К содержанию
РецензированоUZ2017

O‘quvchilarning ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash va rivojlantirishning o‘ziga xosligi

NORQOBILOVA RAYXONA · ONA TILI BO‘YICHA · ANIQLASH VA (instituti) · O‘ZIGA XOSLIGI (university-pp379-381)

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 379-381 · 2017

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan bilimdonli- gini oshirish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, iqtidorini rivojlantirish, faoliyatning turli ko‘rinishlariga qiziqishni rivojlantirish muammolariga oid ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: maktab, ta’lim, inson, muvaffaqiyat, kasbiy faoliyat, ijtimoiy ma’no, iqtidor, qobiliyat, ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik. XXI asr jahon ta’limining rivojlanish tendensiyalari negizida ta’lim jarayoni sub- yektlari faoliyatini innovatsion tashkil etishni muvofiqlashtirish, har tomonlama bar- kamol shaxsni voyaga yetkazish, kompetensiyaviy yondashuvlar zamirida peda- gogik texnologiyalarni takomillashtirish vazifalari yetakchilik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140- son “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga binoan umumiy ta’limga qo‘yila- yotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasa- lari faoliyatini tashkil etish, umumiy o‘rta ta’limning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’li- mi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash Davlat ta’lim standartlariga muvofiq har bir shaxsning ta’lim va tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta ta’limning maqsadi sifatida belgilanadi. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikr- lash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Shuningdek, ularning qobiliyatlari va iqtidorini rivojlantirishga zamin hozir- laydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan ona tili bo‘yicha muntazam bilimlar olinishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarini shakllantirish muhim hisoblanadi. Shuningdek, ta’limning uzluksizligini va izchilligini, umumta’lim muassasalaridagi ona tili bo‘yicha o‘quv das- turlarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quv dasturlari bilan uz- viy bog‘liqligini ta’minlash; o‘quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z Vata- niga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish; ona tili o‘qitish jarayoniga o‘qitishning STARS International University 379 zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish dolzarb ijtimoiy-peda- gogik ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarning individual, ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatla- rini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish bugungi kunda- gi ta’lim oldida turgan muhim masalalar sirasiga kiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan bilimdonligini oshirish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini ongli ravishda tanlash va kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda ko‘maklashish, boshlang‘ich ta’limning maqsad va vazi- falarini amalga oshirish, o‘quvchilarning ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash va shu asnoda rivojlantirish uchun zarur tashkiliy, o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik va psixo- logik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratib berish lozim. O‘quvchilar iqtidorini rivojlantirish shaxsning hissiy, irodalilik jihatlari, shuningdek, xarakterni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik va pedagogik jarayondir. Iqtidorni rivojlantirish muammolari faoliyatning turli ko‘rinishlariga qiziqishni rivo- jlantirish muammolari bilan chambarchas bog‘liq. Psixolog olimlarning ta’biricha, “Iqtidor - insonning shaxsiy salohiyati, imkoniyat- lari bo‘lib, u bilimdan keskin farqlanadi, chunki bilim mutolaa natijasi hisoblanadi”. Iqtidor shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. “Iqtidor ko‘nikma, malakadan farq qiladi va inson tomonidan ko‘nikma va mala- kalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi”. Demak, har qanday iqtidor shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan bo‘lib, u faoli- yatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini o‘z ichiga oladi. Shu bois iqtidor deganda birorta xususiyatning o‘zini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga ja- vob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha iqtidorlilar uc- hun tayanch xususiyat – kuzatuvchanlik, ya’ni insonni fahmlash, obyektdan u yoki bu alomatlarni ko‘ra bilish, ajrata olish ko‘nikmasidir. Tadqiqotlarimiz davrida biz ilmiy ishlanmalar, adabiyotlarni tahlil etib, iqtidor, qo- biliyat tushunchalarining umumiy va xususiy jihatlarini tahlil qildik. M.Davletshinning ta’kidlashicha, iqtidor - shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashki

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan bilimdonli- gini oshirish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, iqtidorini rivojlantirish, faoliyatning turli ko‘rinishlariga qiziqish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan bilimdonli- gini oshirish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, iqtidorini rivojlantirish, faoliyatning turli ko‘rinishlariga qiziqish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
talent, muvaffaqiyat, iqtidor, education, профессиональная деятельность, общественное значение, diligence, ishchanlik, человек, inclination, трудолюбие, ijtimoiy ma’no, ishtiyoq, склонность, moyillik, mehnatsevarlik, professional activity, образование, ability, person, страсть, passion, maktab, школа, требовательность, удача, талант, school, kasbiy faoliyat, social meaning, ta’lim, demandingness, способность, talabchanlik, success, qobiliyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники