Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ НАРОДНОГО УСТНОГО ТВОРЧЕСТВА В ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОМ ВОСПИТАНИИ ШКОЛЬНИКОВ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ
To'rayev Xudoyberdi Eshdavlat o'gʻli
Современная наука и исследования · 2 · 364-369 · 2023
Аннотация
The article talks about theoretical and methodical study of works of folk art in elementary grades and the foundations of formation of spiritual and moral qualities in students. Keywords: folklore, elementary school, education, book, folklore, education, fairy tale. РОЛЬ НАРОДНОГО УСТНОГО ТВОРЧЕСТВА В ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОМ ВОСПИТАНИИ ШКОЛЬНИКОВ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация. В статье говорится о теоретико-методическом изучении произведений народного творчества в начальных классах и основах формирования духовно- нравственных качеств у учащихся. Ключевые слова: фольклор, начальная школа, воспитание, книга, фольклор, воспитание, сказка. Mamlakatimizda oʼquvchi-yoshlarni har tomonlama yetuk,barkamol avlod qilib tarbiyalashda va mustaqil hayotga tayyorlashda koʼp asrlar davomida qoʼllangan usul va vositalar, tadbir shakllari, uruf-odatlar, anʼanalar, tarbiya haqidagi gʻoyalar, hayotiy tajribalar oʼzbek xalq pedagogikasida mujassamdir.Xalq tomonidan yaratilgan xalq ogʻzaki ijodi boʼlgan folklor asarlari boshlangʻich sinf oʼquvchilarini maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.Jumladan, xalq tomonidan yaratilgan og’zaki badiiy adabiyotga folklor deyiladi. “Folklor” asli inglizcha so’z bo’lib, “Folk”-xalq, “Lore”-donolik so’zlaridan yasalgan bo’lib, “Xalq donoligi”, “Xalq donishmandligi” ma’nolarini anglatadi. O’zbek xalq og’zaki ijodi xilma-xil janrlardan tarkib topgan og’zaki so’z san’ati bo’lib, o’zbek xalqining dunyoqarashi, badiiy zavqi, ijodiy salohiyati, orzu va intilishlarini aks ettiradi. Xalq og’zaki ijodi ertak, doston, afsona, rivoyat, qo’shiq, lapar, masal, maqol, topishmoq, latifa va naqllarni o’z ichiga oladi. Xalq og’zaki ijodi materiallarida ijtimoiy hodisalar, kurashlar, vatanni dushmandan mudofaa qilish, xalqning orzu- umidlari, urf-odatlari, rasm-rusmlari, marosimlari va boshqa turmush hodisalari ifodalanadi1. Boshlang’ich sinf o’quv dasturlari o’qish darslari oldiga o’quvchilarni yaxshi o’qish sifatlariga ega etishdek murakkab vazifani qo’yadi. Bunday vazifalarni to’laroq amalga oshirishda xalq og’zaki ijodi materiallari katta ahamiyatga ega. O’quvchilar tabiatan maqol, topishmoq va ertaklarni sevadilar, ularni zo’r qiziqish bilan o’qib o’rganadilar. Bundan tashqari xalq og’zaki ijodi qadimdan tarbiya manbai hisoblangan. Boshlang’ich sinf o’quvchilari eng avvalo ertaklar bilan tan ishadilar. Ma’lumki, ertaklar xalq og’zaki ijodiyotining eng qadimiy, ommaviy va keng tarqalgan janrlardan biridir. Ertaklar xalq og’aki ijodining epik turiga kiradi. Uning o’ziga xos 1 Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. - Toshkent: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2006. 38-b. 7 23 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ xususiyati-voqeabandligi, biron voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilinishidir. Ertaklar turmush voqeligini ajoyib va g’aroyib, jozibali qilib aks ettiradi. Ertak folklor asari. Shuning uchun ham xalq og’zaki ijodiga xos ijodiy maxsul bo’lib, ko’pchilik tomondan aytilishi, og’zaki yo’l bilan tarqalishi, an’anaviylik, ijodchisining noma’lumligi-anonimlik, bir syujetning xalq orasida bir qancha variantlarda ijro etilishi ertaklarga xosdir. Boshlang`ich sinflarda o`qitilayotgan adabiy o`qish darslari o`zbek tili fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o`qish va nutq o`stirish bo`limida o`tkaziladigan mashg`ulotlar mazmuniga; o`quvchilarni to`g`ri, ravon, ma`lum darajadagi tezlik bilan ifodali o`qishga o`rgatish; o`quvchining ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g`oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi. Xalq og’zaki ijodida an’anaviy estetik jihatlarning umumiyligi boshlangʻich sinf oʼquvchilarining bunday asarlarni tez va oson tushunishlariga imkon yaratadi. Jumladan, deyarli hamma janrlardagi asarlar tilining soddaligi, ba’zan boshqa-boshqa janrlar namunalarining bir mavzuga bag’ishlanishi (“Tohir va Zuhra” ertagi va dostoni), epik asarlar syujeti va kompozitsiyasidagi yaqinliklar va, hatto, bir necha janrlarga oid namunalarda o’xshatish, sifatlash, mubolag’a kabi tasvir vositalarining o’xshashligi fikrimizning dalilidir. Xalq og’zaki ijodi janrlari, ularning tarkibi haqida gap borar ekan, janrlarning o’zaro munosabatlarini ham hisobga olish lozimdir. Avvalo, janrlararo munosabatlar o’ta murakkab jarayon ekanini nazarda tutish kerak. Ma’lumki, o’zbek xalq og’zaki ijodi dunyodagi eng qadimiy so’z san’ati namunasiga oid asarlardan tashkil topgan. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, eramizdan keyingi ikkinchi ming yillikning o’zida og’zaki ijodimiz mahorat jihatidan juda ko’p hayotiy sinovlarga duch kelgan. Natijada, kichik janrlar deb atalmish maqol, matal, topishmoqlardan birikkan epik asarlar maydonga kelgan bo’lishi mumkin. Ayni paytda, doston, ertak, qo’shiq kabi janrlarni o’rgan
Доказательный фрагмент
«The article talks about theoretical and methodical study of works of folk art in elementary grades and the foundations of formation of spiritual and moral qualities in students.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article talks about theoretical and methodical study of works of folk art in elementary grades and the foundations of formation of spiritual and moral qualities in students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- folklore, elementary school, education, book, folklore, education, fairy tale, tarbiya, начальная школа, фольклор, воспитание, , boshlang`ich sinf, Xalq og`zaki ijodi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025