Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Pisa xalqaro baholash dasturida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholashda foydalaniladigan topshiriqlar ustida ishlash
PISA XALQARO · TURANAZAROVA NILUFAR · BAHOLASH DASTURIDA · Jizzax davlat · O‘QISH SAVODXONLIGINI turanazarovanilufar@gmail.com · TOPSHIRIQLAR USTIDA (university-pp120-123)
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 120-123 · 2026
Аннотация
Ushbu maqola PISA xalqaro baholash dasturi tadqiqotlarini o‘tkazishda qo’llaniladigan topshiriqlarni takomillashtirish va topshiriq matnlari ustida olib boriladigan ishlar bo‘yicha dasturda ishtirok etadigan muassasalar hamda o‘quvchilarga samarali ko‘mak berishga qaratilgan. Kalit so‘z: PISA xalqaro baholash, o‘qish savodxonligi, topshiriqlar, matn, o‘quvchi. PISA tadqiqotlari topshiriqning murakkabligi, o‘ziga xos xususiyati, maqsadidan kelib chiqib o‘zgaradi, ammo bu o‘zgarish o‘zgacha bilish jarayonlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Shu asosida aytishimiz mumkinki, PISA o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash dasturi sifatida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar tomonidan o‘qiladigan topshiriq ko‘lamini,hajmini o‘zgartirish, o‘qishdan ko‘zlangan maqsad yoki o‘qish uchun talab etilgan turli vaziyatlar yordamida o‘quvchilarning o‘qish jarayonlarini (matnga nisbatan aqlan yondashuv) boshqarishni nazorat qiladi. O‘quvchilarning bilim va o‘qish ko‘nikmasiga bir xil baho berilmaydi, chunki shunday “o‘quvchi bilan bog‘liq omillar” mavjudki, bu omillar aql bilan boshqarilmaydi, aksincha, ular bajargan topshiriqlar natijasi baholash mezonlari orqali boshqariladi. O‘qish savodxonligidagi 3 xususiyatdan foydalanib baholash mezonlari ishlab chiqiladi va, albatta, bu xususiyatlarning qiymatlarini ham aniqlash muhim bir masaladir. O‘qish savodxonligining bunday xususiyatga ega ekanligi test materialini tuzuvchilarga natijalarni talqin etish, ma’lumotlarni izohlashda foydalanish mumkin bo‘lgan topshiriqlarni tasniflashga katta yordam beradi.Mana shunday topshiriqlar bevosita matn bilan ishlash orqali bajariladi. Masalan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 4-sinf o‘qish darsligidan o‘quvchilarga Dilfuza Shomalikovaning “Kuz hayajonlari” asari uchun berishi mumkin bo‘lgan topshiriqni olaylik, quyida matn va matn uchun tayyorlangan topshiriqni keltirib o‘taman: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 120 Kuz hayajonlari Kuz yozga alla aytdi. Qish esa kuzga allasini xirgoyi qilayotir. Bog‘lar to‘nini almashtirdi. Dov-daraxtlar bir xil rangga bo‘yalganidek, yelkalariga sarg‘imtir choponini ilishgan. Tabiat oltinday tovlanadi. Binolar ortidan boshlanadigan bog‘lar, tutzorlar, yiroq adirlar, tepaliklar yarim beligacha qirmizi rang quyosh nuriga cho‘miladi. Yoz bo‘yi yer-u ko‘kni tandirday qizitgan quyoshning tafti so‘ngan. Osmon-u falakda kuz havosi. Osmonda parqu bulutlar suzib yuribdi. Bulutlar esa kuzning darakchisi. Osmonning tusi o‘zgaradi. Katta bayramga yasanayotgandek, yelkasiga guldor libos tashlagan kelinchakdek ko‘zga yaqin bo‘lib qoladi. Gala-gala chumchuqlar, chug‘urchuqlar, maynalar daraxt shoxlari, simyog‘ochlarga qo‘nib olib, issiq o‘lkalarga uchish maslahatini boshlaydilar. Janub tomon yo‘l olgan turnalarning “qiyov-qiyov” ovozini eshitgan bolalar ko‘kka qarab qo‘l silkib qoladilar. Qizaloqlar ham olis o‘lkalarga yo‘l olgan turnalarni xomush kuzatadilar. Kuz havosi dillarga zavq bag‘ishlaydi. Kishilar quyoshning taftidan rohatlanadilar. Onda-sonda osmonga ko‘tarilgan qora bulutlar odamlarni qo‘rqitmoq istaydi. Qish taraddudini ko‘rishga undaydi. Ko‘p o‘tmay yomg‘ir shivalaydi. Dehqon bobo nabiralarim yesin deb chetanga qovun bosadi. Ekin-tikinlarni yig‘ishtirishga kirishadi. Uzum, anor, behilarni ombor shiplariga osadi. Kartoshka, sabzi, sholg‘omlarni o‘ralarga joylaydi. Qo‘llarini duoga ochib, yurtga tinchlik- totuvlik, elga hurlik, to‘kinlik, yoshlarimizga bekam baxt-u saodat, ilm-u ma’rifat so‘raydi. Hosil yig‘ilmasdan havo aynisa, yomg‘ir momolarning yuragiga yog‘gandek bo‘ladi. Katta-kichik dalada paxta hosilini tezroq yig‘ib olmoq payida. Ularning chehrasi quyosh aksi ko‘chgandek tovlanadi. Hademay o‘lkamizda hosil bayrami boshlanadi. “Kuz hayajonlari” mavzusiga oid fikrlaringizni quyidagi namuna asosida yozing: “Kuz hayajonlari” mavuziga oid mantiqiy topshiriqlar So‘zlar O‘xshatishlar STARS International University 121 “Ketma-ketlikni top” Gaplar: • Osmonda parqu bulutlar suzib yuribdi. • Ko‘p o‘tmay yomg‘ir shivalaydi. • Bog‘lar to‘nini almashtirdi. • Janub tomon yo‘l olgan turnalarning “qiyov-qiyov” ovozini eshitgan bolalar ko‘kka qarab qo‘l silkib qoladilar. • Hosil yig‘ilmasdan havo aynisa, yomg‘ir momolarning yuragiga yog‘gandek bo‘ladi. • Dehqon bobo nabiralarim yesin deb qovun bosadi. • Yoz bo‘yi yer-u ko‘kni tandirday qizitgan quyoshning tafti so‘ngan. • Qo‘llarini duoga ochib, yurtga tinchlik-totuvlik, elga hurlik, to‘kinlik, yoshlarimizga bekam baxt-u saodat, ilm-u ma’rifat so‘raydi. • Hademay o‘lkamizda hosil bayrami boshlanadi. • Qish taraddudini ko‘rishga undaydi. Tartibsiz berilgan harflardan so‘z hosil qiling. Quyidagi birikmalar asosida gaplar tuzing. Ona tabiat haqida qanday maqollar bilasiz? Yuqorida berilgan topshiriqlarni bajarish uchun o‘quvchi, eng avvalo, topshiriqda ifodalangan ma’lumotlar kiritilgan matn bilan tanishishlari zarur ekanligi shu namunada ham o‘z isbotini topgan. Matndagi ma’lu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola PISA xalqaro baholash dasturi tadqiqotlarini o‘tkazishda qo’llaniladigan topshiriqlarni takomillashtirish va topshiriq matnlari ustida olib boriladigan ishlar bo‘yicha dasturda ishtirok etadigan muassasal…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola PISA xalqaro baholash dasturi tadqiqotlarini o‘tkazishda qo’llaniladigan topshiriqlarni takomillashtirish va topshiriq matnlari ustida olib boriladigan ishlar bo‘yicha dasturda ishtirok etadigan muassasal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ученик, текст, o‘quvchi, o‘qish savodxonligi, assignments, text, грамотность чтения, topshiriqlar, международная оценка PISA, задания, student, PISA international assessment, reading literacy, PISA xalqaro baholash, matn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026