Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
КАРТОФЕЛЬ ОВОЩНЫЙ ЗДОРОВЬЕ ЧЕЛОВЕКА И ПИЩЕВАЯ ЦЕННОСТЬ
Xaydarov Azamat Raxmatillaevich
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article talks about the importance of potatoes in the national economy, its role for human health, its significance, medicinal properties and beneficial properties. Key words: potato tubers, meaning, value, place in the national economy, importance for human health, medicinal properties, usefulness, composition. Kirish. Har qanday mustaqil davlatning vazifasi óz mamlakatining oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash hisoblanadi. Bunda davlatning tashqi va ishki tahdidlardan qat`iy nazar, aholining normal hayot kechirishi va faoliyat kórsatkishini ta`minlaydigan darajada muhim mahsulotlarga bólgan ehtiyojini qondirishni kafolatlashi tushuniladi (H.Ch.Bóriev, 2003) [1]. Kópgina mamlakatlarda millat salomatligi insonning ovqatlanishi va ist`emol qilinayotgan mahsulot sifatiga boǵliqligi hisobga olingan holda, aholining soǵlom ovqatlanishi sohasida davlat siyosatining Dastur va Koncepsiyalari ishlab chiqilgan. Bu dasturlarda sabzavotlarni iste`mol qilishga alohida e`tibor qaratilgan. Sabzavotlarni iste`mol qilish darajasi kópincha aholining ishga layoqatliligi va umr kórish davomiyligini belgilaydi. Shu sababli soǵlom ovqatlanishda sabzavotlarning ahamiyati va xavfli mahsulot etishtirishning oldini olish yóllari tuǵrisidagi bilimlarni ommalashtirish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday ishni bajarish energiya sarflashni talab qiladi: ish qanchalik oǵir bólsa, energiya shuncha kóp sarflanadi. Kattalar energiyaga bólgan kunlik ehtiyoj yosh va ishga qarab, erkaklarda 11-18 ming kJ va ayollarda 9-14 ming kJni tashkil etadi. Tinch holatda kuniga 6,7 ming kJ yoki 1600 kKal (1 J-0,39 kKal, 1 kKal-4,18 J) sarflanadi- bu juda jiddiy miqdordir (A.S.Bolotskix, 1998) [1]. İnsonning mehnatga layoqatliligi va umr kórish davomiyliligi iste`mol qilinayotgan ovqat kaloriyasi va sifati bilan belgilanadi. Bir odamning dunyo miqyosida energiya iste`mol qilish miqdori bir kunda 3100 Kkalni tashkil etishi lozim. Bir kunda 3000-3500 Kkal energiya iste`mol 6 70 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ qilinadigan mamlakatlarda umr kórish davomiyligi 75-80, 2500-3000 Kkal energiya iste`mol qilinadigan mamlakatlarda 70-75 yosh, 2000-2500 Kkal energiya iste`mol qilinadigan mamlakatlarda 60-70 yosh va 2000 Kkaldan kam energiya iste`mol qilinadigan mamlakatlarda 42- 50 yoshni tashkil qiladi (A.V.Gordeev, 2002) [1]. Shu yuqoridagi takidlab ótilgan sabzavotlardan kartoshka sabzavoti eng muhim ahamiyatga ega. Kartoshka inson uchun muhim oziq-ovqatlardan bólib chorvani ham oziqlantiradi. Jahonda inson oziqlanib quvvat oladigan buǵdoy, makkajóxori, guruch va arpadan sóng kartoshka beshinchi órinda turadigan quvvat manbasidir. Shu sababli uni halqda ardoqlab «ikkinchi non» deb ataydilar. Kartoshka ishlab chiqarish sanoatining qator tarmoqlari uchun muhim xom-ashyo hisoblanadi. 100 g kartoshka 301,5 kDj yoki 72 kkal quvvat berish manbasidir. [2] Meva-sabzavotlarning kóp turlari etishtiriladigan janubiy mintaqalarda (regionlarda) kartoshka iste`mol qilish me`yori nisbatan kam tavsiya etiladi. O’zbekistonda soǵlikni saqlash mutasaddi tashkilotlari aholi son boshiga yil mobaynida 45 kgdan kartoshka iste`mol qilishni tavsiya etadi. [2] Tuganakning kimyoviy tarkibi ózgaruvchan bólib, unga nav, etilish darajasi, tuproq, iqlim sharoiti, beriladigan óǵit miqdori va uni tarkibi, tuproq namligi va boshqa omillar ta`sir etadi. Masalan, tuganak tarkibidagi suv miqdori 65 dan 85 % gacha quruq modda esa 13 dan 37 % gacha ózgaradi (1-jadval). 1-jadval Kartoshka tuganagi tarkidagi oziqa moddalar miqdori, xom vazniga nisbatan % da (Shvaar D, 1999) Moddalar O’rtacha miqdori O’zgarish darajasi Quruq modda 23,7 13,1-36,8 Kraxmal 17,5 8,0-29,4 Eruvchan uglevodlar 0,5 0,0-8,0 Xom kletchatka 0,7 0,2-3,5 Xom protein 2,0 0,7-4,6 Xom yoǵ 0,1 0,004-1,0 Kul 1,1 0,4-1,9 Kartoshkani shifobaxshlik xususiyatlari. Qadim zamonlardagi atoqli shifokor Gippokrat «Bizni taomlarimiz shifobaxsh dori-darmon vositasi bólishi kerak, bizni shifobaxsh vositamiz taomdir» deb ta`kidlagan. Bu talabga kartoshka tóliq javob beradi. U haqiqatdan ham taom ham dori-darmondir. Kartoshka qimmatli oziqa bólishi bilan birga, tarkibida vitaminlar, mineral tuzlar, 6 71 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ organik kislotalar va boshqa biologik aktiv moddalarni mavjudligi unga shifobaxshlik xususiyatini beradi: -kartoshka tarkibida xolin va acetilxolin moddalarini bólishi inson organizmidan zahar xaydashni kóchaytirib, muskullarni tortishib qolishni bartaraf qiladi; -inson buyrak xastaligi-nefrit va qon bosimini oshishi gipertonik bilan kasallanganida parhez qilishi tavsiya etiladi, ya`ni kun mobaynida uch-besh marta (200-300 g) pósti bilan tuzsiz pishirilgan kartoshka iste`mol qiladilar; -kartoshka tarkibidagi kaliy tuzi, yurak muskullarida almashuv jarayonlarini neytrallash va uning faoliyatini me`yoriga keltir
Доказательный фрагмент
«This article talks about the importance of potatoes in the national economy, its role for human health, its significance, medicinal properties and beneficial properties.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the importance of potatoes in the national economy, its role for human health, its significance, medicinal properties and beneficial properties. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- potato tubers, meaning, value, place in the national economy, importance for, значениеместо в народном хозяйстве, medicinal properties, mazmuni, dorivor xususiyatlari, kartoshka ildizi, qiymati, лечебные свойства, importance for human health, xalq xo`jaligidagi o`rni, tarkibi, foydaliligi, состав, клубни картофеля, значение, usefulness, inson salomatligi uchun ahamiyati, значение для здоровья человека, composition, полезность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025