Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РАБОТА НАД УВЕЛИЧЕНИЕМ СЛОВАРНОГО ЗАПАСА УЧАЩЕГОСЯ НА УРОКАХ ЧТЕНИЯ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ
Boltayeva Sitora Fayzulloyevna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article will talk about the issues of working on increasing the student's vocabulary in elementary school reading lessons. Keywords: lexicology, acquaintance with unfamiliar words and phrases, method of search, vocabulary-grammatical exercises, work on vocabulary. Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, o‘quvchilarni o‘qitish sifati unga bog‘liq bo‘ladi va bu boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta’lim tizimida boshlang‘ich maktab «ko‘nikmalar maktabi» bo‘lib keldi, ya’ni o‘quvchi keyingi ta’lim olish uchun o‘qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda boshlang‘ich maktab boshqacha tasavvur etiladi. Bugungi kunda u ta’lim tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta’lim olish kuchlarini sinash joyi bo‘lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o‘quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta’lim jarayoniga AKT’ni joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi yurtimizda davlat ishlarining, o’qish-o’qitish, ta’lim-tarbiya, targibot-tashviqot ishlarining shu tilda olib borilishi uchun juda katta imkoniyat yaratdi. Tilga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi, uning barcha imkoniyatlarini o’rganish ishlari keng ko’lamda olib borilyapti. Lekin, shuni ham eslash joizki, tilning ijtimoiy vazifasini bajarilish darajasini belgilovchi omillardan biri bo’lmish nutq madaniyati yetarli taraqqiy etmaganligi achinarli bir holdir. Shu bois 4 96 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ nutq madaniyati sohasini chuqurroq o’rganish oldimizga qo’yilgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shunki nutqimizda uchrab turadigan nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilish, nutq madaniyatini har qachongidan ham yaxshiroq rivojlantirish umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan siyosiy va ijtimoiy masaladir. Bu masala bilan shug’ullanish ishiga faqat tilshunoslargina emas, balki jumhuriyatimizda istiqomat qiluvchi barcha soha vaqillari e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir. Chunki, nutq madaniyati umuminson madaniyatining tarkibiy qismi bqlib, kishilarni yuksak madaniyatli bo’lishlarini belgilaydi. Ma’lumki, boshlang’ich sinflarda o’quvchi nutqini o‘stirish ona tili predmetining asosiy vazifasi hisoblanadi. Biroq bu vazifa boshqa o‘quv predmetlari doirasida ham amalga oshiriladi. Jumladan, o‘qish darslari jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Ya’ni, o’qish kitobidagi matnlarni o‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zi uchun notanish bo‘lgan ko‘plab so‘zlar va ularning ma’nosini o‘rganadi, ya’ni ularning so‘z boyligi oshadi. O‘qituvchi bunday so‘zlarni izohlash bilan kifoyalanmay, o‘quvchilarga ular ishtirokida so‘z birikmasi, gap ham tuzdirsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunday qilinsa, yangi so‘zlar o‘quvchilarning faol lug‘atiga kiradi. Nutq ikki ko’rinishga ega - og’zaki, va yozma nutq. Bular o’zaro uzviy bog’langan bo’lsa ham, har birining o’ziga xos xususiyati bor. Og’zaki nutqda tovushlar, so’zlar nutq orqali talaffuz qilinsa, eshitish a’zolari orqali qabul qilinadi. Shuning uchun o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishida, avvalo ularning nutqidagi kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yo’llarini izlab topishimiz kerak. Chiroyli so’zlashni, savodli, to’g’ri yozishni, o’z fikrini ravon va aniq bayon etishni bilmagan yoki etolmagan o’quvchi bilimlarni muvafaqqiyat bilan o’zlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo’lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo’ladi. Nutq orqasli odamzot o’zining ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda-to’la rivojlangan yoki shakillangan bo’lavermaydi. Boshlang'ich sinflar o'quv dasturida ,,ona tili, o'qish bolalarning lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqni o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta'sirchanligini ta'minlashning muhim omilidir", - deyiladi. Bu vazifalar grammatik mavzularni o'rganish, mashq matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug'aviy- grammatik mashqlar orqali bajariladi. Lug'at ishida so'zning ma'nosi, talaffuzi va imlosi e'tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o'quvchilarning ulardan nutqda foydalanishlariga erishish, o'zgalar nutqini anglashlarini ta'minlashdir. Buning uchun o'qituvchi ona tili va o`qish darslarida qo'llangan har bir so'zning va ta'limiy jarayonlarda: ekskursiya, o'zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so'zlarning ma'nosiga e'tibor bilan qarashi, ularning qaysi
Доказательный фрагмент
«This article will talk about the issues of working on increasing the student's vocabulary in elementary school reading lessons.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article will talk about the issues of working on increasing the student's vocabulary in elementary school reading lessons. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lexicology, acquaintance with unfamiliar words and phrases, method of search, знакомство с незнакомыми словами и словосочетаниями, лексикология, Leksikologiya, vocabulary-grammatical exercises, lug'aviy-grammatik mashqlar, словарно-грамматические упражнения, work on vocabulary, izlanuvchanlik metodi, lug’at ustida ish olib borish, notanish so'z va iboralar bilan tanishtirish, работа над словарем, метод исследовательской деятельности
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026