Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ НАЗВАНИЙ РОДСТВА, ИСПОЛЬЗУЕМЫХ В ДРЕВНЕТУРЕЦКИХ СЛОВАРЯХ
NOMLARININNG LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI · Xidirova Iroda Xolmurzayevna · Jo‘rayeva Mehriniso · TURKISH DICTIONARIES
Современная наука и исследования · 2 · 492-496 · 2023
Аннотация
In this article, a lexical-semantic analysis of the current alternative, vocabulary of blood-kinship terms included in the composition of ancient Turkic dictionaries was carried out, and the conclusions were substantiated using analytical methods. Key words: Kinship, linguistic analysis, lexical-semantic analysis, ancient dictionaries, method of comparative analysis, method of statistical analysis, personality schema, blood-kinship terms, categorical schema. ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ НАЗВАНИЙ РОДСТВА, ИСПОЛЬЗУЕМЫХ В ДРЕВНЕТУРЕЦКИХ СЛОВАРЯХ Аннотация. В данной статье проведен лексико-семантический анализ современного варианта терминов кровного родства, встречающихся в составе древнетюркских словарей, и на основе методов анализа сделаны выводы. Ключевые слова: родство, лингвистический анализ, лексико-семантический анализ, древние словари, метод сравнительного анализа, метод статистического анализа, схема личности, термины кровного родства, категориальная схема. Turkiy tillardagi qarindoshlikni ifodalovchi leksemalar va ularning tavsifiga bag‘ishlangan bir qator ilmiy ishlar, monografiyalar va ayrim maqolalar e’lon qilingan va haligacha tadqiq etilib, ushbu yo‘nalishning yangidan yangi qirralari namoyon bo‘lmoqda. Qarindoshlik atamalari haqida gap ketar ekan, shuni ta’kidlashimiz mumkinki, ushbu tur ma’nosini ifodalovchi leksemalarning yaratilish davri juda qadimgi ibtidoiy jamoa tuzumi davrlariga borib taqaladi. Kishilik jamiyati shakllana boshlagan va insonlar o‘rtasida aloqa munosabat, ko‘payish jarayonlari paydo bo‘la boshlagach, ongli ravishda atrofdagilarni alohida nomlar bilan atashga ehtiyoj sezila boshlaydi va shu tariqa qarindosh-urug‘chilik atamalari vujudga keladi. Ushbu tadqiqot ishining asosiy tadqiq obyekti sifatida XI–XIV asrlarda yaratilgan qadimgi lug‘atlar (“Devonu lug‘otit turk” (keying o‘rinlarda MK), “At-tuhfatuz zakiyati fil lug‘atit turkiya” (keying o‘rinlarda “At-tuhfat”), “Древнетюркский словарь” (“Qadimgi turkiy lug‘at”, keyingi barcha o‘rinlarda DTS) tarkibida qo‘llanilgan qarindoshlik atamalarining lingvistik tahlili amalga oshirildi. Ushbu lug‘atlarning boshqa lug‘atlardan ajralib turadigan asosiy xususiyatlari lug‘atlar 7 16 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tarkibida kelgan turkiy so‘zliklar leksikasi, morfologiyasi va fonetikasi bir-biriga, shuningdek, boshqa tillar bilan ham o‘zaro qiyosan o‘rganilib, lug‘at darajasiga yetkazilgan. Tildagi har qanday leksema muayyan shakl va mazmunning o‘zaro leksik-semantik munosabatidan iborat murakkab struktura bo‘lib, uning ma’no tuzilishida bir qancha komponentlar o‘zaro birlashadi. Masalan, їчқїм – (katta aka), aча – (katta qiz(opa), iні – (ini, kichik birodar, uka), jigit, qiz, alim, qazi kabi so‘zlar o‘ta umumiy, keng miqyosli va semantik komponenti jihatidan “shaxs” semasiga ega. Aynan shu arxisema asosida kategorial sema “ot turkumiga mansublik” yuzaga kelsa-da, mazkur so‘zlarning barchasida qarindoshlik munosabati mavjud emas [5;445]. “Qarindoshlik” semasi (ma’nosi) їчқїм – (katta aka), aча – (katta qiz (opa), iні – (ini, kichik birodar, uka) nomlaridagina mavjud. Ismoilov tahliliga ko‘ra hozirgi o‘zbek tilida qon-qarindoshlik terminlari ikki katta guruhga bo‘linadi: 1. Qon-qarindoshlik terminlari; 2. Nikohdan keyin paydo bo‘lgan qarindoshlik terminlari [4;102]. Mana shu guruhlanishga asoslanib qarindoshlik nomlari tasniflanildi. Tasnifda termin so‘zi o‘rniga nomi so‘zini olish ma’qul ko‘rildi. Demak, qon-qarindoshlik nomlari guruhiga quyidagilar kiradi: їчқїм – katta aka; hoqoniy turklari katta akalarini їчқїм deydilar, lekin ikkinchi shaxsda їчқїн qo‘llanmaydi (96); aба – ona (o‘g‘uzcha. Qarluq turkmanlari ana deydilar) (113); aта – ota (114); aча – katta qiz (opa) ma’nosida (114); iні – ini, kichik birodar, uka (119) – “Devonu lug‘otit turk”da; aба – ota (11); aна – ona (3b-11); дада – buva (11a-11); дада – buva (11a-11) – “At- tuhfatuz zakiyati fil lug‘otit turkiya”da; ana – ata – ona – ota (43); apa – katta opa; ona (42); aqa – katta aka (48); eči – katta aka (16) – “DTS”da kiritish mumkin. Nikohdan keyin paydo bo‘lgan qarindoshlik nomlar guruhiga quyidagilar kiradi: казїн – qayin ona, qayin ota, qayin (383); балдїз – xotinning singlisi, erning singlisiga балдїз deyilmaydi, singil deyiladi (426); oғул – o‘g‘il; o‘z o‘gli bo‘lmasa ham er bolalarga oғул deydilar (103) – “Devonu lug‘otit turk”da; кујав – kuyov (15b-4); кујагу – kuyov (12b-4); ӭккіз – egizak (9a-3); aврат – xotin ( 3b-13) – “At-tuhfatuz zakiyati fil lug‘otit turkiya”da; jeŋgä – katta akaning xotini (256); oγul – bola (364) – “DTS”dagi so‘zliklarni kiritishimiz mumkin. Professor Sh.Iskandarovaning tahliliga ko‘ra qarindoshlikni ifodalovchi shaxs nomlarini leksema shaklida tahlilga tortib, ularni strukturasiga ko‘ra ikki turga bo‘ladi: 1. Sodda (tub) – bir asosdan iborat leksemalar. Masalan, ota, o‘g‘il, ona. 2. Qo‘shma – ikki asosdan iborat leksemalar. Masalan, qayin
Доказательный фрагмент
«In this article, a lexical-semantic analysis of the current alternative, vocabulary of blood-kinship terms included in the composition of ancient Turkic dictionaries was carried out, and the conclusions were substanti…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, a lexical-semantic analysis of the current alternative, vocabulary of blood-kinship terms included in the composition of ancient Turkic dictionaries was carried out, and the conclusions were substanti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kinship, linguistic analysis, lexical-semantic analysis, ancient dictionaries, схема личности, метод статистического анализа, Qarindoshlik, метод сравнительного анализа, qadimiy lug‘atlar, blood-kinship terms, shaxs semasi, kategorial sema., категориальная схема, leksik-semantik tahlil, лексико-семантический анализ, древние словари, qon-qarindoshlik terminlari, personality schema, лингвистический анализ, lingvistik tahlil, method of comparative analysis, термины кровного родства, родство, method of statistical analysis, qiyosiy tahlil metodi, statistik tahlil metodi, categorical schema.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025