К содержанию
РецензированоRU2022

АНАЛИЗ СОВРЕМЕННЫХ МЕТОДОВ ОПРЕДЕЛЕНИЯ УРОВНЯ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ СПОРТСМЕНОВ (НА ПРИМЕРЕ ФУТБОЛА)

Artikov Askar Akbarovich · Boyxonov Bekzod Shuhrat oʻgʻli

Современная наука и исследования · 1 · 2022

Аннотация

This article talks about the analysis of modern methods of determining the level of training of athletes. Various opinions and analyzes are used throughout the article. Key words: modern methods, high culture, physically healthy generation, young generation. Dolzarbligi: Mamlakatimizda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom avlodni shakllantirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovasion shakllar va usullarni joriy yetishga alohida ye’tibor qaratilmoqda. [1] Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustaxkamlash, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.[1] Tadqiqotning maqsadi: sportchilarni shug‘ullanganlik darajasini aniqlashda qo‘llaniladigan testlarni solishtirish orqali zamonaviy testlardan farqlanishini tahlil qilish. Tadqiqot ob’yekti va predmeti: turli yoshdagi futbolchilarni turli tayyorgarlik bosqichi mashg‘ulotlari. Ko‘plab mutaxassislar mashg‘ulot jarayonini optimallashtirishga intilish bilan sportchilarning shug‘ullanganlik darajasini tashxislashning butunlay yangi original usulini ishlab chiqqan, uning asosida sportchining o‘tmishdagi, hozirgi kundagi va kelgusidagi faoliyatini majmuaviy tahlil qilish yotadi. Bu muammoni hal qilishning ilmiy asosini quyidagilar tashkil 322 ISSN: International scientific journal 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2022 VOLUME 1 / ISSUE 1 qiladi: qaytarish nazariyasi, kelajakni bilish to‘g‘risidagi fan, falsafa, biologiya va pedagogikada amal qiladigan yaxlitlik nazariyasi, shuningdek zamonaviy sport pedagogikasining tamoyillari. [2,4] To‘liq tashxis qo‘yish quyidagi amallarni bajarishni ko‘zda tutadi: - ko‘p sonli ko‘rsatkichlar asosida sportchining shug‘ullanganligining boshlang‘ich darajasini aniqlash; - shug‘ullanganlikning informativ darajasini aniqlash (ko‘rsatkichlarning sport natijalari bilan korrelyasiyalash (bog‘lash) yordamida); - tuzulishini tahlil qilish (olinadigan axborotning omillarini aniqlash orqali); - ikkita tadqiqotni omilli tahlil qilish natijalari asosida tuzulishining dinamikasini tahlil qilish; - model-tashxislash majmuasini o‘rnatish (sport natijasiga yeng ko‘p ta’sir ko‘rsatadigan va yuqori korrelyasiya koyeffisiyentiga yega bo‘lgan ko‘rsatkichlarni aniqlash orqali). Sport natijasiga yerishishda har bir omilning hissasi har xil bo‘ladi. Bu hissa mashg‘ulotning davomiyligi, o‘qitishning maqsadlari va vazifalari, musobaqalarning turlari va hokazolarga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Mashg‘ulotning har bir davri uchun ko‘p a’zoli regressiya tenglamasi ko‘rinishidagi o‘zining model-tashxislash majmuasini o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Makro va mikro sikllarda pedagogning faoliyatini algoritmlash va shunga o‘xshash takliflarni o‘zlarining ishlarida ko‘pgina tadqiqotchilar kiritganlar. [3] Futbolchilarning mashg‘ulot jarayonida umumiy jismoniy tayyorgarlikni nazorat qilish zaruriy yelement bo‘lib hisoblanadi. Uni baholash uchun ko‘rsatkichlarni tanlash qiyin ish yemas. Majmualar tarkibiga quyidagi testlar kiradi: - turnikda tortilish; - to‘singa tayangan holatda qo‘llarni bukish va yoyish (kuch sifatlarini baholash); - joyidan turib yuqoriga sakrash (sakrovchanlikni baholash); - 60 m ga yugurish (tezlik sifatlarini baholash); - “konvert bo‘ylab” yugurish (yepchillikni baholash) va 300 m ga yugurish (tezlikka chidamlilikni baholash). Butun testlar majmuasi uchun 1 dan 100 ochkogacha bo‘lgan diapazonda baholash shkalalari ishlab chiqilgan. Sportchilarni o‘quv mashg‘ulotlarida foydalanish uchun shuningdek “yevrofit” testlar majmuasini ham taklif qilish mumkin. Bu testning paydo bo‘lish sababi yevropaning turli mamlakatlarida bolalar va yoshlarning jismoniy tayyorgarligini baholash usullarining o‘ta turli- tumanligi bo‘lgan. Agar turli mamlakatlarning bolalari, o‘smirlari va yoshlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini taqqoslash zarurati bo‘lmaganda yedi, buning hech qanday yomon tomoni bo‘lmasdi. Unifikasiyalangan o‘lchashlar yordamida turli mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport tizimining samaradorligini baholash, yoshlarning jismoniy tayyorgarligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni aniqlash mumkin bo‘lardi. Maxsus yekspertlar qo‘mitasi ishtirokida ko‘p sonli ilmiy seminarlar va konferensiyalarni o‘tkazish, shuningdek testlar majmuasini jiddiy tekshirish natijasida (15 ta mamlakatdan 50 mingtadan oshiq bolalar tadqiq qilingan) “yevrofit” ning yakuniy versiyasi ishlab chiqilgan. Va 323 ISSN: International scientific journal 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2022 VOLUME 1

Доказательный фрагмент

«This article talks about the analysis of modern methods of determining the level of training of athletes.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the analysis of modern methods of determining the level of training of athletes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
modern methods, high culture, physically healthy generation, young, jismonan sog‘lom avlod, физически здоровое поколение, yosh avlod, современные методы, yuksak madaniyat, zamonaviy usullar, физически здоровое поколени, молодое поколение, высокая культура, young generation
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники