К содержанию
РецензированоRU2023

ОДЕЖДА – МАТЕРИАЛЬНЫЙ ИСТОЧНИК, ГОВОРЯЩИЙ О ПРОШЛОМ.

Qarshiyev Islom Maxmarahim o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

Traditional folk clothes are the main component of material culture, and national characteristics of the people are manifested in them. The article talks about the importance of traditional clothes in researching the ethnography of the bells of the Surkhan oasis. Key words: clothing, chakmon, Surkhan oasis, bell, thread, wool, cocoon, skin. O‘rta Osiyo xalqlarining kiyim-kechaklari ko‘p asrlik tarixga ega. Har bir etnos va etnik guruhlarning o‘ziga xos xususiyatli kiyim-kechaklari mavjud bo‘lsa-da, mintaqada yashovchi elatlarda umumiy xarakteridagi sarpo mavjudligi, bu etnoslarning moddiy madaniyati, tarixiy taqdiri uzoq tarixiy davr davomida o‘zaro yaqin bo‘lganligidan dalolat beradi. Arxeologik qazishmalardan topilgan qadimiy katta devoriy rasmlar, har xil buyumlarga tushirilgan tasvirlar, o‘rta asrlardagi kitob miniatyuralari ajdodlarimizning o‘tmishdagi kiyim-kechaklari to‘g‘risida boy ma’lumotlar beradi. O‘rta asrlarga oid miniatyuralar o‘zbek kiyimlarining tipi shaklanganligi va ular keyingi davrgacha saqlanganligini namoyish qiladi1. Kiyim-kechaklar masalasida bugungi kunda Surxon vohasining o`zida bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, S.Tursunov, I.Umarov, O.Do`lanov, S.Axmedov va M.Rahmonov2lar Surxon vohasidagi Denov, Sariosiyo, Uzun, Sherobod, Boysun tumanlarda joylashgan o`zbek urug`larining an’anaviy kiyimlaridagi etnik va lokal xususiyatlarni o`rganib, o`z ilmiy xulosalarini berib kelmoqda. An’anaviy o‘zbek kiyim-kechagi, asosan, ustki ko‘ylak, ishton va chopondan, boshga do‘ppi, oyoqqa kalish-mahsi va etik kiyishdan iborat bo‘lgan. Erkak-ayol va katta-kichiklar kiyimlari bichimining deyarli bir xilligi ularning qadimiyligidan darak beradi. Bunday liboslar oddiy usulda, ba’zan qaychisiz va ulgusiz, yaxlit matodan yirtib tikilgan. Bir parcha gazlamani 1 Jabborov I. O‘zbek xalqi etnografiyasi...- B. 149. 2 B.X. KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI https://cyberleninka.ru/article/n/b-x-karmisheva-tadqiqotlarida-surxon-vohasi-yuz-urug-larining-etnik-tavsifi 7 41 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ikkiga buklab yelka tomoniga ko‘ndalangiga ikki yeng bilan bir parcha to‘rtburchak xishtak (qo‘ltig‘iga solingan) ni tikib kiyilavergan3. Dunyodagi har bir xalqning an’anaviy kiyimlaridagi matolar tabiiy iqlim sharoiti, xo‘jalik mashg‘uloti, ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Dehqonchilik bilan shug‘ullangan aholining kiyimlari asosan paxtadan to‘qilgan matolardan tikilgan bo‘lsa, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi aholi esa asosan jundan tayyorlangan matolardan kiyimlar tikishgan. Uy sharoitida ip, jun, pilla, teri va boshqa narsalardan mato tayyorlash an’anasi O‘zbekistonda juda qadimdan mavjud bo‘lgan4. Sovet davlatining ilk boshqaruvi yillarida mahalliy ishlab chiqarilgan matolar an’anaviy ko‘rinishini saqlab kelgan. Surxon voha aholisining kiyimlari avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qadimiy matolaridan – olacha, bo‘z, xonatlas, qalami, banoras, shoyi, beqasam, adras, so‘si va boshqa matolardan tikilgan5. Chakmonning ham bir necha turlari mavjud bo‘lgan. To‘qima chakmonlar o‘rmakda to‘qilib tayyorlangan. Uning yelkasiga gulli kashtalar tikilishi yoki tikilmasligi ham mumkin. Xuddi shuningdek, qoqma (janda) chakmon ham shu usulda, biroq arqoqlari qilichda qayta-qayta qoqilib to‘qiladi.Ularning bir-biridan farqi shuki, qoqma (janda) chakmon asosan polvon va chavandozlar uchun tayyorlangan. Mirzoyi chakmon asosan ziyoli kishilar uchun tayyorlangan. Guldo‘zi chakmonni asosan yosh yigitlar kiyishgan. Sinoyi chakmon hukmdor, bek, olim va shunga o‘xshash martabali kishilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yengi kalta bo‘lgan. Qurama chakmon turli rangdagi bosma va to‘qima matolar kashtalarda qurab tayyorlangan. Mullayi chakmon – yengi va etagi uzun, ko‘ksini guldor, popukli va tupakli bog‘ichi birlashtirib turgan. Uni asoan diniy soha vakillari kiyishgan6. Qo‘ng‘irotlarda ham boy, o‘ziga to‘q erkaklar “qoqma chakmon”, cho‘ponlar, oddiy va o‘rta hol tabaqaga mansub erkaklar esa “ko‘k chakmon” kiygan. Bu chakmonlar o‘z matosining sifati bilan bir-biridan farq qilgan7. “Qoqma chakmon” qalin, pishiq qora jun matodan ustki va ostki qismi ikki qavat qilib bejirim to‘qilgan. Bu chakmonni to‘qish uchun uzoq va mashaqqatli mehnat zarur bo‘lib, uni o‘ziga to‘q kishilar maxsus buyurtma asosida tayyorlatganlar. “Ko‘k chakmon” ancha yupqa va ixcham bo‘lib, yengil jun matodan to‘qilgan. Voha cho‘ponlarining qahraton qish oylarida ustiga kiyadigan “kebanak”8 ustki kiyimi ham qo‘y junidan tayyorlangan. Kebanakning 3 Jabborov I. O‘zbeklar: turmush tarzi va madaniyati...- B. 40. 4 Сухарева О.А. Художественные ткани // Народное декоративное искусство Советского Узбекистана. Текстиль. – Ташкент, 1954.- С. 94. 5 SURXON-SHEROBOD VOHASI QO‘NG‘IROTLARINING KIYIM-KECHAKLARI VA ETNIK XUSUSIYATLAR. https://cyberleninka.ru/article/n/surxon-sherobod-vohasi-

Доказательный фрагмент

«Traditional folk clothes are the main component of material culture, and national characteristics of the people are manifested in them.»

Образец извлечения

Демо-превью

Traditional folk clothes are the main component of material culture, and national characteristics of the people are manifested in them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
clothing, chakmon, Surkhan oasis, bell, thread, wool, cocoon, skin, чакмон, одежда, kiyim-kechak
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники