К содержанию
РецензированоUZ2026

Imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitishda texnologiya fanining dolzarbligi

IMKONIYATI USMONOVA MUXLISAXON · TEXNOLOGIYA FANINING (BOLALARNI O‘QITISHDA instituti, Qo‘qon, O‘zbekiston)

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 183-186 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitishda tex- nologiya fanining dolzarbligi aniqlandi, Texnologiya darslarida o‘quvchilarning xotirasini, nutqini, diqqatini, tafakkurini, dunyoqarashini rivojlantirish uchun amaliy mashg’ulotlar muhimligi ma’lum bo‘ldi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning shaxsiy bilim faollik darajasi yetarli emas va uni oshirish uchun o‘qituvchi ta’lim faoliyatini faollashtirishga yordam beradigan vositalardan foydalanishi kerakligi ma’lum bo‘ldi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning motivatsiyasi bo‘yicha o‘tka- zilgan tadqiqotlar qiziqarli ma’lumotlarni aniqladi. Ma’’lum bo‘lishicha, muvaffaqi- yatli o‘qish uchun motivatsiyaning qiymati o‘quvchining aql-zakovatidan yuqoriro- qdir. O‘quvchining qobiliyatlari yetarli darajada yuqori bo‘lmagan taqdirda yuqori ijobiy motivatsiya kompensatsiya qiluvchi omil rolini o‘ynashi mumkin, ammo bu tamoyil teskari yo‘nalishda ishlamaydi - hech qanday qobiliyat o‘quv motivining yo‘qligini yoki uning past jiddiyligini qoplay olmaydi va muhim akademik ta’sirni ta’minlay olmasligi tavsiflandi hamda imkoniyati cheklangan bolalarga texnologi- ya fanini o‘qitish jarayonida ta’limning, pedagogik va axborot-kommunikatsiya tex- nologiyalaridan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilishning muhim ahamiyatlari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: Inklyuziv ta’lim, tarbiya, xotira, nutq, murakkab konstruksiya. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimida amalga oshirilayot- gan o‘zgarishlar, shu jumladan inklyuziv ta’limni rivojlantirish, ta’lim olishda teng huquqlilik imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun maxsus maktab internatlarida ta’lim olish imkoniyatini kafolatlaydi. Bu bugungi kunda bolaga imkon qadar ko‘proq bilim berish emas, balki uning umumiy madaniy, shaxsiy va kognitiv rivojlanishini ta’minlash, uni bunday muhim ko‘nikma bilan qurollantirish muhimligi sababli dol- zarbdir. Hozirgi vaqtda, zamonaviy amaliyotda maxsus maktab internatlarida tex- nologiya fanini o‘qitish jarayoniga inklyuzivlikni joriy etish bo‘yicha ma’lum ijobiy tajriba mavjud. Imkoniyati cheklangan bolalar Texnologiya fanini bilish orqali, biror bir hunarni o‘rganishga, mustaqil bo‘lishiga va tengdoshlari bilan muloqot qilishda qiyinchiliklarga duch kelmasligiga yordam beradi. Buning yordamida inklyuziv ta’limning asosiy vazifasi – imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiylashtirish amal- ga oshirilmoqda. Bu shuni anglatadiki, ular hayotda o‘z o‘rnini topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, lekin faqat o‘zlarining rivojlanish darajasida. Shunday qilib, imkoni- STARS International University 183 yati cheklangan bolalar uchun texnologiya fanini o‘orgatishning maqsadi rivojlant- irishdir. Texnologiya darslarida o‘quvchilarning xotirasini, nutqini, diqqatini, tafak- kurini, dunyoqarashini rivojlantirish zarur. Murakkab konstruksiya va kelishishlarni bunday o‘quvchilar to‘liq o‘zlashtira olmasligi mumkin, chunki ularda aqliy rivojlan- ish darajasi past. Ba’zan siz ushbu konstruktsiyalarni kiritishingiz mumkin, lekin faqat tanishish uchun. Integratsiyalashgan sinfda darslarni rejalashtirishda an’anav- iy darslarga qo‘shimcha ravishda: ta’lim, tarbiya va rivojlanish, shuningdek, tuzatish maqsadi ham mavjud. Psixologlarning ta’kidlashicha, agar siz aqli zaif bolalarni diqqat bilan o‘rganib to‘g’ri ta’lim bersangiz, ular moslashishga va zamonaviy jami- yatning uyg‘un qismiga aylanishga qodir. Shu bilan birga, imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tashkil etish hozirgi zamon talablariga to‘liq javob beradi. Imkoniyati cheklangan bolalarning asosiy toifalariga quyidagilar kiradi: 1. Eshitish qobiliyati buzilgan bolalar (kar, zaif eshitish, kech karlik); 2. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (ko‘r, zaif ko‘rish); 3. Nutq buzilishi bo‘lgan bolalar (logopatlar); 4. Tayanch-harakat apparati faoliyati buzilgan bolalar; 5. Aqli zaif bolalar; 6. Xulq-at- vori va muloqoti buzilgan bolalar; 7. Psixofizik rivojlanishining murakkab buzilish- lari bo‘lgan, murakkab nuqsonlar deb ataladigan bolalar (ko‘r-kar, kar yoki aqli zaif bolalar). Imkoniyati cheklangan bolalarni hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun albatta ular biror bir hunarni bilishi kerak. Zamonaviy dunyoda hayot internetsiz (aloqa, ish) mumkin emas va bu sohada to‘liq huquqli faoliyat uchun kompyuter texnologi- yalarini bilish kerak. Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida Texnologi- ya fanini o‘rgatishning asosiy va yetakchi maqsadi - bu butun ta’lim jarayonini bel- gilaydigan kommunikativ maqsad. Hozirda imkoniyati cheklangan bolalarni normal rivojlanayotgan o‘quvchilar bilan teng ravishda o‘qitish tajribasi faol shakllantirilm- oqda. Ushbu turdagi ta’lim amaliyoti har bir o‘quvchining individualligini qabul qil- ish g‘oyasiga asoslanadi, shuning uchun jarayon nogiron bolaning ehtiyojlarini qondiradigan tarzda tashkil etilishi kerak. Shu bois mazkur ishning maqsadi jis

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitishda tex- nologiya fanining dolzarbligi aniqlandi, Texnologiya darslarida o‘quvchilarning xotirasini, nutqini, diqqatini, tafakkurini, dunyoqarashini rivojlantirish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitishda tex- nologiya fanining dolzarbligi aniqlandi, Texnologiya darslarida o‘quvchilarning xotirasini, nutqini, diqqatini, tafakkurini, dunyoqarashini rivojlantirish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, upbringing, complex construction, речь, nutq, speech, воспитание, Инклюзивное образование, Inklyuziv ta’lim, xotira, murakkab konstruksiya, сложное построение, memory, память, Inclusive education
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники