К содержанию
РецензированоUZ2026

Milliy qadriyatlarimizni yuksaltirish – sog‘lom bola va barkamol avlodni tarbiyalashning asosiy omili

O‘ROQOVA SHAROFAT · SAIDQUL QIZI · YUKSALTIRISH – SOG‘LOM · TARBIYALASHNING ASOSIY OMILI (university-pp388-391)

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 388-391 · 2026

Аннотация

ushbu maqolada milliy qadriyatlarimiz davomchisi – oila ma’naviyatini yuk- saltirish – sog‘lom bola va barkamol avlodni tarbiyalashning asosiy omili ekanligi yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: oila, ma’naviyat, milliy g‘urur, muhabbat, vatanparvarlik, sadoqat, iftixor, tarbiya, baxt, urf-odat va an’ana, qadriyat. “Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli bo‘lsang, baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat oilam emas xalqim baxtli bo‘lsa men o‘zimni baxtli deb bilaman” [1]- deya ta’kidlaydi Prezidentimiz Sh. Mirziyovev har safar ma’ruzalarida. Darhaqiqat, har bir oila ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. Oilaviy munosabatlar alohida olingan har bir holatda o‘ziga xos tomonlarga ega bo‘ladi. Chunki, bu munosabatlar o‘ziga xos ma’naviy qiyofaga ega bo‘lgan kishilarning o‘zaro ta’sirining natijasidir. Shunga ko‘ra, oilaning bolaga ta’siri spesifik, o‘ziga xos bo‘lgani uchun, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishi ham o‘ziga xos va takrorlanmasdir. Bola o‘z ota-onalarining xatti-harakatlari, butun hayotiy faoliyatlarini kuzatib yu- radi. Shu tufayli narsa va hodisalarga ta’sir qilishga qodir bo‘lgan faoliyatning sub- yekti sifatida o‘z-o‘zini anglay boshlaydi. Oila o‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo‘lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg‘ular jamuljam bo‘ladi. Ana shu boisdan bola hissiyotini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Agar oilada o‘zaro hurmat va ishonch bilan birga, yaxshi kayfiyat asosidagi sog‘lom muhit qaror topgan bo‘lsa, bu bola ruhiyatiga, uning hissiyotiga ijobiy ta’sir etishi tabiiydir. Oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg‘ulari ham tarbiyala- nadi. Chunki bola yoshligidanoq hayotda g‘am-tashvishlar bilan quvonch-sevinchlar birga yurishligini anglab borishi kerak. Ota-onalar bolalarida jamiyatda va oilada ke- rakli ekanliklarini ilk bor his qilishni uyg‘ota olsalar, insondagi bebaho xislat bo‘lgan mehnat qilish quvonchidan bolani bahramand qilgan bo‘ladilar. Oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning mu- him omili hisoblanadi. Chunki, bola hayoti asosan uy sharoitida o‘tadi. Oila a’zolari o‘rtasida muomala madaniyati oilaviy tarbiyada muhim o‘rin o‘ynaydi. Ota-onalar ma’naviy jihatdan qanchalik boy bo‘lsa, ular o‘z farzandlariga nis- batan shu qadar jiddiy va mas’uliyatli munosabatda bo‘ladilar. O‘zlaridagi mav- jud ma’naviy-axloqiy fazilatlarni farzandlari timsolida ko‘rishni har qanday ota-ona orzu qiladi. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 388 Oilada milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi. Agar ota-o- nalar jamiyatimiz tomonidan oilaga, o‘sib borayotgan avlod tarbiyasiga qo‘yiladigan talabni bilsa, axloqiy tarbiya samarali bo‘ladi; axloqiy tarbiyalash jarayonida bola- larning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy o‘zbek an’analaridan foyda- laniladi; ota-onalar pedagogika va psixologiyaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda va oilaviy tarbiya masalalari bo‘yicha Sharq mutafakkirlarining boy ma- daniy merosidan foydalangani holda o‘zining pedagogik ma’lumotini doimo oshirib boradi. Yurtboshimizning: «Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor qayerda ishlashidan qat’i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, mu- nosabat, tarrbiyaga alohida e’tibor berilmasa, hech qachon natija bo‘lmaydi. Shu- ning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor beraman. Ha bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida o‘zimning munosabatim bor. Har bir ne- varamning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman”-degan so‘zlarifik- rimizning yaqqol isbotidir.[2] Oila va oilaviy tarbiya bugungi kunda dolzarb muammolardan biridir. Chunki, jami- yat aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat, ruhan boy avlodni tarbiyalashdan manfaatdor. Bunday avlod, eng avvalo, ma’naviy-axloqiy jihatdan sog‘lom va mus- tahkam oilada shakllanadi. Chunonchi oilani rivojlantirish va mustahkamlash uchun qilinadigan g‘amxo‘rlik kelajak avlod taqdiri bilan bog‘liqdir. Har qanday jamiyatda ham buyuk davlatning barpo etilishi yoshlar qanday bo‘lishlariga, ularning qanday tarbiya olishlariga bog‘liq. Taniqli o‘zbek pedagogigi Abdulla Avloniy «Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasi- dir» deb yozgan edi. [3]. Milliy mafkuraning negizida yosh avlodni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash g‘oya- si yotadi. Mustaqillik ruhida tarbiyalash yoshlarni milliy g‘urur, milliy iftixor, milliy ong va o‘z-o‘zini anglash, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishni taqozo etadi. Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi, oila an’analari, shajarasi, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat, o‘zaro mehr-muhab- bat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ularni oilaviy hayotga tayyorlash kutilgan natija beradi. Buning uchun ota-onalarni tarbiya jarayoniga tayyorlash ma

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada milliy qadriyatlarimiz davomchisi – oila ma’naviyatini yuk- saltirish – sog‘lom bola va barkamol avlodni tarbiyalashning asosiy omili ekanligi yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada milliy qadriyatlarimiz davomchisi – oila ma’naviyatini yuk- saltirish – sog‘lom bola va barkamol avlodni tarbiyalashning asosiy omili ekanligi yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
milliy g‘urur, счастье, baxt, education, family, national pride, loyalty, iftixor, семья, spirituality, oila, образование, vatanparvarlik, patriotism, патриотизм, любовь, традиция и ценность, qadriyat, love, tarbiya, pride, urf-odat va an’ana, happiness, muhabbat, sadoqat, верность, tradition and value, ma’naviyat, гордость, духовность, национальная гордость
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники