Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБЪЯСНЕНИЕ НЕКОТОРЫХ ТЕРМИНОВ, СВЯЗАННЫХ С «ЙЫЛКИЧИЛИК» В ПРОИЗВЕДЕНИИ «ДЕВОНУ ЛУГАТИТ ТУРК».
TERMINLARNING IZOHI. · Ishquvvatov Mamarasul · Abduvohidov Behruz
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In this article, information was given about the explanation of some terms related to cattle breeding, which is one of the branches of cattle breeding, given in the work "Devonu lug'otit turk" by Mahmud Koshgari, the founder of Turkish lexicography. Key words: "Devonu lug'otit turk", Mahmud Koshgari, Turkic peoples, Turkic tribes. O’zbek milliy madaniyatining tobora gurkirab o’sishi milliy madaniyat tarixini yanada chuqurroq o’rganish talabini qo’yadi. Boy madaniy merosga ega bo’lgan o’zbek xalqi tarixida “Devonu lug’otit turk” asari alohida ahamiyatga egadir. XI asrning mashhur olimi, tilshunos Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” (Turkiy so’zlar devoni) asari o’z davridagi turkiy qabilalarning lug’atini izohlashga bag’ishlanadi. Devon XI asrda O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan turkiy qabilalar va ularning til xususiyatlari, o’sha davrda shug’ullangan sohalarni o’rganishda va hozirgi ayrim turkiy xalqlarning shakllanishi va taraqqiyotini belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Yilqichilik — chorvachilik tarmogʻi. Otlarni urchitish, koʻpaytirish, zotini takomillashtirish, naslchilik ishlari bilan shugʻullanadi. Yilqichilik ishchi hayvon tariqasida arzon, samarali energiya manbai. Yilqichilik Osiyo va Yevropada mil. avv.4- ming yillikda paydo boʻlgan. Koʻhna Yilqichilik markazlaridan biri, shubhasiz, Oʻrta Osiyo kengliklari hisoblanadi. Otlar mil. av. 2- ming yillikda Oʻrta Osiyodan Kichik Osiyoga, undan Afrikaga tarqalgan. Amerikaga otlar yevropaliklar tomonidan XVI asrda, Avstraliyaga XVII asrda keltirilgan. Otlar qoʻlga oʻrgatilganidan va xonakilashtirilganidan keyin insonning koʻpgina ishlarni bajarishda doimiy yordamchisiga aylandi, armiyada alohida otliq qoʻshinlar tuzildi. Ayrim xalqlarda yilqichilik oziq- ovqat mahsulotlari — goʻsht va sut olinadigan xoʻjalik tarmogʻi boʻlib qoldi. Qadimgi Sharqning 1 26 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Movarounnahr hududi argʻumoklari oʻzining takrorlanmas, xoʻjalik uchun foydali biologik xususiyatlari bilan nom taratgan dongdor jonivorlar safidan hakli ravishda tarixda oʻz oʻrniga ega. Oʻzbek xalq dostonlari "Alpomish" va "Goʻroʻgʻli"dagi Boychibor va Gʻirotlar obrazlari bunga misoldir. [1:6-7] Qadimgi turkiy til davrdagi aksar terminlarni hozirgi davrda ham ma’lum bir juz’iy fonetik o’zgarishlarga uchragan shakllarini ham uchratamiz. Bu esa qaysidir ma’noda “Devonu lug’otit turk” asarini tushunishimizda ancha yengillik tug’diradi. Örk — qora mollarning bashvog‘i va ot oyog‘ining bog‘i (tushov). [2:78] Oj: oj at – qora ot. [2:84] Uγar at — peshonasida oqi bor [qashqa] ot. Bu so‘z shaklan ham, mazmunan ham arabchaga mosdir, faqat bu so‘zning bosh harfi arabchada fatxali (a), turkchada zammali (u) dir. [2:87] Ozuq at — o'zar ot; uloq poygasida oldin boruvchi chopqir ot. [2:97] Ërik jïlqï — yo‘rg‘a, qoramol, hayvon. Ërik at – yo‘rg‘a ot. [2:100] Azγïr — ayg‘ir. [2:121] Ulduq at — taqasiz ot. Boshqa hayvonlarga nisbatan ham ishlatiladi. [2:126] Ičlik — egarning tagidan qo‘yiladigan ichki to‘qim. [2:127] Ömzük — egarning old va orqa taraflari. [2:129] Azrïm — egar ostiga ikki tarafdan qo‘yilgan jazliq. U namatdan bo‘ladi. [2:131] Üstäm — kamar, to‘qa va egarning boshiga o‘rnatish uchun oltin-kumushdan ishlangan ziynat. O‘g‘uzlar uni saxt deydilar. [2:131] Otγun — egarning chap tomonidagi enlik bir qayish; unga ayilning halqasi o‘tkazilib, tili bog‘lanadi. [2:132] Arqun — yovvoyi otdan qochgan xonaki baytal bolasi; u poygalarda eng chopqir ot bo‘ladi. [2:132] Ïqïlač — sho‘x uchqur ot. [2:157] Aranliγ ëw — otxonasi, og‘ilxonasi bor uy. [2:164] Ëtilgän — otlarda bo'ladigan bez kasalligi. U yorilib tuzaladi. Forscha xunom yoki xunnom deb ataladi. (Hozir bizda badnom yoki bandom kasalligi deb ham ataladi). [2:173] Ikändi — sarkashlandi, tirxishlik qildi, o‘jarlik qildi. At ikändi — ot bo‘ysunmadi, sarkashlik qildi. Boshqalarga ham bu so‘z qo‘llanadi.(ikänür,ikänmäk). [2:211] Atattï – ot bo’ldi. Taj atattï – toy ot bo’ldi, toy ulg’ayib otlar qatoriga o’tdi, ot hisoblandi. [2:214] Oqrašdï – kishnashdi. Jund qamuγ oqrašdi - [o’tni ko’rib] butun otlar podasi kishnashdi. ( oqrašur, oqrašmaq). [2:238] At uldïdï – ot taqasiz qoldi. Bu so’z boshqalarga ham qo’llanadi. (uldïr, uldïmaq). [2:271] Otladï – o’tladi. At otladï. Boshqa mollarga nisbatan ham bu so’z qo’llanadi. (otlar, otlamaq). [2:281] Atlandï – otga mindi. Ol at atlandï – u otga mindi. (atlanur, atlanmaq). [2:281] Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, “Devonu lug’otit turk” asarida nafaqat chorvachilikka, balki boshqa sohalarga ham oid bo’lgan sof turkiycha so’zlarni turli lahjalarda ishlatilish shakllarini ham uchratishimiz mumkin. Bu maqolada esa faqatgina bir soha doirasida ishlatilgan ayrim terminlargina berib o’tildi. Mahmud Koshg’ariy devonini yana boshqa turli mavzularda o’rganish va bu devon ustida ko’plab tadqiqotlar olib borish mumkin. Bu devon yuzasidan qancha 1 27 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODER
Доказательный фрагмент
«In this article, information was given about the explanation of some terms related to cattle breeding, which is one of the branches of cattle breeding, given in the work "Devonu lug'otit turk" by Mahmud Koshgari, the…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, information was given about the explanation of some terms related to cattle breeding, which is one of the branches of cattle breeding, given in the work "Devonu lug'otit turk" by Mahmud Koshgari, the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- "Devonu lug'otit turk", Mahmud Koshgari, Turkic peoples, Turkic tribes, тюркские племена, махмуд кошгари, Devonu lug'otit turk, turkiy xalqlar, turkiy qabilalar, “Devonu lug’otit turk”, Mahmud Koshg’ariy, тюркские народы, девону луг’отит турк»
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025