К содержанию
РецензированоRU2023

ЦЕЛИ И ЗАДАЧИ ИЗУЧЕНИЯ ТЕМЫ ЭЛЕКТРИЧЕСТВА В РАЗНЫХ СРЕДАХ

Tuksanova Zilola Izatulloyevna

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, the goals and tasks of studying the topic of electric current in various environments, as well as the experimental foundations of the electronic theory of electric current in metals and electric current in liquids are explained. Analysis and examples are used extensively throughout the article. Key words: electric current, microstructure of substances, element, physical foundations of electronics. Turli muhitlarda elektr toki moddalar mikrostrukturasi va klassik elektron nazariya elementlari tushunchalari asosida o‘rganiladi. Turli muhitlar elektr o‘tkazuvchanlik jarayonlarini o‘rganish o‘quvchilarni elektronikaning fizik asoslari ilmiy-texnik taraqqiyotning eng omilkor va istiqbolli yo‘nalishlaridan biri ekanligi bilan tanishtiradi. Biroq mavzuning mazmuni elektronikaning fizik asoslari bilan cheklanib qolmaydi, balki vakuumli diod, tranzistor kabi asboblarning tuzilishi va ishlashi ham qarab chiqiladi. Shu asboblarni o‘rganish o‘quvchilarni mikro jarayonlar texnikasida foydalanishga tayyorlaydi va o‘rganilayotgan mavzuning politexnik ahamiyatini belgilaydi. Nihoyat, har xil muhitlarda elektr tokini o‘rganish o‘quvchilarning fizika kursida o‘rganishi lozim bo‘lgan qator asboblar va qurilmalarning tuzilishi va ishlashini tushunish uchun asos soladi. Bunday asboblarga vakuumli fotoelement, rentgen trubkasi, elementar zarrachalar gazorazryad schyotchigi, to‘g‘rilagich, lampali radio-priyomnik, so‘nmas tebranishlar generatori, radiolokatsion qurilma va boshqalar tegishlidir. Turli muhitlarda elektr tokini o‘rganish asosida tok kuchining kuchlanishga bog‘lanishi (volt-amper xarakteristikasi) va muhitlarda 1 12 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ o‘tkazuvchanlik mexanizmini taqqoslashga asoslangan yagona metodik kontseptsiya (ta’limot) yotadi. Ta’lim metodlarini didaktik jihatdan asosan uch guruhga ajratish mumkin. Ular: ilmiy izlanish xulosa chiqarish va o‘qitish metodlaridir. Axborotlarning globallashuvi ta’lim jarayoni zichligini oshirishdagi asosiy omil hisoblanadi. Keyingi yillarda pedagogik texnologiya, modulli o‘qitish kabi terminlar tez-tez uchramoqdaki, bu metodlar tizimining mohiyatini anglashga undaydi. Pedagogik texnologiyada kafolatli ta’lim berilar ekan, unda yuqorida ta’kidlangan metodlarni yakka-yakka holda emas balki, bularni nomlarini qo‘llash kerak bo‘ladi. Ta’limda, metodlarni o‘zaro bog‘liq holda qo‘llash axborotlar zichligini kamaytirib asosiy tushunchalar sistemasini shakllantirish imkonini beradi. Pedagogik texnologiyaning asosini ilmiy izlanish, xulosa chiqarish va ta’lim metodlarini o‘zaro bog‘lovchi yaxlit ketma-ketlik tashkil etadi. Ta’lim tizimini qayta qurishning hozirgi bosqichida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, tizimli fikrlash faoliyatini shakllantirish, ijodiy yaratuv-chilik, faoliyat metodologiyasi masalalari alohida ahamiyat kasb etib bormoqda. Yarim o‘tkazuvchanlikka oid bilimlarni quyidagicha sistemalashtirish mumkin: Termorezestor Fotorezestor Yarim Yarim o’tkazgichni o’tkazgichni yoritilganlikka elektr o’tka- bog’liqligi zuvchanligi Yarim o’tkazgichlar Yarim Yarim o’tkazgichlarni o’tkazgichlar haroratga uchun tajriba bog’liqligi Tokni Spirtli Zanjirga ulash lampa ulash Turli muhitning o‘tkazuvchanlik mexanizmini o‘rganish o‘ziga xos qiyinchilikka ega. O‘quvchilarga zaryad tashuvchilarning o‘zini ham ular harakatning tabiatini ham ko‘rsatishning imkoni yo‘q. Bu qiyinchilikni o‘quv kinofilmlaridan to‘liq foydalanib yengish mumkin. Kinofilmlarda multiplikatsiya vositasi bilan turli muhitlarda zaryad tashuvchilarning tabiati shartli qilib ko‘rsatiladi. Bundan tashqari filmlarning barchasida bu qonuniyatlarga asoslangan ko‘pchilik asbob va qurilmalarning ishlatilishiga oid ko‘pgina misollar ko‘rsatilgan. Mavzuni o‘rganishda demonstratsion va laboratoriya tajribalariga keng asoslanishi kerak. 1 13 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Metallarda elektr toki elektron nazariyaning eksperimental asoslari. Mavzuning asosiy vazifasi o‘quvchilarni klassik elektron nazariya elementlari bilan tanishtirish va uning asosida zanjir qismi uchun Om qonunini (sifat jihatdan) tushuntirishdir. Shu mavzuda o‘ta o‘tkazuvchanlik kabi muhim hodisalar qaraladi, keyingi yillarda u faqat nazariy emas, balki amaliy qiziqishga ega bo‘lib qoldi. Metallarda zaryadlar tashuvchilar tabiatini Rikke, Mandelshtam-Papaleksi va Tolmen-Styuartlar klassik tajribalarda isbot qilishgani ma’lum. Metallarda tok modda ionlariga bog‘liq bo‘lmasligini aniqlovchi Rikke tajribasini tushuntirishda quyidagi aniq ma’lumotlarni keltirish foydali. Yaxshi jilvirlangan uchta silindr (mis, alyuminiy, mis) orqali bir yil mobaynida tok o‘tkazilgan. Bu vaqt davomida silindrlar orqali 3,5.106 Kl elektr o‘tgan. Tajribada tramvay tarmog‘ini ta’minlovchi tokdan foydalanilgan. Agar Rikke tajribasida tok ionlar ha

Доказательный фрагмент

«In this article, the goals and tasks of studying the topic of electric current in various environments, as well as the experimental foundations of the electronic theory of electric current in metals and electric curre…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the goals and tasks of studying the topic of electric current in various environments, as well as the experimental foundations of the electronic theory of electric current in metals and electric curre… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
electric current, microstructure of substances, element, physical foundations of, элемент, электрический ток, elektr toki, физические основы электроники, elektronikaning fizik asoslari, physical foundations of electronics, moddalar mikrostrukturasi, микроструктура вещества
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники