Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
КЛАССИФИКАЦИЯ АЛИШЕРА НАВОИ ОБРЯДОВЫХ ГЛАВ В ЭПОСАХ «САДДИ ИСКАНДАРИ» И «ЛИСОН УТ-ТАИР».
Abduvohidov Behruz · Ishquvvatov Mamarasul
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article provides information about the analysis of the chapters in the epics "Saddi Iskandariy" and "Lison ut-Tair" by Alisher Navoi, the sultan of the ghazal estate, which reflect the events of Miraj. Key words: Chapters of Me'rozhnoma, events of Me'rozhnoma, tamse, tashbeh, diagnosis. O‘z o‘rnida na’t boblarni vasf na’tlar va me’rojnoma na’tlarga bo‘lib o‘rgansak to‘g‘riroq bo’ladi. Me’rojnoma boblar shoirning falsafiy, axloqiy –ta’limiy va komil inson haqidagi qarashlarini ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Dostonlarni o‘rganar ekanmiz, me’rojga bag‘ishlangan boblar “Xamsa”ning beshala dostonida ham shuningdek, “Lison ut-tayr”dostonida ham borligiga guvoh bo‘lamiz. Ayni vaqtda bu boblar bir-biriga o‘xshamagan tarzda yaratilgan. Me’rojnoma boblari hajm jihatdan ham turlicha “Saddi Iskandariy”da 125 bayt va “Lison ut- tayr”da 53 baytdan iborat. "Saddi Iskandariy" Me’roj voqeasi tunda bo‘lib o‘tganligi hammamizga ma’lum.Navoiy Me’rojnoma boblarini tun tasviri bilan boshlaydi.“Saddi Iskandariy”dagi bobda keltirilgan birinchi baytda kechani, ya’ni me’roj voqeasi bo‘lib o‘tgan tunni koinot jamoliga chiroy qo‘shuvchi xolga o‘xshatadi. Keyin ruju’ san’atini qo‘llagan holda fikridan qaytib uni qop-qora, mushkin sochga qiyoslaydi: Demay xolkim, gesuyi mushkrez, Qilib ofaninish uza mushkbez. Bu yerda ishtiqoq san’atini qo‘llab sochning (tunning) ham qop-qora, ham xushbo‘y ekanligini ifodalayapti. Kecha ta’rifida davom etgan holda uning juda ajoyib va go‘zalligi, xush isliligi keltiriladi. 1 21 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kecha ta’rifidan so‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) tavsifiga o‘tiladi hamda o‘sha kecha Ummahoniyning uyida edi deb keltiriladi: Quyoshdek ulusdin nihoniy bo‘lub, Yeri hujrai ummahoniy bo‘lub. Me’roj haqidagi manbalarda Payg‘ambar (s.a.v.) o‘sha tunda Ka’baning Xotiym qismida yotganligi aytib o‘tiladi [4: 94-bet]. Yana ba’zi asarlarda ammasi – amakisi Abu Tolibning qizi Ummuhoniyning uyida edi deb keltiriladi [1:105-bet]. Shu ma’lumotlarga tayangan holda Navoiyning baytlarini Ummahoniy uyida edi tarzida tahlil qilishni ma’qul topdik. Keyingi baytlarda Jabroil (a.s.) va Buroq ta’rifi beriladi: Ki nogoh chaqildi bir tez barq Ki ofoqni qildi nur ichra g‘arq. Demay barqkim, toyiri barqsayr Qo‘lida bir ul nav’kim barqtayr. Buroqning o‘zagi “barq” (yashin), Navoiy shunga ishora qilib, uning tez yurarligini nazarda tutgan holda yuqoridagi baytlarni keltiradi.Quyidagi baytda esa tarse’ san’ati qo‘llanganligini ko‘ramiz: Anga Sidra koxi navogoh o‘lub, Munga ravza bog‘i charogoh o‘lub Diniy adabiyotlarda har kimning maqomi belgilab qo‘yilganligi va Buroqning Jannatdan chiqqan ot ekanligi aytib o‘tiladi. Jabroil (a.s.)ning maqomi Sidratul muntahoda ekanligi keltiriladi [4:93-95-bet].Navoiy bu baytda shunga ishora qilgan. Keyingi baytlarda Payg‘ambar (s.a.v.) ning Buroqqa minib yo‘lga tushganligi tasvirlangan baytlarni ko’ramiz. Yuqorida keltirgan “Ummahoniynikida edi” talqinimizga isbot tariqasida yana bir baytni keltirishimiz mumkin: Chu otlandi rokib, nechukkim daraxsh Burun surdi Baytul Haram uzra raxsh. Ya’ni rokib - Payg‘ambar (s.a.v.) avval Baytul haram masjidiga yo‘l oldi. Keyingi baytda esa masjidi Aqsoga borganligi va Arshi A’loga chiqqanligi keltiriladi: Yana po‘yada qo‘ydi Aqsog‘a yuz, Ne Aqsog‘a yuz, charxi a’log‘a yuz. Keyingi baytlarda falaklar va ularga tegishli sayyoralar tasviri beriladi: birinchi falakda Oy, ikkinchisida Utorud, uchinchisida Zuhra, to‘rtinchisida Quyosh, beshinchisida Bahrom (Mars), oltinchisida Mushtariy, yettinchisida Zuhal bilan uchrashadi. Ularning hammasi Payg‘ambar (s.a.v.) sharofatidan bahramand bo‘ladi.Navoiy sayyoralarning nima timsoli – homiysi ekanligiga ishora qilgan holda ajoyib tashbehlar qo‘llaydi. Masalan, san’atkorlar homiysi Zuhro uni ko‘rishi bilan udini yashirib qo‘yadi; Bahrom – jang-jadallar homiysi qon to‘kishni bas qiladi; Zuhal – baxtsizlik, omadsizlik timsoli uning sharofati bilan baxtli bo‘ladi. Undan so‘ng 12 ta burj bilan uchrashuv tasvirlanadi. Bu yerda ularning nomlari va belgilari vositasida go‘zal o‘xshatishlar keltirilgan. Bo‘lib qosh uchidin ishoratnamoy Berib qoba qavsayndin mujda yoy. Baytda Navoiy Payg‘ambar (s.a.v.) Me’roj kechasi erishgan “Qoba qavsayn” (ikki yoy oralig‘icha yaqin) darajasiga Qavs - Yoy burjining nomi yordamida ishora qilyapti. Yo‘li ustida Qubg‘akim suv sochib, 1 22 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Sochar vaqti suv yo‘qki inju sochib. Dalv – Qubg‘a (Qovg‘a) Payg‘ambar (s.a.v.) yo‘liga suv o‘rniga inju sochyapti deya tashxis san’atidan foydalangan. Arsh, Kursi va Lavh maqomlarini tasvirlar ekan, qalam haqida juda chiroyli bayt keltiradi: Qalamg‘a yetib maqdamidin kushod, Yozib chashmzaxmi uchun “in yakod”. Bu yerda “in yakod” ko‘z tegmasligi uchun o‘qiladigan duoning ilk jumlasi bo‘lib, “Qalam” surasining 51-52-oyatlari
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the analysis of the chapters in the epics "Saddi Iskandariy" and "Lison ut-Tair" by Alisher Navoi, the sultan of the ghazal estate, which reflect the events of Miraj.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the analysis of the chapters in the epics "Saddi Iskandariy" and "Lison ut-Tair" by Alisher Navoi, the sultan of the ghazal estate, which reflect the events of Miraj. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Chapters of Me'rozhnoma, events of Me'rozhnoma, tamse, tashbeh, diagnosis, me’rojnoma voqealari, события Межожномы, ташбех, диагностика, tashxis, Главы Межожномы, Me’rojnoma boblari, тамсе
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024