Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСКУСНОЕ ИСПОЛНЕНИЕ НА НАРОДНЫХ ИНСТРУМЕНТАХ
Sunnatova Mohinur Oybekovna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article talks about the methods of skillfully performing a work on folk instruments and their main instructions. Reasonable opinions and comments within the scope of the topic are cited throughout the article. The topic is concluded at the end. Key words: skillful performance of works, folk instruments, modern music art. ИСКУСНОЕ ИСПОЛНЕНИЕ НА НАРОДНЫХ ИНСТРУМЕНТАХ Аннотация. В данной статье рассказывается о приемах искусного исполнения произведения на народных инструментах и их основных указаниях. Обоснованные мнения и комментарии в рамках темы цитируются на протяжении всей статьи. Тема закрыта в конце. Ключевые слова: исполнительское исполнение произведений, народные инструменты, современное музыкальное искусство. Xalq cholg’ularida ijrochilik mahoratini oshirishdan asosiy maqsad muayyan cholg’uda ijro etish sir-asrorlarini yanada chuqurroq o’rgatib borishdan iborat. Ma’lumki, barcha fanlar o’zining asosiy tushunchalariga ega bo’lib, ular aynan u yoki bu sohaga tegishli bo’lgan holda, muayyan soha masalalarini to’liq ochib berishda muhim vositalardan biri hisoblanadi. Ana shunday sohalardan biri - zamonaviy musiqa san’ati ham bir qancha turlarga tarmoqlanib, uning barcha yo’nalishlari alohida rivojlanib bormoqda. Ular: musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, musiqa tanqidchiligi, kompozitsiya, dirijyorlikning barcha turlari (xor dirijyorligi, xalq cholg’ulari, simfonik, estrada, damli cholg’ular orkestrlari dirijyorligi), vokal san’ati, an’anaviy xonandalik san’ati, cholg’u ijrochiligi (barcha cholg’ular bo’yicha), estrada cholg’u va vokal san’ati, elekromusiqa, musiqa ijrochiligining zamonaviy yo’nalishlari (jaz musiqasi, rok, pop yo’nalishlari) kabi juda keng qamrovli sohalarni o’zida mujassam etadi. Musiqaning barcha sohalariga tegishli bo’lgan nota, nota yo’li, kuy sur’ati, musiqiy xotira, musiqiy shakl, musiqiy terminlarning barchasi, musiqiy janrlar, kompozitorlar ijodiyoti, frazirovka, badihago’ylik, kompozitsiya, improvizatsiya, dinamika, dirijyorlik, auftakt, melizmlar, artikulyatsiya, ekspozitsiya, rivojlov, repriza, ijro madaniyati, ijro repertuari, konsert ijrochiligi kabi ko’plab tushunchalar musiqa ilmining asosiy tushunchalari bo’lib, ular aynan sohaga oid bo’lgan fikr va ma’lumotlarni ifoda etishda qo’llanilishi sir emas, albatta. Xalq cholg’ularida ijrochilik fanining asosiy tushunchalari esa musiqa ilmining barcha tushunchalari bilan birga aynan cholg’u ijrochiligi, xususan, milliy cholg’ularda o’qitishning aksariyat ijrochilik bilan bog’liq bo’lgan o’ziga xos jihatlarini o’zida aks ettiradi. Ular: milliy cholg’ular; cholg’ular oilasi; cholg’u, sozlash; ijrochilik holati; tovush hosil qilish va uni boshqarish; mizrobli sozlar; urma-zarbli, urma-torli cholg’ular; zarblar; tremolo; yakka zarb; 1 29 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bilak zarb; bidratma; sayqal; molish; kashish; kamon; pozitsiya; applikatura asoslari; chap qo’l tezligi; o’ng qo’l xususiyatlari; kadensiya; etyud; gamma; ansambl; orkestr; musiqiy bezaklar; va hokazolar. Ushbu tushunchalarning mazmun-mohiyati cholg’uda ijro etish sir- asrorlarini o’zlashtirish masalalarini ifodalashdan iborat. Musiqiy ta’limning xalq cholg’ularida ijrochilik yo’nalishi bo’yicha olib boriladigan darslarda ana shu tushunchalar orqali o’qvchilarga mavzular, amaliy mashg’ulotlar, ko’nikma va malakalar o’rgatib boriladi. Ular nazariy bilimlar bilan bevosita bog’liq bo’lsada, ko’proq amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki cholg’ularda ijro etish san’atini amaliy mashqlar, tinimsiz shug’ullanish, ijodiy izlanishlar orqaligina o’zlashtirish mumkin. Amaliy mashg’ulotlarda olib boriladigan darslar ham asosiy tushunchalar orqali amalga oshirilib, talabalarning ijro mahoratini rivojlantirib borishda muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Bu esa xalq cholg’larida mohirona asar ijro etishni ta’minlaydi. Xususan, amaliy (yakka) mashg’ulotlarda har bir mavzu yuzasidan cholg’uni chalib ko’rish, kuylarning biror qismini notaga qarab ijro etib, tinglovchiga ta’sirchanligi xususiyatlarini takroriy tajribalar (repetitsiyalar), ijro talqinlari orqali sinab ko’rish yaxshi natija beradi. Amaliy (yakka) mashg’ulotlar ayrim asarlarning ijro talqinlari (musiqiy yozuvlari)ni tinglab ko’rish, tajriba (repetitsiya)lar vositasida o’z ijodiy (yoki ijro) yo’nalishini aniqlash kabi zarur ko’nikmalarni shakllantirishga qaratiladi. Musiqiy ijro yozuvi namunalarini turli uslublarda yozib olib saqlash, sadolanish variantlarini tahlil orqali o’rganish vazifalari ham qo’yiladi. O’quvchilar butun o’qish jarayonida ixtisoslik sinfida olgan bilimlari va ijrochilik ko’nikmalarini, sinov-imtihonlarda, akademik konsertlarda, sinf konsertlarida, kompozitorlar ijodiga bag’ishlangan kechalar, bayram konsertlari, hamda Respublika va Xalqaro tanlov- festivallarda qatnashishlari, ularni ijrochilik mahoratlarini yanada oshirishda yordam beradi. Xalq cholg’ulari yo’nalishi bo’yicha o’qishga qabul qil
Доказательный фрагмент
«This article talks about the methods of skillfully performing a work on folk instruments and their main instructions.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the methods of skillfully performing a work on folk instruments and their main instructions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- skillful performance of works, folk instruments, modern music art, народные инструменты, mohirona asar ijro etish, современное музыкальное искусство, xalq cholg’ulari, zamonaviy musiqa san’ati, исполнительское исполнение произведений
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025