К содержанию
РецензированоUZ2026

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish usullari

BOSHLANG‘ICH SINF · NORMURODOVA HILOLA · O‘QUVCHILARIDA BAXTIYOR QIZI

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 376-378 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mehnatga bo‘lgan la- yoqatini oshirish va ularda ijobiy munosabatlarni shakllantirish haqida bayon etilgan. Bosh- lang‘ich sinflarda mehnat darslarining o‘tilishi, uning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: qonun, DTS, mehnat. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish usullari. Bugungi kunda jamiyatimiz oldida har tomonlama rivojlangan, fan-tex- nika taraqqiyotini hayotga tatbiq eta oladigan yetuk, malakali kadrlar tayyor- lash masalasi turibdi. Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o‘quvchilarni meh- natga tayyorlash o‘sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi eng zarur vazifalardan biri hisoblanadi, chunki mehnat har qanday rivojlanish va taraqqi- yot jarayonining asosidir. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni mehnatga tayyor- lash ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo‘l mehna- ti hisoblanadi. Shu munosabat bilan mehnat ta’limi jarayoni o‘quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, axloqiy, estetik, iqtisodiy-ekologik va aqliy imkoniyat- larni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan. Natijada, ularni meh- natga tayyorlashning keyingi sinflarda davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qilinadi. Mehnatning, nafaqat bola tarbiyasida, balki har qanday odamning komil inson bo‘lib yetishishida ahamiyati naqadar ulkan ekanligi hammamizga ma’lum. Shuning uchun bo‘lsa kerak, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiya- sida ham mehnat to‘g‘risida alohida moddalar qabul qilingan. Masalan, “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash… (37-modda), yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar… (38-modda), Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega… (39-modda)” kabi huquqiy me’yorlarni misol qilib aytib o‘tish mumkin. Xuddi shunday mehnatga, aynan olganda, mehnat ta’limiga e’tibor xalq ta’limi- da ham qaratilgan. Shu jumladan, boshlang‘ich ta’limda ham har bir sinfda haftada Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 376 bir soatdan mehnat ta’limi mashg‘ulotlari tashkil etilishi belgilab berilgan. Bosh- lang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan mehnat ta’limining maqsadi “o‘quvchilarning bar- kamol shaxs bo‘lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasblar asos- larini (texnologiyasini) o‘rgatish, ularni kasb tanlash bilan uyg‘unlashtirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat” dir. Mehnat ta’li- mining tarbiyaviy maqsadi ham kattadir, ya’ni “o‘quvchilarning mehnat ko‘nikma- larini egallashlari jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarni, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlikni shakllan- tirish” lozim. Mehnat ta’limining hozirgi davrdagi, qolaversa, mehnat ta’limi o‘qi- tuvchilarining vazifalari ham, bu vazifalarning talab darajasida bajarilishiga ham yosh avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishlarida muhim o‘rin tutadi. Bu vazi- falar tubandagilardan iboratdir: – Tashkiliy vazifalar: o‘quvxona, unda maxsus ish joyi, zarur materiallar, asboblar tashkil qilish, sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizligi talablarini ta’minlash. Uslubiy vazifalar – mashg‘ulotlarning yarim va bir yillik o‘quv ish rejalarini tuzish, mahalliy sharoitlarni hisobga olish,o‘g‘il va qiz bolalarning o‘zlariga xos mehnat mashg‘ulotlarini va kasb tanlashlarini amalga oshirib borish va boshqalardir. Boshlang‘ich ta’limda o‘qitiladigan mehnat ta’limi fani o‘quvchilarni aqliy va jis- moniy mehnat turlari, kasblar bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, mehnatni qadrlash, mehnatga qiziqtirish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarliklarini 5-sinf uchun uzviy bog‘lanish zaminini yaratishni ko‘zda tutadi. Bular ta’limiy va tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi yo‘na- lishlar hisoblanadi. O‘qituvchi mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchi- larga aqliy, jismoniy, axloqiy, badiiy-estetik tarbiya va ta’lim berish orqali ularning barkamol shaxslar bo‘lib yetishishlariga yordam berishi darkor. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakasini oshirishga qo‘yilgan davlat talablarida kursni bitirgan o‘qituvchi mehnat ta’limi fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni ham “talab darajasida o‘tish mahoratiga ega bo‘lishi” aytib o‘tilgan. Ana shu talabdan xulosa chiqarib, har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi (mehnat ta’limi fanini o‘qitmasa ham) mehnat ta’limi bo‘yicha barcha me’yoriy-uslubiy hujjatlarni, davlat ta’lim standarti va dastur ta- lablarini, mashg‘ulotlar o‘tish shart-sharoitlarini, metodikasini chuqur bilishi lozim bo‘ladi. Shu bilan birga, (sinf rahbari sifatida ham) o‘quvchlarning mehnat ta’limi dasturida belgilangan bilim, ko‘nikmalarini davlat ta’lim standartlariga binoan o‘z- lashtirish holatini dastlabki, oraliq

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mehnatga bo‘lgan la- yoqatini oshirish va ularda ijobiy munosabatlarni shakllantirish haqida bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mehnatga bo‘lgan la- yoqatini oshirish va ularda ijobiy munosabatlarni shakllantirish haqida bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
юриспруденция, труд, qonun, ДТС, law, DTS, labor, mehnat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники