishga ya’ni sog‘ish sonini kamaytirishga asoslangan. Bilamizki, o‘z vaqtida sutdan chiqarish sigirlarda mastit kasalligining kelib chiqishini oldini olishda xizmat qiladi. Sigirni sutdan chiqarishni boshlashdan oldin, avvalo, uning sut miqdorini saqlashga imkon beradigan yem-xashak turlarini ratsiondan asta-sekin chetlashtirib oziqlantirishni o‘zgartirish lozim. Bunday yem-xashaklarga silos, ildizmevalar kiradi. Ular sutdan chiqarish davrida mollarga berilmaydi. Shu paytning o‘zida kuchli omixta oziqalar berishni ham kamaytirish lozim. Agarda xo‘jalikda sigir ikki marta sog‘ilsa, sutdan chiqarishning oddiy usuli quyidagicha o‘tkaziladi: 5-7 kun mobaynida ikki martali sog‘imdan bir martaga, (6-8 kun), o‘tiladi. Keyinchalik sigir bir kundan keyin, so‘ngra ikki, uch kunlardan so‘ng va shunday qilib sutni batamom to‘xtatilishiga qadar sog‘iladi. Oxirgi sog‘ilgandan 3-5 kun o‘tkazib, yelinning holati tekshiriladi, (oxirgi sut sog‘ib olinadi), bundan keyin esa sigir sutdan chiqqan hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan sutdan chiqarish tartibi umumiydir, shuning uchun ham uni hamma 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ sigirlarda o‘zgartirmasdan qo‘llash mumkin. Har bir sigirning o‘ziga xos holatini batafsil o‘rganib, keyingina bu tadbirni qo‘llash lozim. Sigir uzoq vaqt sutdan chiqmasa, biroz vaqt ratsiondan kuchli va shirali oziqalarni butunlay chiqarib, faqat dag’al ozuqalar bilan boqiladi. Ayrim vaqtda suv ichirishdan ham qisman chegaralash kerak. Sigirlarni sutdan chiqarishni boshqa usuli — hayvonning turgan holatini va oziqlantirishni o‘zgartirish bilan bog‘liqdir. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda sog‘iladigan sigirlar o‘zlarining og‘ildagi joylariga shunchalik o‘rganib qolar ekan-ki, boshqa joyga o‘tkazish ularni xatti-harakatini o‘zgarishiga, sog‘imni kamayishiga olib kelarkan. Bu holat nerv sistemasi bilan bog’liq. Bundan kelib chiqadi-ki nerv sistemasining har doimgi faoliyatini buzilishi sut hosil bo‘lish jarayonining buzilishiga, sigirlarning tezroq sutdan chiqishiga olib keladi. Shuning uchun ham ayrim sut sog‘uvchilar bug‘oz sigirlarni sutdan chiqarishdan oldin ularni o‘z joylaridan molxonadagi boshqa joylarga o‘tkazadilar. Bundan tashqari , ular bu yerda sog‘iladigan sigirlarni sog‘ish va oziqlantirish bilan bog‘liq, bo‘lgan molxonadagi harakatlarga kamroq, ta’sirlanadilar. Bundan sut sog‘uvchi ularni oziqlantirish sonini ham o‘zgartiradi. Sutdan chiqarishning ushbu usullarini davomiyligi bo‘yicha uchinchi va to‘rtinchi turga kiradigan sigirlarda qo‘llash mumkin. Sutdan chiqarishning oddiy usulidan tashqari, har tomonlama qulay-tezlashtirilgan usuli ham bor. Bunday usulda sutdan chiqqan davr boshlanishidan 6-8 kun oldin shirali va omixta oziqalar berish butunlay to‘xtatiladi, sigir saqlanayotgan joy, sog‘in vaqti va soni o‘zgartiriladi. Ikki-uch kun o‘tganidan so‘ng kuniga sigir bir marta sog‘iladi. Yana ikki-uch kundan keyin sog‘ish bir kun o‘tkazib amalga oshiriladi va undan so‘ng esa butunlay to‘xtatiladi. Shunday qilib, sigir 6-8 kunda sutdan chiqadi. Shuni ham aytish kerakki, sigir xususiyatlariga qarab ratsionni kamaytirish har doim ham shart emas. Sog‘ish soni kamaytirilsa va sigir odatdagi vaqtdan boshqa vaqtda sog‘ilsa, sutdan chiqarish yengillashadi. Sutdan chiqarishning tezlashtirilgan usuli foydasiga quyidagi vaziyatlar sabab bo‘ladi. Birinchidan, yelinning bezsimon qismida buzilish jarayoni sog‘ishni to‘xtatgandan keyin tezroq, tamom buladi. Ikkinchidan, asta-sekin sutdan chiqarilganda sigirga uzoq davom etgan vaqt ichida, (10-12 kun), shirali va omuxta ozuqalar berish chegaralanadi, natijada sut ishlab chiqarish to‘xtashi bilan bir paytda mollar juda ozib ketadilar, shundan so‘ng ularni tug‘ishga qarab kerakli semizlikka yetkazish uchun, ayniqsa, yaxshi boqishga to‘g‘ri keladi; bu esa har doim va hamma xo‘jaliklarda qilinmaydi. Lekin shuni ham qayd qilib o‘tish kerakki, tezlashtirilgan usulni faqat yelini sog‘lom bo‘lgan sigirlardagina qo‘llash mumkin. Sigirlar to‘liq sutdan chiqqandan so‘ng yelinining holatiga diqqat bilan qarash lozim. Agarda yelin shishmasa, sut yig‘ilmasa, sigirni sutdan chiqqan deb amaliy ravishda hisoblash mumkin. Lekin sog‘ishni to‘xtagandan bir necha kundan keyin yelin zichlansa, to‘lishsa yoki tekshirib sog‘ganda sariq rangli sut, ba’zan yoqimsiz hidli bo‘lib

Доказательный фрагмент

«This article describes the methods of weaning dairy and breeding cows, the timing of weaning, weaning technologies, the feed given to them at the time of weaning, and the correct weaning from cows.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the methods of weaning dairy and breeding cows, the timing of weaning, weaning technologies, the feed given to them at the time of weaning, and the correct weaning from cows. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
milkmaids, succulent feed, sweet feed, weaning, pregnant cows, omixta oziqalar, shirali oziqalar, sut sog‘uvchilar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники