Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Science fanlarni o‘qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish
SCIENCE FANLARNI · O‘RİNBOYEVA KUMUSHOY · SULTONBEK QİZİ
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 386-387 · 2026
Аннотация
Hozirgi vaqtda umumta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o‘qitish boshqa fanlarga ham qiziqish uyg‘otish uchun vosita hisoblanmoqda. Tabiiy fanlarni yoshlarga tus- hunarli va qiziqarli o‘tishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni beqiyosdir. Kalit so‘zlar: zamonaviy texnologiyalar, science fanlar, aqliy hujum, alternativ metod. Ta’kidlab o‘tish joizki, hozirgi kunda dars o‘tish jarayonida ilg‘or pedagogik texno- logiyalardan, zamonaviy AKT (Axborot-komunnikatsion texnologiyalar)dan foyda- lanish juda muhim hisoblanadi. Fan va texnika tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda, yoshlar internet va ijtimoiy tarmoqlarda doim faol, ularni darsga qiziqtirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish juda ham zarurdir. Maktablarda yangi fanlarni joriy etish o‘quvchiga fanlarni o‘qishda qiyinchilik tug‘dirmay, ularning qi- ziqarli bo‘lishiga yordam beradi. Tabiiy fanlar(science) amalga kiritilishidan oldin xalqaro amaliyot – O‘zbekiston- da faoliyat olib borayotgan xususiy va xorijiy maktablar tajribasi o‘rganildi. Yangi fan o‘quvchilarning olam va borliqqa nisbatan bilimlarini oshirishga yordam beradi. Kelajakda o‘quvchilar kimyo,fizika,biologiya kabi fanlar qiyin emasligini, balki ular- ning juda ham qiziqarli ekanligini anglab borishadi. Odatda, maktab o‘quvchilari bu fanlarni o‘zlashtirish juda ham qiyin deb tasavvur qilishadi ,zero, bu fanlarning barc- hasi hayotimizga juda ham bog‘liq. Tabiiy fan (science) qaysidir fanlarning o‘rniga joriy etilayotgani yo‘q. Aksincha,u ta’lim sifatini oshirish uchun mavjud fanlarning integrativ tarzda o‘qitilishini ta’min- laydi.Masalan, yomg‘ir yog‘ish jarayonini kuzatish orqali o‘quvchi uning tarkibini (bi- ologiyaga oid tushunchalar), qanday hosil bo‘lishi (fizik xususiyatlari), qaysi fasllarda qayerlarda ko‘proq yog‘ishi (geografik xususiyati), yomg‘ir ta’sirida yerda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi, o‘simliklar uchun foydasi haqida ma’lumotga ega bo‘ladi. Yangi fan 2021–2022 o‘quv yilida 1-2-sinflar uchun joriy etildi va bosqich- ma-bosqich boshqa sinflarga ham joriy etiladi.Bu muddatda yangi o‘quv yili boshlangunga qadar 1–2-sinf o‘qituvchilariga mazkur fanni o‘qitish bo‘yic- ha maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi va kelgusida fanni o‘qitadi- gan mutaxassis o‘qituvchilar tayyorlanadi.Zarur bo‘lsa, qayta tayyorlov kurs- lari joriy etiladi. Yangi fanni o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish uchun yaxs- Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 386 hi mutaxassislar tayyorlash juda ham muhim hisoblanadi. Oliy o‘quv yurtlari- da va qayta tayyorlov institutlarida bu fanni o‘qitishni tashkil etish juda muhim. 7-sinfdan boshlab yuqori sinf o‘quvchilari o‘z fanlarini o‘qishda davom etishadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun kitoblar rang-barang va jozibali , qiziqarli ishlab chiqilishi ularning bu fanga qiziqishini orttiradi va bu fanni o‘rganish ularga oson bo‘ladi. Xuddi shuningdek, o‘qituvchilarga fanni o‘qitish uchun eng maqbul metodlarni, tavsiyalarni o‘z ichiga olgan metodik qo‘llanmalar ishlab chiqiladi. Ular yordamida darslarni tashkil etish ustozlar uchun ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. Darslarni tashkil etish jarayonida zamonaviy metodlardan foydalanish juda ham muhim. O‘quvchilarning yoshiga qarab turli xil interfaol metodlardan foydalaniladi. Berilgan mavzularga mos ravishda programmali topshiriqlardan foydalanish ular- ning egallagan bilimlarini yanada mustahkamlaydi. Masalan,6-sinflarda modda tuzi- lishi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish va yodda saqlab qolish uchun quyidagi tops- hiriq bajariladi: Barcha moddalar juda kichik zarralardan tuzilgan. Bu zarralar orasida oraliqlar bor.Shuning uchun biz bu oraliqlarni orttirib yoki kamaytirib,jismning hajmini o‘z- gartirishimiz mumkin. Agar biz ……….., zarralarning o‘zaro joylashuvi qanday o‘zgaradi? Jismning hajmini orttirsak. Jismning hajmini kamaytirsak. 1. Zarralar bir-biridan uzoqlashadi. 2. Zarralar bir-biriga yaqinlashadi. O‘quvchilar oson tushunishlari uchun aniq fanlarga va boshqa fanlarga o‘xshash topshiriqli qo‘llanmalar ishlab chiqish juda ham foydali. O‘quvchi bir xil dars o‘tish usullaridan juda ham zerikadi va darsni yaxshi tushuna olmaydi.Shuning uchun ham, albatta, qiziqarli dars o‘tish jarayonlarini tashkil etish ularning bilim olish jarayoni- ning sifatli bo‘lishiga yordam beradi. Tanlama va alternativ metodlar yordamida o‘quvchilarning ziyrakligi tekshiriladi. Biletning har bir savoliga bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan javoblar juda ko‘p topi- ladigan hollarda bitta savolga uchtadan javob tuziladi,bunda ularning bittasi to‘g‘ri, qolgan ikkitasi haqiqatga o‘xshash tuyuladigan javoblar bo‘ladi.Bu metod bo‘yicha tuzilgan bilet ko‘proq jadval tarzida beriladi. Savol va unga tegishli uchta javob bitta gorizontal yo‘lda joylashtiriladi. O‘quvchi biletdan foydalanganda shu uchta javob- dan bittasini, ya’ni eng to‘g‘ri javobni tanlashi kerak. Insoniyat kashfiyotlarni amaliyot davomida isbotlagan paytlar juda ham ko‘p bo‘l- gan.Faqat bu
Доказательный фрагмент
«Hozirgi vaqtda umumta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o‘qitish boshqa fanlarga ham qiziqish uyg‘otish uchun vosita hisoblanmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi vaqtda umumta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o‘qitish boshqa fanlarga ham qiziqish uyg‘otish uchun vosita hisoblanmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- alternative method, aqliy hujum, alternativ metod, science fanlar, brainstorming, альтернативный метод, science, modern technologies, мозговой штурм, zamonaviy texnologiyalar, современные технологии, наука
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014