К содержанию
РецензированоUZ2026

Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘ quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirish

SUYUNOV DILSHOD · TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA · O‘zbekiston Respublikasi (O‘ QUVCHILARIDA EKOLOGIK Termiz davlat pedagogika instituti)

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 82-84 · 2026

Аннотация

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga doir ijobiy munosabatlarni shakllantirish mazmuni, uning shakl va metodlari, nazariy va amaliy ahamiyati, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkur, inson faoliyati va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi ilmiy manbalarni singdirish borasida fikrlar keltirilgan. Kalit so‘zlar va tushunchalar: tabiat, munosabat, tushuntirish, ekologik tarbiya, boshlang‘ich sinf, ekologik tafakkur, mutafakkir, ta’lim, shakl, metod, foydalanish, meros, manba, o‘qitish. Azal-azaldan insoniyat taqdiri tabiat bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Tabiatga insoniyat uchun ozuqa va hayot manbai sifatida hamda muhim obyekt tarzida qaralgan. Tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan. Lekin shunday bo‘lsa-da ba’zi bir hollarda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lmaganlar. Natijada, tabiatdan to‘g ‘ri foydalanmaslik sababli ekologik muammolar vujudga kela boshladi. XXI asrda kishilik hamjamiyati global ekologik muammolarni hal qilish va inqirozdan chiqish uchun ijtimoiy munosabatlarga insonparvarlik nuqtayi nazaridan yondashish va biosferaning yanada ijobiy rivojlanishini ta’minlaydigan tabiat bilan o‘zaro ta’sir konsepsiyasini ishlab chiqishini insoniyat yashab qolishining muhim faktorlaridan biri sifatida kun tartibiga qo‘ymog‘i lozim. Ekologik inqirozning oldini olish uchun insonlar ongida ekologiya va tabiatga nisbatan mehr tuyg‘usini shakllantirish lozim bo‘ladi. Ekologik ta’lim-tarbiyaning mohiyati, g‘oyaviy mazmuni, uning qonuniyatlari, samaradorlik shartlari, ekologik ta’lim mezonlarining falsafiy va madaniy kontekstini samaradorlik omillari orqali ishlab chiqish kun tartibidagi masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shunday ekan, har bir davlat va jamiyat ekologiya va atrof-muhitga yondashuv pozitsiyalarni qayta ko‘rib chiqishi: bunda inson omilining mohiyati, uning tabiat va jamiyatdagi o‘rni, maqsad va vazifasi, burch va majburiyati, madaniy ongi va ijtimoiy faolligining rivojlanish tendensiyalari, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar hamda o‘zaro ta’sir doirasining natijasi va oqibatini inobatga olish kerak bo‘ladi. Ekologik ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion yondashuv tizimi joriy etilsa, insoniyat tabiat, atrof-muhit va kosmos bilan obyektiv zarur darajadagi aloqadorlikka erishishi va o‘zaro uyg‘unlikni shakllantirishi mumkin. Tabiat bilan uyg‘un yashash, inson uning bir bo‘lagi, degan tushuncha va gumanistik g‘oyalarni singdiruvchi Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 82 ta’limning dasturiy tizimi bugungi kunda o‘zini oqlamayotgandek, nazarimizda. Shunday davrlar ham bo‘ldiki, insonlar ongida tabiat bitmas-tuganmas resurs manbai sifatida qaraldi. Tabiiy resurslar haqidagi noto‘g‘ri tushunchalarning paydo bo‘lganligi, tugab-bitmas manba degan yondashuvning ustunlik qilishi va tabiiy elementlarning odamga xayolan bo‘ysundirishga bo‘lgan intilishning hali ham barham topmaganligi ekologik muvozanatni buzishga, ekotizimlarni yo‘q qilishga asos bo‘lib qolmoqda. Sharq tafakkuri hamda dunyoqarashidagi tafovutlarning shakllanishi kishilik sivilizatsiyasi taraqqiyotiga borib taqaladi va ularning bir-biriga zidligi haqida mulohaza yuritish mumkin. G‘arb insonlari ilohiy ijod harakatlarini davom ettirib, o‘zlarini tabiatning maxsus ma’naviylashgan qismi sifatida e’tirof etgan holda atrofdagi olamni o‘zgartirishga va uning insonga bo‘ysundirilishiga doimiy harakatda bo‘lib, tabiiy jarayonlarga maksimal darajada aralashgan holda ta’sir o‘tkazib kelishga harakat qilishgan. Sharqda tabiat va inson munosabati ratsional va axloq normalariga bo‘ysundirilgan bo‘lib, Markaziy Osiyoning qadimiy manbasi “Avesto”, Islom olamining muqqaddasi kitobi “Qur’oni Karim”da, Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Ali Abu ibn Sino, Mahmad Koshg‘ariy, Yassaviy, Naqshbandiy, Alisher Navoiy va boshqa qator allomalarning ilmiy ijod asarlarida tabiat insoniyatning eng oliy manbasi sifatida ulug‘lanib, uni qadrlash, avaylab-asrash, yashash va tiriklik asosi, sog‘lom turmush va fikr, yashnash va yosharishning manbai sifatida e’tirof etilgan hamda kishilik jamiyati insonlarining tabiatga yuqori hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi ta’kidlangan. Bir so‘z bilan aytganda, tabiat bilan muloqotda axloq normalariga tayangan holda yondashuv tavsiya etilgan. Sharq madaniyatida tabiat qiymati inson qadriyatidan ustun turadi. Insonning ichki va tashqi faoliyati tabiatga moslashishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, o‘z-o‘zini tarbiyalash, irodasini boshqarish, emotsiyalarga berilmaslik, oqillik va donolikni tafakkur etish va o‘zini tutishga e’tibor berilgan. Inson bu yerda uning tabiatdan ajratilgan maxsus komponenti sifatida qabul qilinmaydi, aksincha, uning bir bo‘lagi va rivojlantiruvchi omili sifatida kamolot va tarbiya singdirilgan. Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning tubdan o‘zgarishini inson ishlab chiqaruvchiga aylanib, tabiiy muhitni o‘zgartirish mumkinligini anglagan neolit inqilobi bilan bo

Доказательный фрагмент

«Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga doir ijobiy munosabatlarni shakllantirish mazmuni, uning shakl va metodlari, nazariy va amaliy ahamiyati, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkur, inson…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga doir ijobiy munosabatlarni shakllantirish mazmuni, uning shakl va metodlari, nazariy va amaliy ahamiyati, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkur, inson… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
наследие, природа, tushuntirish, education, использование, thinker, shakl, экологическое образование, use, munosabat, attitude, method, экологическое мышление, обучение, heritage, mutafakkir, образование, teaching, elementary school, начальная школа, отношение, nature, ecological thinking, source, explanation, form, ekologik tarbiya, ekologik tafakkur, мыслитель, manba, tabiat, ta’lim, foydalanish, environmental education, meros, форма, o‘qitish, объяснение, источник, metod, boshlang‘ich sinf, метод
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники