Цифровая экономикаMARKETING STRATEGIES, Shadieva Madina Djaloliddin kizi2026
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rivojlantirish yo‘nalishlari
JALB QILISHNI sity--pp- (Toshkent moliya instituti IB-3 guruh magistranti)
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности · 359-362 · 2026
Аннотация
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va ishlab chiqarishda innovatsi- yalarni joriy etish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlik va iqti- sodiy o’sishning yukori sur‘atlarini ta‘minlashda investisiyalar, shu jumladan, xorijiy inves- tisiyalar muhim o’rin tutadi. Investisiyalarga e‘tiborning kuchayishi bugungi kunga kelib, mamlakatimizdagi investision faoliyat rivojlantirilishiga olib keldi. Kalit so‘zlar: xorijiy investitsiyalar, milliy iqtisodiyot, investorlar, innovatsiyalar. Kirish. Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologi- yalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish katta hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu av- valambor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy muammolarni yechish imkoniyatini beradi. Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlari kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyatlar va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyani, eksportbop tovarlarni o‘zlashtirishga, ularni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Muhokama va natijalar. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma‘lumki, xo- rij kapitali, xususan, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni jalb etish investi- siyalashda eng samarali vosita hisoblanadi. Aynan xorijiy investisiyalar mam- lakatda iqtisodiy va texnologik jarayonni harakatlantiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Respublika iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyat- lari va salohiyati to’g’risida xabardor qilish, xorijiy investisiyalarni jalb etish va o’zlashtirish sohasida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokim- iyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300 sonli ”Respublika iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini STARS International University 361 yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan quyidagi yo’nalishlarda Davlat dasturi belgilab olindi: -kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik sohasidagi xo’jalik yurituvchi sub’yek- tlar, bank-sug’urta tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish; -to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni jalb etish uchun tayyor investisiya tak- liflarini ishlab chiqish; -investisiya va biznes forumlar, taqdimotlar («Road Show») va marketing kam- paniyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish; -davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo’yicha ustuvor yo’nal- ishlarni tashkil etish. Investision jozibadorlikni oshirish maqsadida ushbu qaror doirasida chet el in- vestorlariga istiqbolli investisiya loyihalari taklif qilindi: - Yoqilg’i-energetika va neft-kimyo tarmoqlarida investisiya takliflari (takliflar soni — 20, takliflar qiymati — 4 447,6 mln AQSh.doll.) - Metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika tarmoqlari va yengil sanoat soha- larida investisiya takliflari (takliflar soni– 13, takliflar qiymati — 537,3 mln AQSh. doll.) - Qishloq xo’jaligi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida is- tiqbolli takliflar (takliflar soni — 26, takliflar qiymati — 551,2 mln AQSh.doll.). - Yo’l-transport infratuzilmasi, kommunal uy-xo’jaligi qurilishi va qurilish ma- teriallari ishlab chiqarish sohasida istiqbolli takliflar (takliflar soni — 5, takliflar qiymati — 534,3 mln AQSh.doll.). - Ijtimoiy, turistik va farmatsevtika sohalarida istiqbolli takliflar (takliflar soni — 22, takliflar qiymati — 160,6 mln. AQSh doll.). Hisobotga ko’ra, 2020-yilda kafolatlanmagan xorijiy kreditlar quyidagi tarmo- qlarda investisiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobardan ziyod (2,4 mlrd dollardan 3,5 mlrd dollargacha) o’sdi1, jumladan: •NKMK — 636,5 mln dollar; •«O’zbekneftgaz» AJ — 154,8 mln dollar («Sho’rtan GKM» MChJ — ishlab chiqa- rish quvvatini oshirish” — 122,7 mln dollar); •«O’zeltexsanoat» AJ — 101,8 mln dollar (maishiy muzlatgichlar ishlab chiqar- ish — 48 mln dollar); •ATKR vazirligi — 89,4 mln dollar (keng polosali telekommunikatsiya tar- mog’ini rivojlantirish — 35,5 mln dollar); •«O’zqurilishmateriallari» AJ — 91 mln dollar. Davlatning investisiya faoliyati, davlatni o’zining funksiyalarini bajarish jarayonida vujudga keladi, ya‘ni, iqtisodiy, mudofaa, huquqni himoya qilish, is- lohotchilik, ekologik, ijtimoiy va boshqalar. Investisiya faoliyati orqali davlat iqti- sodiyotning tarkibiy qayta qurilishiga real ta‘sir ko’rsatadi, xalq xo’jaligi sama- radorligini o’sishini, alohida tarmoq va hududlarni rivojlanishidagi to’sqinliklarni yo’q qilishni, yagona iqtisodiy hududni saqlab qolishni ta‘minlaydi. Mamla
Доказательный фрагмент
«Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va ishlab chiqarishda innovatsi- yalarni joriy etish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlik va iqti- sodiy o’sishning yukori sur‘atlarini ta‘minlashda in…»
Образец извлечения
Демо-превьюMilliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va ishlab chiqarishda innovatsi- yalarni joriy etish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlik va iqti- sodiy o’sishning yukori sur‘atlarini ta‘minlashda in… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xorijiy investitsiyalar, национальная экономика, иностранные инвестиции, foreign investments, инновации, milliy iqtisodiyot, investorlar, investors, innovatsiyalar, innovations, national economy, инвесторы
Смежные источники
Авторефераты диссертацийYavmutov Dilshod ShoyimardonkulovichНомер УДК:330.332.1(575.146)2026
Лучшие интеллектуальные исследованияMuxammadjonov Asadbek Dilshodjon o‘g‘li2025
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021