К содержанию
РецензированоRU2023

СТАНЦИЯ МЫШЛЕНИЯ

TAFAKKUR BEKATI · Ilhomova E’zoza · Alisher Navoiy nomidagi TDO’TAU talabasi · СТАНЦИЯ МЫШЛЕНИЯ

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

T.We can compare the so-called “Game of butterflies” of Rustamov to the kingdom, the basis of which is built on oppression. In it, individuals such as the Dragon-director, The Snake-master, apply to any abyss that does not have a check to establish their own rules. A society structured by fear and deception can be mengzash for the life of a butterfly. In the work, on the example of life in a place called Bakahovuz,such issues as the realities of the last century, the tobogganings in the spirit of humanity, the value of the human being within society are described. Keywords: trolleybus,” Game of butterflies", energetic, image expression in emotions. Ushbu maqolani “Tafakkur bekati” deb nomlanganligi asarda qo’llangan ramziy qiyofadagi trolleybus orqali bir necha bekatlarga sayohat qilish bilan birga tafakkur charxpalagini aylantirish imkoniyatini beradi.To’xtamurod Rustamning “Kapalaklar o’yini” romanini o’qir ekanmiz, asardagi zamon va makonning o’zgacha ifodalanganligini ko’rishimiz mumkin. Bir voqeaning tasodifan boshqa bir holatga o’tishi adib uslubining o’ziga xosligidir. “Kapalaklar o’yini” romanining nega aynan bu nom bilan atalganligi o’quvchida qiziqish uyg’otadi. Jamiyatdagi asli oshkor qilinmas o’yinlar ramzimi?! Yoki ularning “tartib qoidalariga ” amal qilinmagan holatdagi o’yinlarmi?! Asar qahramonlari Badal Armon, Shoshiy kabi kamyob insonlarning boshqalardek kimgadir ergashib emas, ulardan farq qilishi sababli unib o’sgan boshoqdek uzib olinish holatini asar qahramoni Sardorga qilingan tuhmat orqali ko’rish mumkin . Zulm bilan qurilgan jamiyatdagi har qanday o’yinlarning kapalak umridek qisqaligiga ishoradir,balki.. Asarda bosh qahramon sifatida qaralgan Badal Armon o’zini o’rab turgan biqiq muhitga qarshi. Alber Kamyuning “Begona”asaridagi Merso o’z dunyoqarashi, tabiatiga xos ravishda o’zi 1 75 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ jamiyatdan ajralgan bo’lsa, bizning qahramonimiz Badal Armon boshqalardan farqliligi,fojiaviy girdobda boshqalardek yashashga ko’nikishni xohlamaganligi uchun jamiyatdan ajratilgan inson siymosidir. Asardagi Baqahovuzga e’tibor qaratar ekanmiz, uning beparvolik ramzi ekanligini ko’rish mumkin. Davr ijtimoiy muhitiga ko’z yumgan beparvolar ramzi. Murod Muhammad Do’stning “Galatepaga qaytish” asarida Galatepa G’aybarovni o’zligini anglashga yordam berganligi, qahramonning Galatepaga kelish istagi ifodalansa, Baqahovuzdan ketish tasviri ushbu toponimning Galatepadan ancha ortdaligini, ma’nan siqiq “o’lka” ekanini ko’rsatadi. Adib qahramonlarning atrofga munosabatini ifodalar ekan, ularning harakatlari orqali ichki norozilikning faqatgina Badal Armon emas, Shoshiy, Suvon Abdal yoki birgina o’rinda berilgan Hayratiy obrazlari uchun ham xosligini ko’rish mumkin. To’xtamurod Rustam ba’zi qahramonlarning tashqi ko’rinishini tasvirlasa, ba’zilarning ichki hissiyotlari orqali obrazning qiyofasini ko’z o’ngimizda gavdalantirishga intiladi. Mardikor yigitni olaylik, uning tashqi ko’rinishi: ”bukchaygan miqti gavdasi, chuvrindi ust boshi ko’ksiga mahkam yopib siqib olgan to’rvasi..” shu orqali obraz tashqi ko’rinishi ifodalangan. Lekin asarda Tosh tog’aning portreti uchramaydi. Uning har bir vaziyatdagi hissiyotlar tasviri obrazni gavdalantiradi. Uning orzulari haqida gapirilganda: ”Uning orzu-havasi qachonlardir bo’lgan bo’libgina qolmay xayolida mavj urib to’lib toshganiga ham ayni chog’da ishonmoq qiyin..”. 1 Mardikor yigit va qizi qochib ketgan holatdagi:”Tosh tog’a achchiq yutundi.Tosh toganing tomog’ini baayni shisha tilib o’tdi.Oyoqlari o’ziga bo’ysunmas, aqli ham o’ziniki emasdek tuyulardi. Gandiraklagan ko’yi dam yurib, dam to’xtab ,telba yanglig’ hovlida uzoq tentirab, nihoyat u ko’zlagan yeriga yetdi”,-degan tasvir qahramonning qiyofasini yaqqol shakllantiradi. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, garchi asarni o'qish jarayonida badiiy tahlil olamimizni chiniqtiruvchi qator “imtihon”larga duch kelsak ham,uni o'qish davomida erkinlikka erishish yo'lida sarguzashtlarni boshidan kechirgan qahramonlar taqdiri, kechmishi ruhda katarsis paydo qiladi. Insonning erkinllikka erishish yo’lida bir necha sinovlarda toblanishi va ezgu niyat orqali so’lim go’sha tomon dadil qadam tashlashiga guvoh bo’lamiz.

Доказательный фрагмент

«T.We can compare the so-called “Game of butterflies” of Rustamov to the kingdom, the basis of which is built on oppression.»

Образец извлечения

Демо-превью

T.We can compare the so-called “Game of butterflies” of Rustamov to the kingdom, the basis of which is built on oppression. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
trolleybus, ” Game of butterflies", energetic, image expression in emotions, игра бабочек, Baqahovuz, лягушка, Game of butterflies, тележка, Kapalaklar o’yini, выражение образа в эмоциях, hissiyotlardagi tasvir ifodasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники