К содержанию
РецензированоRU2023

ПРОБЛЕМЫ ПРАВОПИСАНИЯ И РЕШЕНИЯ

Xidirova Iroda Xolmurzayevna · Dobilova Mohinur Asqar qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

The Uzbek alphabet based on the Latin script, spelling, orthographic literacy, problems arising in its expression and ways to overcome it are given. Key words: Latin script, spelling, letter, change, reform, law, project, solution. Hozirgi kunda foydalanayotgan yozuvimizning tarixiga nazar tashlar ekanmiz, u qanchalik qadimiy o‘tmishga ega ekanligini bilishimiz mumkin. Dunyodagi barcha mamlakatlarning nafaqat tili, balki yozuvi ham turlicha. Misol uchun rivojlangan davlatlarning ko‘pchilik qismi lotin yozuvidan foydalanishadi, yana ko‘pgina mamlakatlar arab va kirill alifbolarini ham birdek ishtatishadi. Shuningdek, bizning mamlakatimiz ham shu kungacha birgina yozuvdan emas, balki turli yozuvlaridan foydalanishgan. Yozuvning paydo bo‘lish tarixi va hozirgi kunda foylanayotgan ko‘rinishga kelguncha ancha yillarni o‘z ichiga oladi. Binobarin o‘tgan asrning o‘zida atigi 64 yil ichida alifbomiz 3 marta o‘zgardi. Biz shu vaqtgacha keltirilgan manbalarga asoslanib yozuv tarixini shartli ravishda 4 davrga bo‘lishimiz mumkin. Bular quyidagilar: 1. XII asrdan 1929-yilgacha – arab alifbosiga asoslangan yozuv. 2. 1929-yildan 1940-yilgacha – lotin alifbosiga asoslangan yozuv. 3. 1940-yildan 1993-yilgacha rus yozuvi, krill alifbosiga asoslangan yozuvi. 4. 1993-yildan hozirgi davrgacha esa lotin alifbosiga asoslangan yozuv amalda qo‘llanmoqda. Yuqorida sanab o‘tgan ayrim yozuvlardan endilikda foydalanayotgan bo‘lmasak-da, bizdan tashqari o‘nlab mamlakatlarning milliy yozuvi sifatida keng qo‘llanib kelinmoqda. Jumladan, arab yozuvini oladigan bo‘lsak, bugungi kunda 660 million odam bu yozuvdan foydalanishadi. Bu yozuv o‘ngdan chapga yozib, o‘qiladigan yozuvlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunga kelib dunyo bo‘yicha eng ko‘p qo‘llanadigan yozuv bu lotin alifbosi hisoblanadi. Ma’lumki, lotin alifbosi Rimda paydo bo‘lib, hozirgi kunda ko‘plab davlatlar shu 1 38 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ alifbodan keng foydalanishmoqda. Bu davlatlar sirasiga biz ham kiramiz va hozirda lotin alifbosidan foydalanmoqdamiz. Statistik ma’lumotlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, lotin yozuvidan dunyo aholisining 70 foizi foydalanishi qayd etilganiga ko‘zimiz tushadi. O‘zbek yozuvining XX asr tarixiga nazar tashlar ekanmiz, murakkab jarayonlarga to‘la ekanligini kuzatishimiz mumkin. Yuqorida aytib o‘tgan yozuvning 3 marta isloh qilinishi ham xuddi shu davrni o‘z ichiga oladi. Biroq jahon xalqlarining yozuv tarixiga nazar tashlasak, bunday hodisa kamdan kam uchraydi. Hozirgi kunga kelib lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidan foydalanish zamonaviy ilm-fan va elektron uskunalardan foydalanishda biroz qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida alifboga o‘zgartirish kiritish amalga oshirilmoqda. Yangi dasturning ishga tushishi va lotin yozuviga asoslangan alifboni isloh qilish aynan qaysi harflar va nima uchun degan savollar berilishi tabiiy. Hozirgi vaqtga qadar ham barcha lotin, krill yozuvi foydalanuvchilari o‘z fikrlarini bildirishmoqda. Qaysi harflarni o‘zgartirmoqchimiz va nima uchun? “O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi e’lon qilindi. Unda bir necha harflarga o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda. Qonunga ko‘ralotin yozuviga asoslangan 28 harf va 1 ta harflar birikmasidan iborat o‘zbek alifbosi joriy etilishi ko‘zda tutulgan edi. Bu qonunga ko‘ra harflarni quyidagicha o‘zgartirish taklif qilinyapti, ya’ni yangi alifboda o‘, g‘ harflari, shuningdek, sh, ch qo‘shharflarini quyidagicha o‘zgartirish taklif etilgan: G‘, g‘ – Ḡ, ḡ O‘, o‘ – Ō, ō Sh, sh – Ş, ş Ch, ch – Ç ç Bu loyiha 2021-yil 31-martgacha muhakamaga berilgan va muhokama muddati 2021-yil 1- noyabrga qadar uzaytirilgan edi. Davlat idoralari, korxona va tashkilotlarda ommalashtirish esa bosqichma-bosqich deyilib, oxirgi muddat sifatida 2023-yil 1-yanvardan etiboran deb belgilangan edi. Loyihaning ishlab chiqilishi va uni ommaga taklif qilishning maqsadi ancha qulayliklarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi. Alifboning oʻzgarishi boʻyicha olimlar, internet foydalanuvchilari, kitobxonlar ham oʻz fikrlarini bildirishmoqda. Omma fikriga e’tibor beradigan boʻlsak, ular turli savollarni berishmoqda: bu harflarni turklardan o‘zlashtiramizmi yoki endi savodsiz boʻlib qolamizmi degan savol koʻp takrorlanganini eshitishimiz mumkin. Bu savollarning berilishi oʻrinsiz, albatta. Chunki bir davlat foydalanayotgan harflar faqat shu davlatgagina tegishli boʻlmay, yuqorida berilgan harflarni faqat Turkiya ishlatmay, boshqa ko‘plab davlatlar grafikasida ishlatiladi. Misol uchun: “Ç” belgisi ilk bor eski ispan yozuvida ishlatilgan va XVIII asrgacha foydalanishgan. Turkiya bu harfni 1929-yilda yangi yozuvga, ya’ni arab yozuvidan lotin yozuviga oʻtayotganda oʻzlashtirgan. “Ş” belgisi ilk bor 1860-yilda Ruminiya yozuvi

Доказательный фрагмент

«The Uzbek alphabet based on the Latin script, spelling, orthographic literacy, problems arising in its expression and ways to overcome it are given.»

Образец извлечения

Демо-превью

The Uzbek alphabet based on the Latin script, spelling, orthographic literacy, problems arising in its expression and ways to overcome it are given. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Latin script, spelling, letter, change, reform, law, project, solution, o‘zgarish, qonun, изменение, islohot, Lotin yozuvi, imlo, проект, yechim, буква, harf, реформа, закон, loyiha, решение, , орфография, латиница
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники