К содержанию
РецензированоRU2023

АНАЛИЗ ПОПЫТОК ВВЕДЕНИЯ МЯЧА В ИГРУ С БОКОВОЙ ЛИНИИ В УЗБЕКСКИХ И ЗАРУБЕЖНЫХ ФУТБОЛЬНЫХ МАТЧАХ

Ikromov X. · Artikov A.A

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article covers the topic of analysis of attempts to throw the ball into the game from the sideline in Uzbek and foreign football matches. Key words: various technical and tactical actions, "iron" defense, youth and teenagers. АНАЛИЗ ПОПЫТОК ВВЕДЕНИЯ МЯЧА В ИГРУ С БОКОВОЙ ЛИНИИ В УЗБЕКСКИХ И ЗАРУБЕЖНЫХ ФУТБОЛЬНЫХ МАТЧАХ Аннотация. В данной статье освещена тема анализа действий по вводу мяча в игру из-за боковой линии в узбекских и зарубежных футбольных матчах. Ключевые слова: различные технико-тактические действия, «железная» защита, молодежь и подростки. Futbol o’yini turli xildagi texnik-taktik harakatlarga boy bo’lib, har bir futbol jamoasi o’zining o’ziga xos ustunlik qiladigan tomonlariga ega bo’ladi. Masalan, Ispaniyaning mashhur “tiki-taka”si yoki bo’lmasa, Italiyaning “temir” himoyasi. Bularning barchasi juda zo’r albatta. Lekin, har bir futbol jamoasida shunga o’xshagan uslublarning bir nechtasi bo’lsa bunday jamoani qanday qilib “taslim qilish” mumkin. Shu haqida hech o’ylab ko’rganmisiz? Agar raqib jamoa sizning bir rejangiz haqida ma’lumot to’plab o’yinga chiqib g’alaba qozonishni niyat qilgan taqdirda, siz boshqa yo’ldan borib u jamoani qiyin ahvolga solib qo’yishingiz mumkin. Xuddi shunday usullar majmui yig’ilib futbol o’yinini mukammallashtiradi deb o’ylaymiz. Bir qarashda futbol o’yinini bizdan 100 yillab avval ham o’ynashgan va barcha yangiliklar qilib bo’lingandek ko’rinadi. Lekin shu eski qoliplarni o’zgartirib, yangilash orqali ko’plab natijalarga erishish mumkin. Yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish. Ushbu harakat bir qarashda oddiy va hujumda hech qanday naf keltirmaydigandek ko’rinadi. Ammo, futbol jamoasida ushbu harakatni uzoq masofaga tashlab beruvchi o’yinchi topilsa yoki ushbu harakatni turli xil ko’rinishdagi ishlanmalari mashg’ulot jarayonida o’ylab chiqilib, tayyorgarlik ko’rilsa, voqealar rivoji 180 darajaga burilib ketadi. Quyida biz o’zbek hamda chet el futbol jamoalarining yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish ko’rsatkichlarini tahlil qilib chiqamiz Qizilqum jamoasi kuzatilgan o’yinlarda bir muncha yaxshi natijalarni ko’rsatganini ko’rishimiz mumkin. Umumiy kuzatilgan 5 ta uchrashuvda 121 marotaba yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritgan jamoa shulardan 91% aniqlik bilan (109 tasi) sheriklariga tashlab bergan. “Aut”lar tashlab berishdagi hujumlarning 15%i (18 tasi) darvoza tomon zarba bilan yakunlangan va shulardan 2.47%i (3 tasi) darvozani ishg’ol qilinishi bilan yakunlangan. Ushbu o’yinlarda 5 30 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ “Aut”lardan amalga oshirilgan hujumlar umumiy vaqtining o’rtacha har 5.55% (25 daqiqada) vaqtida darvoza tomon zarbalar yo’llangan hamda 33.33% (150 daqiqada) vaqtida darvozalarga to’p kiritilgan. O’zbekiston milliy terma jamoasining kuzatilgan o’yinlardagi yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish natijalarini ko’rishimiz mumkin. Umumiy kuzatilgan 5 ta uchrashuvda 122 marotaba yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritgan jamoa shulardan 88% aniqlik bilan (107 tasi) sheriklariga tashlab b ergan. “Aut”lar tashlab berishdagi hujumlarning 14%i (17 tasi) darvoza tomon zarba bilan yakunlangan. Ushbu o’yinlarda “Aut”lardan amalga oshirilgan hujumlar umumiy vaqtining o’rtacha har 4% (22.5 daqiqada) vaqtida darvoza tomon zarbalar yo’llangan ammo bir marotaba ham to’p darvoza to’ridan joy egallamagan. Islandiya milliy terma jamoasining kuzatilgan o’yinlardagi yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish natijalarini ko’rishimiz mumkin. Umumiy kuzatilgan 5 ta uchrashuvda 78 marotaba yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritgan jamoa shulardan 84,61% aniqlik bilan (66 tasi) sheriklariga t ashlab bergan. “Aut”lar tashlab berishdagi hujumlarning 21%i (16 tasi) darvoza tomon zarba bilan yakunlangan. Darvozan ikki marotaba ishg’ol qilinishi bilan bog’liq holat kuzatilgan. Ushbu o’yinlarda “Aut”lardan amalga oshirilgan hujumlar umumiy vaqtining o’rtacha har 6% (28 daqiqada) vaqtida darvoza tomon zarbalar yo’llangan. Lester klubining kuzatilgan o’yinlardagi yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish natijalarini ko’rishimiz mumkin. Umumiy kuzatilgan 5 ta uchrashuvda 86 marotaba yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritgan jamoa shulardan 77,90% aniqlik bilan (67 tasi) sheriklariga tashlab bergan. “Aut”lar tashlab berishdagi hujumlarning 24,41%i (21 tasi) darvoza tomon zarba bilan yakunlangan. Ushbu o’yinlarda “Aut”lardan amalga oshirilgan hujumlar umumiy vaqtining o’rtacha har 4,64% (21 daqiqada) vaqtida darvoza tomon zarbalar yo’llangan va ikki bor to’p raqib darvozasi to’ridan joy egallagan. Ushbu kuzatilgan o’yinlardagi jamoalarning yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish harakatlari natijalari shuni ko’rsatib turibdiki, o’yin saviyasi bir muncha pastroq jamoalar ushbu harakatdan iloji boricha ko’proq foydalanib qolishga harakat qilishmoqda. Qizilqum jamoasining 5 ta o’yindagi Autlardan keyin 18 ta zarba bilan tugagan hujumlarni tashkil etgani va darvozaga kiritgan 3 ta to’pi gapimizning yaqqol dal

Доказательный фрагмент

«This article covers the topic of analysis of attempts to throw the ball into the game from the sideline in Uzbek and foreign football matches.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article covers the topic of analysis of attempts to throw the ball into the game from the sideline in Uzbek and foreign football matches. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
various technical and tactical actions, "iron" defense, youth and teenagers, различные технико-тактические действия, yoshlar va o‘smirlar, “temir” himoya, «железная» защита, turli xildagi texnik-taktik harakatlar, молодежь и подростки
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники