Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“Ommaviy madaniyat” niqobi ostida yashiringan xuruj
SALIMOV JASURBEK · MADANIYAT” NIQOBI · STARS INTERNATIONAL · OSTIDA YASHIRINGAN (UNIVERSITY 3-kurs 21/C) · O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti (university-pp 53-54)
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 53-54 · 2026
Аннотация
Maqolada yoshlarni global Internet tarmog‘iga bog‘lanib qolishi, Internet va uning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati o‘rganilgan. Biz shiddat bilan yelib borayotgan globallashuv davrida yashayapmiz. Bunday davrda dunyo davlatlari tobora bir-birlari bilan integratsiya va hamkorlik aloqalari- ni kuchaytirishi zamon talabiga aylanmoqda. Mana shunday aloqalar bilan bir qa- torda yoshlarning zamon yangiliklariga qiziqishlari natijasida turli davlatlarning yot madaniyatini o‘zlashtirib olib, ularning ta’sirli oqimiga ko‘r-ko‘rona ergashmoqdalar. “Ommaviy madaniyat” kimlardir zo‘r berib ta’riflayotgan, targ‘ib qilayotgan umu- minsoniy madaniyat emas, balki, uning mutlaqo teskarisidir. Aslida bu hammani bir qolipga solish, o‘ziga xoslikni yo‘qotish, ya’ni, o‘zlikdan chekinish harakatidir. Ming yillar davomida sayqal topgan milliy qadriyatlarda ayrim yoshlarni domiga tortib ketayotgan, ta’bir joiz bo‘lsa, yo‘ldan urayotgan mana shu ommaviy madaniyatdir. Ommaviy madaniyat ma’naviy-mafkuraviy tazyiqning eng xavfli ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, milliy ma’naviyat, milliy qadriyatlarga qaratilgan tajovuzdir. “Ommaviy madaniyat” ko‘ngilochar industriya tomonidan yaratilgan oxir-oqibatda insonni manqurt darajasiga tushuradigan, butun bir millatni ma’nan yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladigan illatdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Hozirgi vaqtda axloqsizlik- ni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan es- kilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday hurujlarga qarshi ku- rashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.”¹ Afsuski, axborot almashinuvi mislsiz tezlashgan hozirgi sharoitda bunday g‘o- ya tarafdorlari uni erkin: Internet, televediniye, radio, gazeta, jurnal, serial, bluten STARS International University 53 va hatto kiyim-kechak, bolalar o‘yinchoqlaridagi yozuv va tasvirlar orqali yanada kengroq yoyishga intilmoqdalar. Bunday zararli g‘oyalarning jahon axborot bozo- rida zo‘r berib tarqalayotgani natijasida “ommaviy madaniyat”ning ta’sir doirasi tobora kengaymoqda. Bu shunday illatki, u beixtiyor ongga ta’sir etishga asoslana- di. Tom ma’noda bu ham kasallik tarqatuvchi virus kabidir. Bu “virus” inson ongida paydo bo‘lgan ma’naviy bo‘shliqni ishg‘ol etadi va uni yemira boshlaydi. Qisqa qilib aytganda globallashuv jarayonida har bir xalq, eng avvalo, asrlar mobaynida shak- llangan madaniyati, mentaliteti, asriy urf-odat va an’analarini saqlab qolishga, shu bilan birga, ularni zamonaviy ruh bilan yanada boyitib borishga intilishi juda mu- him. Buyuk faylasuf Suqrotning “O‘z-o‘zingni anglagin va bilgin degan” purhikmat iborasi har bir sog‘lom fikrli kishining yodida bo‘lmog‘i lozim. “Ommaviy madaniyat”ning bugungi kunda yorqin misoli, chegara bilmas “Xalqaro o‘rgimchak to‘ri” o‘zida ilmiy-texnikaviy, axborot ta’lim sohasiga oid ma’lumotlar bilan bir qatorda, yuksak qadriyatlarimizga putur yetkazuvchi illatlarning faol ijrosi hamdir. YUNICEF tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarga qaraganda Internetda foydalanuvc- hi yoshlarning 90% i axloqsiz surat va videolarga duch kelishi, 60%i esa bu turda- gi axborotlarni maqsadli tazrda izlashini ko‘rsatadi. Shuningdek, dunyo miqyosida 38% bola zo‘ravonlik, 26%i esa millatchilik xarakteridagi web-sahifalarni muntazam kuzatib borishi aniqlangan. Eng daxshatli tomoni xalqaro tarmoqdan foydalanuv- chilarning 10%i unga butkul bog‘lanib qolgan. Afsuski, bugungi yoshlarimiz tafak- kurida Alpomish-u Go’ro‘g‘li, Otabek va Anvar, Kumush-u Ra’no, Nodirabegim va Uvaysiylardan ko‘ra Jeyms Bond, Garri Potter, Bryus Li, Jet Li va boshqa chet el qahramonlarining ta’siri kuchli bo‘lmoqda. Oddiygina bir jihatdan e’tibor beraylik, qo‘liga telefon olgan yosh o‘z xohishi yoki qiziqishi tufayli Internet saytlarga kiradi va unga foydali informatsiyalar bilan bir o‘rinda salbiy jihatlarini ham o‘zlashtirib oladi, so‘ng bu axborotlarni yanada qiziqrog‘ini qidirishga kirishib ketadi. Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek,”Biz uchun axloqiy jihatdan noma’qul, mil- liy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan, lekin hozirgi vaqtda hayotimizga kirib borayotgan mana shunday ko’rinishlarini bamisoli yuqumli kasallik deb qabul qilishimiz lozim. Ayni shu asosda xurujlarning o‘ta xavfli holat ekanligini anglamog‘imiz zarur.”¹ Bu niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik egotsentrizm g‘oyalarini tarqa- tish, kerak bo‘lsa buning hisobidan moddiy manfaatni ko‘zlash, ya’ni boylik ortti- rishni maqsad qilgan ayrim “firma va tashkilot”larning faoliyati ham bugungi kun uchun dolzarb mavzuga aylanmoqda desak xato bo‘lmaydi. Ayrim Internet klublar- dagi yoshlarning, eng achinarlisi maktab o‘quvchisi ularning tasvirda ko‘rayotgan behayo videorolik, kino, animatsiyalarni o‘ta qiziqish bilan tomosha qilayotganidir. Hali go‘daklik nafasi ufurib turgan, beg‘uborlik tark etmagan 10-15 yoshli bolaning o‘y-xayoli bun
Доказательный фрагмент
«Maqolada yoshlarni global Internet tarmog‘iga bog‘lanib qolishi, Internet va uning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada yoshlarni global Internet tarmog‘iga bog‘lanib qolishi, Internet va uning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- эпоха стремительной глобализации, era of rapid globalization, Ommaviy madaniyat, yoshlar manfaati., tez globallashuv davri, массовая культура, national values, национальные ценности, youth interest, Mass culture, интерес молодежи, milliy qadriyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024