К содержанию
РецензированоRU2023

О МЕСТО И ЗНАЧЕНИИ АБДУЛЛЫ АВЛОНИ В УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ

Djabborxonova Dilshoda

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article talks about the life path of Abdulla Avloni, a bright representative of Uzbek literature, his path in our literature, his views, works, and their significance today. Key words: Abdulla Avloni, writer, upbringing, education, work, literature. Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o’zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog’langanligi adibning boy pedagogik merosi ta’lim- tarbiya masalalarini rivojlantirish, uni o’quvchilar qalbida shakllantirish - da axloqiy va ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashda milliy maktab va qimmatbaho manba bo’lib xizmat qilganini o’rganib chiqish davr talabigaaylanmoqda. Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan asarlari va ularda axloq-odob tushunchalarining yoritilishi tarbiya masalasining ifodasi nafaqat badiiy, balki noyob tarixiy-pedagogik, ta’limiy va qomusiy yodgorlik hisoblanadi. Avloniy asarlari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, yana bir bor shunga iqror bo’lamizki, uning asarlarida ifoda etilgan ta’limiy, tarbiyaviy g’oyaviy, falsafiy pedagogik hikmatlar o’zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi. Avloniy asarlarining tub ma’no- mohiyatini belgilab beradigan insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatan-parvarlik g’oyalari va axloq- odobtamoyilidahozirgi zamonuchun hambehadibratli bo’lgan saboqlarborligini alohida ta’kidlab o’tmoq joiz. Shuni ham unutmaslik kerakki, Abdulla Avloniy birinchi o’zbek teatri tashkilotchilaridan edi. Teatr uchun bir necha drama yaratdi, ularni rejissyor sifatida sahnalashtirdi. Uning bu faoliyati o’z maktabida xor, ifodali o’qish, musiqa va ashula darslarini tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. Abdulla Avloniyning badiiy asarlarni ifodali o’qish sohasidagi bunday faoliyati tezda Toshkentning usuli qadim va usuli jadid maktablariga ham kirib bordi. Mana shunday sharoitda yangi ochilayotgan maktablar uchun zamon talablariga javob bera oladigan o’qituvchilarni tarbiyalab yetishtirish, maktablar uchun milliy ruh ufurib turgan darslik va majmualar yaratish 4 79 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ uchun dasturulamal bo’ladigan qo’llanma kerak edi. Shuning uchun ham Abdulla Avloniyning ― Turkiy guliston yoxud axloq asari Turkiston jadidlarining rahnamosi Munavvarqori Abdurashidxonov hamda ilg’or pedagoglarning taklifi bilan yaratilgan edi. To’g’ri, Abdulla Avloniy asarida axloqiy kategoriyalar haqida fikr yuritar ekan, birinchi o’rinda o’quvchilarni ko’zda tutadi, ammo ularni bolalar tarbiyasiga singdirish vazifasini muallimlar zimmasiga yuklaydi. Demak, asar o’quvchilardan ko’ra ko’proq muallimlar uchun yaratilganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, Abdulla Avloniyning muallimlarga qarata aytgan quyidagi so’zlari ― Turkiy guliston yoxud axloq‖ asarining maqsadini to’la ifodalaydi: ― Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’b zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatiga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, g’ayratlik bo’lishiga sabab bo’ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so’ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog’lidur. Ta’lim ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur Bu so’zlar o’quvchilarga emas, kattalarga, ayniqsa, bo’lg’usi o’qituvchilarga qaratilganligini anglash qiyin emas. Chunki ular kelgusida bularni bolalar — o’quvchilar ongiga singdirishlari kerak. Shu tariqa, ― Turkiy guliston asari buyuk mutafakkir Shayx Muslihiddin Sa’diyning ― Guliston asariga nazira sifatida yaratilgan. Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida tavallud topgan. Ijodkor o’zbek xalqining san’ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta’limi ishlarini yo’lga qo’yishda kata xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste’dodli pedgogdir. U birinchilardan bo’lib o’zbek teatrini professional teatrga aylantirdi, matbuot, maorif sohasi rivojiga hissa qo’shdi. U Turkistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri bo’lib hisoblanadi. Avloniyning mehnati yuksak qadrlanib unga o’zbek madaniyati va adabiyotini yuksaltirishda, xodimlar tayyorlashda uzoq yillik mehnati uchun 1925-yilda “Mehnat qahramoni” unvoni, 1930-yilda “O’zbekiston maorifi zarbdori” unvoni berilgan. Abdulla Avloniy ko’plab asarlarini o’z davri muammosi bo’lgan ta’lim-tarbiyaga qaratgan holda yozgan. Abdulla Avloniy bola tarbiyasiga alohida muhabbat bilan qaragan edi. Shu sababdan ham adib, - “Tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak, axloqimizni kuchlantirmak lozim deydi u, - Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning o’zlari ilmlariga olim bo’lib shogirdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib o’rgatmaklari lozimdir. Bu ravsh ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlarning

Доказательный фрагмент

«This article talks about the life path of Abdulla Avloni, a bright representative of Uzbek literature, his path in our literature, his views, works, and their significance today.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the life path of Abdulla Avloni, a bright representative of Uzbek literature, his path in our literature, his views, works, and their significance today. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Abdulla Avloni, writer, upbringing, education, work, literature, tarbiya, adib, воспитание, ta’lim, труд, adabiyot, образование, литература, писатель, Abdulla Avloniy, asar, Абдулла Авлони
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники