Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
В стате рассматриваются вопросы о необходимости развития прыжковой работаспособности у волейболистов в рамках соответствия её структуры координатсионному содержанию игровых навыков, выполняемых в прыжке. Определены методические подходы к совершенствованию
SHAKLLANTIRISH AFZALLIGI · Kdirova M.A. · O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi · СООТВЕТСТВУЮЩЕМ ТЕХНИЧЕСКИМ ПРИЕМАМ · (НА ПРИМЕРЕ ВОЛЕЙБОЛА)
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
The article discusses the issues of the need for the development of jumping performance in volleyball players within the framework of the correspondence of its structure to the coordinate content of the game skills performed in the jump. Methodological approaches to improving this ability using conjugate-situational game exercises are determined. Keywords: jump, jumping ability, jumping endurance, jumping ability, technical and tactical techniques, explosive force, jumping phases. Zamonaviy voleybolda sakrab ijro etiladigan o‘yin malakalarining samaradorligi sakrovchanlikva sakrash chidamkorligi bilan bevosita bog‘liq. Binobarin, yuqori mahoratli voleybolchilarni tayyorlash jarayonida sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyat kashf etadi. Ma’lumki, muqaddam voleybol o‘yinida hujum zarblari asosan vertikal sakrash orqali ijro etilib kelingan bo‘lsa, so‘nggi yillarda bu malakalarni himoya zonasidan amalga oshirilishi borgan sari kuchayib borayotganligi dioganal (balandga uzunlikka) yo‘nalishda sakrash qobiliyatini ham izchillik bilan shakllantirish zaruriyatini o‘rtaga tashlamoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, sakrab ijro etiladigan o‘yin malakalri (hujum zarbasi, to‘siq qo‘yish, uzatish, qabul qilish, to‘p kiritish) bir musobaqa uchrashuvi davomida 400-600 marotaba qaytarilishi mumkin. Sakrash hayotiy zarur harakat ko‘nikmalari tarkibiga mansub bo‘lib, insonning turmush tarzida muhim rol o‘ynaydi. Bolalarda sakrash ko‘nikmalari turli harakatli o‘yinlar davomida shakllanib boradi. Ushbu ko‘nikmaning hayotiy zarur ekanligi favqulodda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan havfli vaziyatlarni (biror-bir hayvon xujumidan qochib ariqdan sakrash yoki baland joyga sakrab chiqish va h.) bartaraf etish holatlari bilan izohlanadi. 2 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Agar sakrash ko‘nikmasining mantiqiy mohiyati va amaliy ahamiyati yanada chuqurroq hamda kengroq talqin etiladigan bo‘lsa, unda sakrash-bu nafaqat insonning turmush jarayonida, harbiy xizmatda yoki favqulodli vaziyatlarda amalga oshiriladigan xayotiy zarur harakatdir, balki bir qator sport turlarida (sport o‘yinlari, yengil atletika, gimnastika va h.) hal qiluvchi ahamiyatga loyiq harakat ko‘nikmasidir. Ushbu malaka sakrab ijro etiladigan har bir sport turida qo‘llaniladigan texnik usullar xususiyatiga qarab, xatto bir sport turida, masalan voleybolda-zarba turlari, zarba berish zonalari, to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish, to‘p kiritish va o‘yinda yuzaga kelgan taktik vaziyat talabalariga muvofiq koordinatsion, biomexanik va aerodinamik jihatlar bilan keskin farqlanadi (1,2,3,4,6,8). Sakrash ko‘nikmalarining tarkibiy tuzilishidan yoki yugurib kelib, bir yoki ikki oyoq bilan debsinish asosida tayanch holatdan notayanch holatga o‘tib vertikal yoki dioganal-yoysimon yo‘nalishda “uchib”, yana tayanch holatga qo‘nish fazalari bilan izohlanadi. Tayanch holatdan “uchib” yana tayanch holatga qo‘nish vaqti qanchalik uzoq bo‘lsa, shunchalik sakrash balandligi yoki uzunligi ko‘p bo‘ladi. Aksariyat murabbiylar sakrash balandligi yoki sakrash uzunligini odatda oyoqlarning portlovchi kuchiga bog‘lashadi. Ammo ular sakrashning bunday natijalarini tana, gavda va qo‘llarning aerodinamik harakati yoki boshqacha qilib aytganda tana, gavda va qo‘llarning keskin- faol yoysimon harakati ta’sirida yuzaga keluvchi inersion-reaktiv kuch omiliga e’tibor qaratishmaydi. Aynan ana shu inersion-reaktiv kuch oyoqlarning portlovchi kuchi bilan bir qatorda sakrash balandligi yoki uzunligini ta’minlaydi. Ma’lumki, balandga yoki uzunlikka sakrash qobiliyati sakrovchanlik deb qabul qilingan. Sakrovchanlik – bu joydan yoki yugurib kelib, oyoqlarni optimal burchakda bukib, ya’ni tananing umumiy og‘irlik markazini pastroq tushirib, bir yoki ikki oyoq bilan depsinish asosida gavda va qo‘llarning faol yoysimon inersion harakati evaziga maksimal balandga yoki uzunlikka sakrash qobiliyatini anglatadi. Bunday sakrash qobiliyatini uzoq muddat davomida koordinatsion “nusxasini” saqlagan holda ko‘p martalab takrorlay olish imkoniyati sakrash chidamkorligi deb yuritiladi. Sakrash ko‘nikmasi, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi voleybolda ijro etiladigan aksariyat o‘yin usullarining (zarba berish, to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish, to‘p kiritish) samaradorligini ta’minlovchi poydevor omil sifatida ko‘plab tadqiqotlarda o‘z yechimini topgan, ularni shakllantirish uslublari va vositalari muvofiq darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalarida ochib berilgan. Shu bilan bir qatorda mazkur harakat sifatlari voleybolchining o‘yin ixtisosligi (ampluasi), zarba berish usullari, zonalari, to‘siq qo‘yish va to‘p kiritish kabi texnik-taktik usullar xususiyatiga qarab tabaqalashtirilgan yondoshuv asosida deyarli o‘rganilmagan. Qayd etilgan har bir o‘yin malakasi (texnik-taktik malaka) o‘z navbatida bir necha usullardan iborat bo‘lib, ularni ijro etish zonasiga qarab sakrash koordinatsiyasi, bio
Доказательный фрагмент
«The article discusses the issues of the need for the development of jumping performance in volleyball players within the framework of the correspondence of its structure to the coordinate content of the game skills pe…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses the issues of the need for the development of jumping performance in volleyball players within the framework of the correspondence of its structure to the coordinate content of the game skills pe… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jump, jumping ability, jumping endurance, jumping ability, technical and tactical, jumping phases, прыжковая выносливост, technical and tactical techniques, sakrash fazalari, texnik-taktik usullar, portlovchi kuch, фазы прыжка, sakrovchanlik, sakrash chidamkorligi, технико-тактические приемы, прыжковая способност, sakrash, взрывная сила, sakrash qobiliyati, прыжок, прыгучест, explosive force
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024