К содержанию
РецензированоUZ2026

Globallashuv sharoitida ma’naviy-axloqiy tahdidlarga qarshi kurashda ta’lim-tarbiya muassasalarining vazifalari

SEITKASIMOV J.N · SHAROITIDA MA’NAVIY- · AXLOQIY TAHDIDLARGA huzuridagi Nukus konchilik

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 70-73 · 2026

Аннотация

Maqolada globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir paytda yoshlarning ma’naviy xavfsizligini ta’minlash masalalari alohida tadqiqot obyekti sifatida tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: g‘oyaviy qarama-qarshilik, ma’naviy xavfsizlik, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonuniylik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya, sog‘lom turmush tarzi, ma’naviy immunitet. Globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi natijasida inson uchun xavfli bo‘lgan turli xil noan’anaviy tahdidlar yuzaga kelmoqda. Bulardan eng xavflilari insonlarning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazish orqali millatlarning qadriyatlari va turmush tarzini izdan chiqarishga qaratilgan axloq-odob¸ oila va jamiyat hayotida jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’naviy tahdidlar hisoblanadi. Ma’naviy tahdidlar shaxs axloqiy ongida salbiy tushunchalar, tuyg‘ular, xususiyatlar va sifatlarni hosil qiluvchi illatlar majmuidir. Сhunki tahdid so‘zi “xavf-xatar, xuruj va buzish” ma’nolarini anglatadi. Shu ma’noda ma’naviy tahdidlarni shaxsni aqliy va axloqiy jihatdan buzishga qaratilgan maqsadli xurujlar deyish mumkin. Ma’naviy tahdidlardan maqsad, birinchidan, shaxsning ma’naviy-axloqiy olamini buzish; ikkinchidan, o‘z vatani va jamiyatiga nisbatan yovuzlik fikrini uyg‘otish; uchinchidan, milliy axloqiy qadriyatlarni aynitish; to‘rtinchidan, o‘zgalar jamiyatini ideal deb bilish ko‘nikmasini hosil qilish; beshinchidan, zararli odatlarga xuruj qo‘yishdir. Diqqat qilsak, ma’naviy tahdidlarning barcha turi nosog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liqligiga va u mafkuraviy nuqtayi nazardan eng xavfli omil ekanligiga amin bo‘lamiz. Сhunki uning negizini shaxs tarbiyasini izdan chiqarishga qaratilgan g‘oya tashkil etadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda ma’naviy tahdidlar quyidagicha illatlarni targ‘ib qilayotgani namoyon bo‘lmoqda: xudbinlik, nopoklik, nafs qutqusiga uchish, huzur-halovatga berilish, yengil-yelpi umr kechirishga da’vat, Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 70 giyohvandlik, mutaassiblik, tajovuzkorlik, mol-u dunyoga o‘chlik, axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, axloqsizlikni madaniyat deb bilish va, aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni eskilik sarqiti deb qarash, loqaydlik, mahalliychilik, irodasizlik va h.z. Globallashuv yaratayotgan imkoniyatlardan hozirgi kunda ma’naviy bo‘shliqni to‘ldirishga harakat qilayotgan siyosiy va mafkuraviy markazlar foydalanmoqdalar. (2) Buning oqibatida insoniyat tomonidan katta ma’naviy yo‘qotishlar, millatimizning asriy qadriyatlari, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarziga xavf solayotganini alohida qayd etish lozim. Lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsak, bunday mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishini, ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz maqsadlarni ko‘zlashini, yurtimizda yashaydigan sog‘lom fikrli har bir odam yaxshi tushunadi.Bunday tajovuzkorona harakatlar bizlar uchun mutlaqo begona mafkura va dunyoqarashni, avvalo, beg‘ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilganligi bilan, ayniqsa, xatarlidir. Yangi tahdidlar, jumladan, “ommaviy madaniyat” xavfi va boqimandalik kayfiyati paydo bo‘layotgan, odob-axloq, qadriyatlarni yo‘qolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida tarixiy merosimizni asrab-avaylash, o‘rganish va ajdodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida jiddiy e’tiborda ekanligi kishining ko‘ngliga taskin beradi. Har bir narsaning yaxshi va yomon tomoni bo‘lgani kabi globallashuv jarayoni ham salbiy va ijobiy mohiyat kasb etadi. Professor S.Otamurodov globallashuvning ijobiy jihatlariga to‘xtalar ekan, “ko‘pgina mamlakatlarga fan-texnika, texnologiya yutuqlarining jadal kirib kelishi globallashuv tufayli. Bu esa ularning iqtisodiy hayoti rivojiga, xalqlar turmush tarzining ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqa. Shu tariqa bashariyatning umumiy intellektual salohiyati yuksalishiga yordam bermoqda”, deb ta’kidlaydi. Globallashuvning milliy ma’naviyatga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’sirlari to‘g‘risida bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa qilish mumkin: – madaniy aloqalar va munosabatlarning globallashuvi bir hududda yangi madaniy va ma’naviy qadriyatlarni, san’at turlarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi, bu esa milliy ma’naviyat tarkibini yanada boyib borishiga olib keladi; – iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi esa mamlakatlar moddiy hayotini yaxshilashga keng yo‘llar ochib beradi hamda fuqarolar farovonligining ta’minlanishiga imkon beradi; – fan va texnika sohasining globallashuvi milliy ma’naviyatning asosi bo‘lmish milliy intellektual salohiyatni kuchaytiradi; – siyosiy-mafkuraviy sohalarning globallashuvi umumjahon ma’naviy muhitning rivojlanishiga zamin yaratadi, bu esa milliy ma’naviyatning yanada takomillashishiga asos bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, globallashuv jarayonlarining milliy ma’naviyatga ko‘rsatay

Доказательный фрагмент

«Maqolada globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir paytda yoshlarning ma’naviy xavfsizligini ta’minlash masalalari alohida tadqiqot obyekti sifatida tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir paytda yoshlarning ma’naviy xavfsizligini ta’minlash masalalari alohida tadqiqot obyekti sifatida tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
здоровый образ жизни, моральный иммунитет, healthy lifestyle, ma’naviy immunitet, moral security, moral immunity, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya, legality, нравственная безопасность, national and universal values, g‘oyaviy qarama-qarshilik, национальные ценности, законность, vatanparvarlik, patriotism, патриотизм, ideological conflict, sense of citizenship, national values, ma’naviy xavfsizlik, sog‘lom turmush tarzi, толерантность, bag‘rikenglik, milliy qadriyatlar, защита от идей насилия и жестокости, идеологический конфликт, protection from ideas of violence and cruelty, qonuniylik, fuqarolik tuyg‘usi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, tolerance, национальные и общечеловеческие ценности, гражданственность
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники