К содержанию
РецензированоUZ2026

Talabalarning uzluksiz pedagogik amaliyotini tashkil etishning ayrim dolzarb masalalari

URAZIMBETOVA BARNO XAITBAEVNA. · UZLUKSIZ PEDAGOGIK · TASHKIL ETISHNING · AYRIM DOLZARB (https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp173-182)

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 173-182 · 2026

Аннотация

Maqola talabalarning uzluksiz pedagogik amaliyoti samaradorligini oshirish muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Muallif bo‘lajak pedagogning kompetensiyalarini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan strukturaviy va mazmunli modelga asoslangan pedagogik universitetning zamonaviy ta’lim muhitida talabalarning o‘quv amaliyotini tashkil etishga innovatsion yondashuvni taklif qiladi. Uzluksiz pedagogik amaliyotni 4+2 tartibida tashkil etishga qo‘yiladigan talablar, uni tashkil etish tamoyillari o‘rganiladi. Bo‘lajak o‘qituvchining rivojlanishini samarali boshqarish uchun pedagogik amaliyot davridagi talabalar faoliyati turlarining maxsus texnologik xaritalari ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan o‘tkazilgan izlanish pedagogik amaliyotning joriy etilgan innovatsion modeli samaradorligini tasdiqlash imkonini berdi. Калит сўзлар: pedagogik amaliyot, innovatsion model, pedagogik ta’lim, ta’lim tizimi, zamonaviy ta’lim tizimi, pedagogik amaliyotni 4+2 tartibi, uzluksiz pedagogik amaliyot Bugungi globallashuv sharoitida zamonaviy ta’lim tizimi hozirgi jamiyat rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari va qarama-qarshi ziddiyatli xarakterga ega bo‘lgan ko‘plab o‘zgarishlar bilan qamrab olingan. Bir tomondan, ta’lim tizimi mamlakatdagi umumiy moliyaviy-iqtisodiy, kadrlarga oid va tashkiliy muammolar bilan bog‘liq obyektiv va subyektiv qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz turibdi. Uzoq o‘tmishda ham ta’lim tizimining asosiy vazifasi o‘z faoliyatini professional tarzda amalga oshirishga qodir bo‘lgan intellektual, yuqori malakali kadrlarni yetishtirish, yetuk mutaxassislarni jamiyatga tarbiyalab berish bo‘lgan. Pedagogika ta’lim sohasi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarorlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari sinov-tajriba asosida malakaviy pedagogik amaliyotini o‘tash tartibini belgilaydi[1]. Pedagogik ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy- STARS International University 173 iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo‘shuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar yetkazib berish, sohaga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qator vazifalar joriy etildi[2]. Zamonaviy ta’lim taraqqiyotining yangi bosqichida pedagogika oliy o‘quv yurtlari oldida turgan muhim vazifalardan biri bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash jarayonini takomillashtirishdan iboratdir. Zamonaviy ta’lim tizimi, unga xos bo‘lgan innovatsion jarayonlar, umumiy va oliy ta’limni modernizatsiyalash va hokazolar zamonaviy pedagogik ijodkorlik qobiliyatiga, axborot texnologiyalarini puxta egallagan, pedagogik faoliyatning individual uslubiga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash muammosini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Ta’lim — bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta’lim jarayonida ma’lumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta’lim tor ma’noda o‘qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda ma’lumot berish jarayonini ham bildiradi[3]. Tadqiqot muammosining dolzarbligi talabalarning uzluksiz pedagogik amaliyoti samaradorligini oshirish muammosini o‘rganish bilan bog‘liq. Zamonaviy ta’lim maskani o‘qituvchisi chuqur nazariy bilim va yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lishi lozim, shuning uchun pedagog kadrlar tayyorlash sifati va malaka darajasini oshirish zarurligiga katta e’tibor qaratiladi. Bu o‘z navbatida, pedagogika ta’lim maskanlarida o‘quv jarayonini, jumladan, uzluksiz pedagogik amaliyotni o‘qituvchilar amaliy tayyorgarligining muhim shakli sifatida takomillashtirishni taqozo etadi. Bo‘lajak pedagog kadrlarni tayyorlash tizimida uzluksiz malakaviy pedagogik amaliyot muhim o‘rin tutadi. Talabalarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligining muvaffaqiyati ma’lum darajada uning mazmuni va tashkil etilishiga bog‘liq. Hozirgi zamon o‘qituvchisiga bugungi kun yangi talablari qo‘yilmoqda. Zamonaviy pedagog o‘zini doim nazorat qila olishi va baholash malakasini egallashi, yangi pedagogik g‘oyalarni ishlab chiqa olish, o‘z faoliyatini doimiy takomillashtirib borishi, kasbiy sifatlarini rivojlantirishi, zamonaviy axborot texnologiyalarini dars jarayonida qo‘llay olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishi, o‘z imkoniyatlarini obyektiv baholay olishi zarur. Kompetentli o‘quvchini tayyorlashda pedagogika oliy o‘quv yurtlarini bitirayotgan bo‘lajak pedagoglarning o‘zlari ham kompet

Доказательный фрагмент

«Maqola talabalarning uzluksiz pedagogik amaliyoti samaradorligini oshirish muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqola talabalarning uzluksiz pedagogik amaliyoti samaradorligini oshirish muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pedagogik amaliyot, innovatsion model, pedagogik ta’lim, ta’lim tizimi, innovative model, zamonaviy ta’lim tizimi, pedagogik amaliyotni 4 2 tartibi, непрерывная педагогическая практика, образовательная система, continuous pedagogical practice, современная система образования, педагогическое образование, инновационная модель, 4 2 порядок педагогической практики, modern education system, педагогическая практика, pedagogical practice, uzluksiz pedagogik amaliyot, pedagogical education, educational system, 4 2 order of pedagogical practice
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники