К содержанию
РецензированоUZ2026

Muhandislik grafikasi fanlarida axborot-ta’lim muhitining tuzilishi va bugungi kundagi mavjud holati

MUHANDISLIK GRAFIKASI · XASANOVA M.N. · FANLARIDA AXBOROT- · TA’LIM MUHITINING · TUZILISHI VA BUGUNGI (https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp200-203) · KUNDAGI MAVJUD HOLATI (https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp200-203)

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 200-203 · 2026

Аннотация

chizmalarsiz fan va texnika taraqqiyotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Arxitektor va muhandislar ijodiy fikrlarini faqat chizmalar yordamida to‘liq bayon eta oladilar. Chizmalar asosida barcha muhandislik inshootlari quriladi, mashinalar, mashina qismlari, tibbiyot asboblari va hokazolar ishlab chiqariladi. Biz sizlarga taqdim etayotgan maqolada Muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda zamonaviy axborot ta’lim muhitini tashkil etuvchi metodik ta’minoti haqida, o‘qituvchilarning fanga oid masalalarni yechishda, grafik savodxonligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalari va o‘qituvchilarimizning ya’nada chuqur bilimga ega bo‘lishlari borasida tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: muhandislik grafikasi, chizmachilik, chizma geometriya, topografiya, axborot-texnologiyalar, ta’lim, metod turlari, didaktika, elektron ta’lim muhiti, IT raqamli texnologiyalar, pedagog, dastur, ko‘nikma, malaka. Jahonda xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlatlar tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha yangi ta’lim konsepsiyasida “Ta’lim – taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlarga yetkazuvchi muhim faoliyat”, deb e’tirof qilingan1. Sifatli ta’lim berish, o‘rganuvchi va talabalarning malaka hamda qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish, elektron axborot-ta’lim resurslarini yaratish, ta’lim jarayonini modellashtirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Dunyo ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib, fanlarning metodik ta’minotini takomillashtirish, talabalarning kasbiy bilimalarini shakllantirish va rivojlantirish, mashg‘ulotlarda multimedia, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng ko‘lamda va ommaviy foydalanish masalalari tadqiq qilinmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, iqtisodiyotni axborot- kommunikatsiya texnologiyalari yordamida rivojlantirish, IT raqamli texnologiyalardan foydalanish, boshqaruv jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish, faoliyat sohalari bo‘yicha talabalarga innovatsion bilim berish, kasbiy ko‘nikma va malakalarni doimiy takomillashtirib borish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. 1 Incheon Declaration / Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for all. –p.4-5. http://unesdoc.unesco.org/images/0023/002338/233813m.pdf. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 200 Respublikamizda ta’lim jarayonini rivojlantirish maqsadida rivojlangan davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari filiallari, qo‘shma fakultetlar, qo‘shma ta’lim markazlari tashkil qilinmoqda, ularning moddiy-texnik bazasi yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash siyosatini davom ettirish” ustuvor vazifa sifatida belgilangan1. Bu borada talabalarning kasbiy kompetentligini oshirish, kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishi mamlakatimizda ta’limning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashga zamin yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarori, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda maqolam muayyan darajada xizmat qiladi degan umiddaman. Muhandislik grafikasi fanlarida axborot-ta’lim muhitining tuzilishiga hissa qo‘shgan olimlar S.S.Saydaliyev, A.K.Xamraqulov, E.I.Ro‘ziyev, Sh.D.Dilshodbekov, A.B.Tajibayev, B.M.Surobov va boshqalarning tadqiqot ishlarida o‘z aksini topgan. Hozirgi kunda hayotimizning har qaysi jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalarni ko‘rishimiz mumkin. Aynan shu axborot texnologiyalari zamonaviy talim rivojiga juda katta hissa qo‘shib kelmoqda. Insonlar komputerlardan Internet tarmog‘ida ishlashda, ta’lim olish jarayonida, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, korxona ishlarini avtomatlashtirishda, multimedia ilovalarini yaratishda va hokazolarda foydalanadilar. Izlanishlarim shuni ko‘rsatdiki, muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda ham bir qancha muammolarga hali hanuz to‘liq yechim topilgani yo‘q. Masalan: 1. Muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda zamonaviy axborot ta’lim muhitini tashkil etuvchi metodik ta’minotning mavjud emasligi, o‘qi

Доказательный фрагмент

«chizmalarsiz fan va texnika taraqqiyotini tasavvur qilib bo‘lmaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

chizmalarsiz fan va texnika taraqqiyotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
мастерство, digital IT technologies, education, электронная среда обучения, qualification, elektron ta’lim muhiti, топография, черчение, pedagog, pedagogue, чертежная геометрия, engineering graphics, образование, types of methods, виды методов, geometriya, program, chizmachilik, дидактика, topography, программа, drawing geometry, dastur, malaka, muhandislik grafikasi, педагог, IT raqamli texnologiyalar, electronic learning environment, chizma, информационные технологии, information technologies, topografiya, ko‘nikma, ta’lim, didactics, цифровые ИТ технологии, axborot-texnologiyalar, skill, drawing, инженерная графика, квалификация, didaktika, metod turlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники