Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishning pedagogik- psixologik asoslari
KICHIK MAKTAB · XUSANOVA GULRUXSOR · TO‘QIN QIZI · Farg‘ona davlat · SO‘Z BOYLIGINI gulruxsorxusanova@gmail.com · PSIXOLOGIK ASOSLARI
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 232-235 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada erta yoshli bolalar so‘z boyligini oshirishning ahamiyati, kichik yoshdagi bolalarga so‘zlarni tushunishni o‘rgatish usullari, kichik maktab yoshidagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda o’qituvchi va ota- onalarning roli, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish yo‘llari va uning pedagogik-psixologik asoslari o‘rganilgan . Kalit so‘zlar: ziddiyat tushunchasi, zid ma’noli so’zlar, til birliklari, antonimlar, matn, o‘quvchi nutqi, ong, so‘z ,so‘z boyligi, lug‘at, nutq, tafakkur, ma’noli so‘zlar, til birliklari. Kichik maktab yoshidagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi, barkamol avlod bo’lib yetishishida ularning nutqi boy va benuqson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bolaning nutqi bilan birga, tafakkuri, dunyoqarashi ham shakllanadi, rivojlanadi. Bolalar nutqining rivojlanish jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri shakllantirilsa, yetarli sharoit va muhit yaratilsa, bolaning har tomonlama yetuk bo‘lib o‘sishiga zamin hozirlanadi. Bolaning ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashuv jarayonida, tafakkurining o‘sishida uning nutqi juda muhim rol o‘ynaydi. Nutqi ravon, so‘z boyligi ko’p bolalarda yoshligidayoq mustaqil fikrlash, o‘z jamoasida fikrini himoya qila olish, mulohaza yuritish qobiliyati shakllansa, nutqida kamchiligi bo‘lgan yoki so‘z zaxirasi oz bolalarda, tortinchoqlik, fikrini erkin bayon qila olmaslik kabi sifatlar rivojlanadi va bu yaqqol namoyon bo’ladi. Bolalar nutqi ijtimoiy hodisa sifatida kattalar nutqi asosida rivojlanadi, bu tabiiy hodisa. Bola rivojlanishiga irsiyat, tashqi muhit bevosita ta’sir o’tkazadi. Tabiiyki, kichik maktab yoshdagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda o’qituvchi va ota-onalarning roli benihoya kattadir. Va shu o’rinda ta’lim jarayonida o’qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlar ta’lim sifatiga va shu bilan birga, bola tarbiyasiga juda katta ta’sir etishini ta’kidlash o’rinli, deb bilamanki, zero, ta’lim va tarbiyada ikki tomonlama hamkorlik rivojlanishning va yetuklik sari qo’yilgan qadamning debochasi sanaladi. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 232 Til - tafakkur quroli va muomala vositasi. So‘zlarni tushunishni o‘rgatishda bolalarga nafaqat ular qarab turgan narsalarning va ularning o‘zlari bajarayotgan harakatlarning nomini aytish, balki bolalarga ushbu narsalarni ataylab ko‘rsatish va ularni qiziqtirish zarur. Bu usul «ko‘rsatib, nomini aytish» usuli deb ataladi. Ko‘pincha, bolani biron-bir narsa nomini tushunishga undashda katta yoshli odam undan so‘raydi: «Falon narsa qayerda?», biroq biz uni amaliy ish bilan mustahkamlamasak, ya’ni «ko‘rsatib, nomini aytmasak», bola narsa bilan uning nomi o‘rtasidagi bizga zarur bo‘lgan shartli aloqani o‘rnata olmaydi, o‘z-o‘zidan u ushbu so‘zning ma’nosini tushunmaydi. «Falon narsa qayerda?» degan savol bilan bolada u tushuna oladigan so‘zlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin. Masalan, «soat» deganimizda, bola ko‘zlari bilan soatni izlay boshlasa, undan soat qayerdaligini tez-tez so‘rab turish lozim. Biroq bu o‘rinda savol emas, aynan soatni ko‘rib va eshitib qabul qilish vaqtlarining bir-biriga mos kelishi birlamchi ahamiyatga egadir. Ammo katta yoshli odamning faqatgina ushbu usul mohiyatini tushunishi hali yetarli emas. Uni turli hayotiy vaziyatlarda bolaga qiziqarli qilib qo‘llashni ham o‘rganish zarur: bunda katta yoshli odamning nutqi birmuncha o‘ziga xos bo‘ladi. Katta yoshli odam bola bilan suhbatlashar ekan, u bolani tushunishga undayotgan so‘zni hadeb bir xil ohangda qaytaravermasdan iboralarni ham aytishi lozim. Ko‘rsatilayotgan narsa bilan bog‘lanishi lozim bo‘lgan so‘zni alohida ohang, so‘zdan oldin va so‘zdan keyin qisqa, biroq ahamiyatli bo‘lgan pauzalardan foydalanish, uni ko‘p marta talaffuz qilish lozim. Ushbu usuldan («ko‘rsatib, nomini aytish») foydalangan holda katta yoshli odam bolaga ayrim o‘yinchoqlar, shaxsiy gigiyenaga oid narsalar, ovqat yeyish bilan bog‘lik buyumlar nomlarini tushunishni o‘rgatishi darkor. Bolaga ko‘rsatilayotgan narsa qanchalik qiziqarli bo‘lsa, u narsalar bilan shunchalik keng va ko‘p tanishishi (qo‘l tegizishi, ushlab ko‘rishi, qo‘lga olishi, qimirlatishi, biron narsaga urib ko‘rishi, agarda taom bo‘lsa, ta’mini ko‘rishi) mumkin. Ma’lumki, bola, asosan, 5—7 yoshgacha bo‘lgan davrda katta tezlikda so‘z zaxirasini to‘ldiradi. Atrof-muhitni o‘rganadi, tevarakka mustaqil nazar tashlaydi, ongida olamning lisoniy manzarasi chiziladi. Yaratilayotgan lug‘atlar ana shu fiziologik, psixologik, intellektual jihatdan faol yoshida bolaga munosib ko‘makchi bo‘la oladi. To‘g‘ri, bu yoshdagi bolalarning barchasi ham lug‘atni birdek mustaqil o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, ammo tarbiyachilar, ota-onalar ko‘magida rasmlar va izohlar bilan tanishtirilsa, biz ko‘zlagan maqsadga to‘la erishsa bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilayotgan ushbu lug‘atlarda so‘zlarni tanlash, izohlashda jahon leksikografiyasida o‘quv lug‘atlariga qo‘yilgan talablarga mos hold
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada erta yoshli bolalar so‘z boyligini oshirishning ahamiyati, kichik yoshdagi bolalarga so‘zlarni tushunishni o‘rgatish usullari, kichik maktab yoshidagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda o’qituvchi v…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada erta yoshli bolalar so‘z boyligini oshirishning ahamiyati, kichik yoshdagi bolalarga so‘zlarni tushunishni o‘rgatish usullari, kichik maktab yoshidagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda o’qituvchi v… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ум, ma’noli so‘zlar, текст, ong, студенческая речь, lug‘at, слова, dictionary, til birliklari, речь, языковые единицы, vocabulary, words with conflicting meanings, осмысленные слова, mind, meaningful words, слова с конфликтующими значениями, word, словарный запас, language units, so‘z boyligi, antonyms, понятие конфликта, so‘z, tafakkur, speech, thinking, text, student's speech, ziddiyat tushunchasi, nutq, o‘quvchi nutqi, антонимы, zid ma’noli so’zlar, til birliklari, antonimlar, мышление, the concept of conflict, matn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026