К содержанию
РецензированоRU2023

«ШУКУР ХОЛМИРЗАЕВ — ИСКУСНЫЙ РАССКАЗЧИК»

Nomonova Oqibat

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, information about Shukur Kholmirzayev's work, his works, stories, and his creative heritage were discussed. Keywords: Creativity, story, writer, idea, feeling, literary, contemporary. Shukur Xolmirzayev ijodi hozirgi zamon o‘zbek adabiyotining yorqin va mazmundor sahifalaridan birini tashkil etadi. Ko‘p qirrali iste’dod sohibi Sh.Xolmirzayev adabiyotning turli janrlarida rang-barang hikoyalari, publitsistik maqolalari, tarixiy esselari, realistik qissalari-yu ajoyib romanlari bilan adabiyotimiz tarixida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Sh.Xolmirzayev yozuvchilar orasidan birinchilardan bo‘lib o‘zbek xalqi tarixining ,,bosmachilik harakati’’ deb atalgan davrini o‘rgana boshladi. Ijodkor faoliyati haqida o‘zbek adabiyotshunoslari turli fikrlar bildirgan. Jumladan, tanqidchi Umarali Normatov, Zaminda yashaymiz, zaminni o‘ylaymiz’’ maqolasida Sh.Xolmirzayev hikoyalariga xos mazkur xususiyat haqida shunday deydi: ,,Inson va tabiat munosabati Sh.Xolmirzayev hikoyalarining yetakchi leymotiviga aylanib qoldi. Shunisi xarakterliki, yozuvchining so‘nggi yillarda yaratgan deyarli barcha hikoyalari shu mavzu doirasida atrofida aylansa-da, ular bir-birini takrorlanamaydi, har gal muallif masalining yangi qirrasini kashf etadi, yangi xarakter yaratadi, xarakter qalbining yangi tomonini ochadi….’’Adibning 1958- yili Q.Qulniyozov Boysun tuman gazetasida ,,Xatarli so‘qmoqda’’ nomli birinchi hikoyasi bosilib chiqadi. Adib asarlarining g’oyalari bir-birini to’ldirib boradi, tasvirlangan qahramonlar harakatidan, tabiatidan chiqarilgan xulosalar bir-birini yanada boyitadi, milliy ozligimizning turli qirralarini alohida xarakterlar orqali tasvirlab, xalq qiyofasidagi yaxlit qiyofaning turli jihatlarini ochib beradi. Yozuvchi asarlari tasvirida tirikchilik qiyinchiliklari bilangina o’ralashib qolmaydi, ma’naviyat masalalariga ham alohida e’tiborni qaratadi. Zamon talotumlari ma’naviyatimiz mustahkamligi va mustaqilligida jiddiy salbiy iz qoldirayotganiga ishora qiladi. Bunga, bir jihatdan, avvalambor, jamiyat norasoliklari sabab, qolaversa, ikkinchi jihatdan, bu hol ko’proq irodasi sust kishilarda namoyon bo`lmoqda. Irodasi mustahkam kishilarning esa irodasin sinovdan, chig’iriqdan o’tkazib, ma’naviyatini yanada mustahkamlamoqda, zamon yangiliklari tasirida yanada boyitmoqda. Mustaqillik davri kishisi qalbida, dunyoqarashida ro’y berayotgan 1 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ o’zgarishlarni, bazan iqtisodiy sharoitlarning shaxslararo va jamiyat bilan munosabatlarga korsatayotgan tasirini, bir soz bilan aytganda, yangilanayotgan tabiatli zamondosh, yurtdosh sajiyasini, siymosini korsatish bu yo’ldagi qiyinchiliklarni, ziddiyatlarni, yo’qotish va topishlarni aks ettirish adabiyotimiz oldidagi muhim vazifalardan sanaladi. Shukur Xolmirzayevning ba’zi romanlari mana shu muammoga bag’ishlangan. Shukur Xolmirzayevning “Qil ko’prik”, “So’nggi bekat”, ‘‘Yo’lovchi’’, ‘‘Olabo’ji’’, ‘’Dinozavr’’ romanlari turli mavzu va muammolarga bag’ishlangan. ‘So’nggi bekat’ adibning roman janridagi dastlabki tajribasi bo’lishiga qaramay, sho’ro davrining so’nggi bosqichidagi kamchiliklarni zamondoshlar qiyofasidagi Zorasoliklarni keskin fosh etishi bilan ajralib turadi. ‘Bekat’ xojaligida yashab, mehnat qilayotgan turli toifadagi kishilar xarakteri, harakati misolida adib, umuman, jamiyatni qattiq qoraladi. Bu, mohiyat e’tibori bilan, mazkur davr jamiyatning umuman so’nggi bekati bolsa nima qilarkin, degan badiiy fikrga go’yo ishoradek bolgan. Taxminan, o’n besh yil o’tgach bu badiiy ‘karomat’ o’zining tasdig’ini topgan. 1987-yil adib ‘Yolovchi’ romanini yaratgan. Ayniqsa, shakli, kompo’zitsiyasi jihatdan yangicha izlanishlari mol bolgan bu asar ko’proq monolog va dialoglar asosiga qurilgan. Yozuvchi qahramonlari xarakterini, asosan, shu yo’sinda ochishga harakat qiladi. Oliy ma’lumotli bolish yaxshi. Lekin shunchaki, bilimsiz, jamiyatga nafi tegmaydigan, o’zini o’ylashdan nariga otmaydigan xudbin oliy ma’lumotlining nima keragi bor? Undan ko’ra noilojlik tufayli nainki oliy malumot, balki, hatto, to’liq o’rta ma’lumot ham ololmay qolgan, biroq mehnatsevar, halol, el va yurtga qayishuvchi, do`stga sadoqatli kishi ko‘p bor afzal emasmi? Sh.Xolmirzaev asarlarida xususan mustaqillik davrida yaratgan asarlarida halqimiz tarixi va taqdiri masalalarini aniq va yorqin aks ettirib berdi. Bu masalalar adibning mustaqillikdan oldingi asarlarida ham o`z aksini topgan edi, lekin u davrdagi tasvir, ifoda yo`lini tabiyki, ma`lum qoliplar ostida edi. Mazkur muammolar xususida Prezidentimiz ham o`z asarlarida shunday yozadi: «...noinsoniy g`oya xukmron bo`lgan mustabid tuzum o`zining boy mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun moarif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg`ularini qo`pol ravishda kamsitar, tarixiy haqiqatni buzib ko`rsatar edi. O`z ona tilini, milliy an`ana va madaniyatini

Доказательный фрагмент

«In this article, information about Shukur Kholmirzayev's work, his works, stories, and his creative heritage were discussed.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, information about Shukur Kholmirzayev's work, his works, stories, and his creative heritage were discussed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Creativity, story, writer, idea, feeling, literary, contemporary, , tuyg’u, g’oya, yozuvchi, рассказ, zamonaviy, чувство, идея, писатель, Ijodkorlik, литературный, современник, Творчество, hikoya, adabiy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники