К содержанию
РецензированоRU2023

СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ РЕЗУЛЬТАТОВ ВВОДА МЯЧА В ИГРУ С БОКОВОЙ ЛИНИИ (АУТА) ИГРОКАМИ НЕКОТОРЫХ НАЦИОНАЛЬНЫХ ФУТБОЛЬНЫХ КОМАНД И КЛУБОВ

NATIJALARINING QIYOSIY TAHLILI · Jo’rayev N. · Artikov A.A

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, the subject of comparative analysis of the results of putting the ball into the game from the sideline (out) of the players of some national football teams and clubs is highlighted. Key words: sideline players, national team, youth and teenagers. СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ РЕЗУЛЬТАТОВ ВВОДА МЯЧА В ИГРУ С БОКОВОЙ ЛИНИИ (АУТА) ИГРОКАМИ НЕКОТОРЫХ НАЦИОНАЛЬНЫХ ФУТБОЛЬНЫХ КОМАНД И КЛУБОВ Аннотация. В данной статье освещена тема сравнительного анализа результатов ввода мяча в игру с боковой линии (вне) игроков некоторых национальных футбольных команд и клубов. Ключевые слова: боковые игроки, сборная команда, молодежь и подростки. Biz turli jamoalardagi yon chiziqdan to’pni o’yinga kirituvchi o’yinchilarning o’yinlaridan bir nechta yo’nalishlari bo’yicha ma’lumotlarni yig’ishga harakat qildik. Bular quyidagilar: -yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritishda zarur bo’ladigan masofa -yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish masofasi; -futbolchi yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritgandagi hujum harakatlarining ko’rsatkichi; -ushbu “aut”lardan keyin darvozaga kiritilgan gollar -kuzatilgan futbolchilarning bo’yuzunligi. Barcha yig’ilgan ma’lumotlar quyidagi jadvalda berilgan Ushbu yig’ilgan ma’lumotlarga birin-ketin to’xtaladigan bo’lsak: Ushbu diagrammadan qaysi futbolchiga yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish uchun nechchi metr masofa talab etilishini bilib olishimiz mumkin. Islandiya milliy terma jamoasi Aron Gunnarsson hamda Lester futbol klubi futbolchisi Kristian Fuks uchun ushbu harakatni amalga oshirish uchun o’rtacha 6±1 metr masofa kerak bo’lar ekan. Milliy terma jamoamiz a’zosi Vitaliy Denisov uchun esa o’rtacha 7±1 metr masofa zarur bo’lar ekan. Qizilqum futbol klubi o’yinchisi 5 19 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Akmal Rustamov uchun “Aut”larni amalga oshirish uchun ushbu sportchilar ichida eng ko’p o’rtacha 9±1 metr masofa kerak bo’ladi. Bu albatta faqat futbol uchun mo’ljallangan stadionlarda topilishi qiyin bo’lgan masofa hisoblanadi. Biz bilamizki, ko’pchilik futbol uchun mo’ljallangan stadionlarning yon chiziqdan tashqari maydoni unchalik ham katta bo’lmaydi. Ushbu diagrammadan futbolchilarning kuzatilgan o’yinlardagi yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish masofasi bilib olishimiz mumkin. Islandiya milliy terma jamoasi a’zosi Aron Gunnarsson hamda milliy terma jamoamiz a’zosi Vitaliy Denisov yon chiziqdan to’pni o’rtacha 34±1 metr masofaga kiritishar ekan. Lester futbol klubi futbolchisi esa “Aut”larni bir muncha kamroq masofaga kiritar ekan. Unda bu ko’rsatgich o’rtacha 33±1 metrni tashkil etdi. Qizilqum futbol klubi o’yinchisi Akmal Rustamov “Aut”larni o’rtacha 36±1 metr masofaga kiritar ekan. Balki bu yugurib kelish masofasining uzunligiga ham bog’liqdir. Ushbu diagrammalardan (3-4-diagrammalar) futbolchilarning kuzatilgan o’yinlardagi yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritilgan vaziyatlardagi xavfli vaziyatlarni yaratish hamda darvozaga kiritilgan to’plar bilan bog’liq bo’lgan natijalarni bilib olishimiz mumkin. Islandiya milliy terma jamoasi a’zosi Aron Gunnarsson 2016-yilgi Yevropa chempionati o’yinlarida jamoasi bilan birgalikda amalga oshirilgan Autlardan so’ng 16 marotaba raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni vujudga keltirishdi. Ya’ni darvoza tomon zarba bilan yakunlandi. Ushbu zarbalarning 2 tasi gol bilan yakunlandi. Lester futbol klubi futbolchisi Kristian Fuks esa o’z klubi bilan autlardan 21 marotaba raqib jamoa darvozasi tomon xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ushbu hujumlardan xuddi A.Gunnarson jamoasi kabi 2 marotaba raqib darvozasi ishg’ol qilindi. Vitaliy Denisov Milliy terma jamoamiz bilan birgalikda kuzatilgan o’yinlarda yon chiziqdan to’p tashlashlarning 17 tasini xavfli vaziyatga aylantirishdi. Ammo bu vaziyatlardan birontasi ham darvoza to’ridan joy egallamadi. Qizilqum futbol klubi o’yinchisi Akmal Rustamov esa klubi bilan birgalikda kuzatilgan o’yinlardagi Autlaridan 18 tasini xavfli vaziyatga aylantira olishdi hamda ularning 3 tasi gol bilan yakunlandi. So’nggi diagrammada ushbu futbol jamoalaridagi yon chiziqdan to’pni o’yinga kirituvchi futbolchilarning bo’y uzunligi ko’rsatib o’tilgan. Eng bo’yi past o’yinchi bu Islandiya milliy terma jamoasi a’zosi A. Gunnarsson. Uning bo’y uzunligi 177 smni tashkil etadi. O’sib borish tartibida keyingi futbolchi bu milliy terma jamoamiz a’zosi V. Denisovdir uning bo’y uzunligi 178 smni tashkil etadi. Navbatdagi o’yinchi bu Qizilqum jamoasi a’zosi A.Rustamov. Uning bo’y uzunligi 180 sm. Ushbu o’yinchilardan eng bo’yi uzuni bu Lester jamoasi o’yinchisi K.Fuksdir. Uning bo’y uzunligi 185 smga teng. Xulosalar. Yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritishda yugurib kelish masofasi bu albatta to’pga yetarli kuch berish uchun xizmat qiladi. Bu o’z xolida yugurish masofasini juda uzaytirib, Autlarni mislsiz uzoqlikka amalga oshirish degani emas albatta. Har bir o’yinchining to’p kiritishda o’zining optimal masofasi bor albatta. Biz kuzatgan o’y

Доказательный фрагмент

«In this article, the subject of comparative analysis of the results of putting the ball into the game from the sideline (out) of the players of some national football teams and clubs is highlighted.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the subject of comparative analysis of the results of putting the ball into the game from the sideline (out) of the players of some national football teams and clubs is highlighted. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sideline players, national team, youth and teenagers, terma jamoa, сборная команда, yoshlar va o‘smirlar, yon chiziqdan to’pni o’yinga kirituvchi o’yinchilar, боковые игроки, молодежь и подростки
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники